O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonli mehnat xarajatlari
- Infratuzilma
Yordamchi tarmoqlar - yordamchi tarmoqlar tarkibiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona va sexlar, qurilish ustaxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqalar kiradi.
Joylashtirishva ixtisoslashtirish –joylashtirish alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni respublika zonalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo’yicha miqdoriy taqsimlashni bildiradi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish uni ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog’langan. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishda zona va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir. Natijada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish ta’minlanadi. Qishloq xo’jaligi hududlarini yoki alohida korxonalarni ixtisoslashtirish bosh(asosiy) tarmoqni ajratib olish va uning rivojlanishiga sharoit yaratishdir. Ixtisoslashtirish ishlab chiqarish yo’nalishini xarakterlaydi va hudud yoki xo’jalikning tarmoq strukturasini aniqlaydi. Jonli mehnat xarajatlari -bevosita qishloq xo’jaligida ishtiroq etayotgan xodimlarning ish vaqti. Ijara- ijara shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek xo’jalik faoliyatini va o’zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo’lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir. Ijara haqi - Ijara haqi renta bilan birga, boshqa elementlarni yerdan qurilgan bino va inshootlarning amortizasiyasini va boshqalarni o’z ichiga oladi. Agar yer ijaraga berilganda mayda yer egasiga beriladigan ijara haqiga faqat qo’shimcha mahsulotning hammasi emas, balki dehqon ijarachining zaruriy mahsulotining bir qismi ham kiradi. Ijara haqi - bu yer egasining u yoki bu yer uchastkalaridan oladigan barcha daromadidir. Yer rentasi- bu yer uchastkasidan foydalanish huquqi uchun to’lanadigan daromad. Infratuzilma - infratuzilma deganda, iqtisodiy va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning me’yoriy sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks tarmoq va ishlab chiqarishlar tushuniladi. U ishlab chiqarish jarayonida paydo bo’ladigan texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni amalga oshirish yo’li bilan agrosanoat majmuining samarali harakat qilishga imkon beradi. Intensivlik - bu qishloq xo’jaligi va uning ayrim tarmog’ining ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarish vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligini aks ettiradi. Intensivlashtirish darajasi - intensivlashtirish darajasi esa qishloq xo’jaligi va uning ayrim tarmog’ini xolisona o’sish sur’ati darajasini o’zida aks ettiradi. Intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi - intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi esa mahsulotning ekin maydoni birligi hamda chorva mollari boshi soni hisobiga o’sishni o’zida aks ettiradi. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish darajasi natura va qiymat ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Natural ko’rsatkich yordamida xo’jalikdagi tarmoqlar va ularning bir-birlari bilan qanchalik bog’langanligi hamda ayrim tarmoqchalar va ekin turlari bo’yicha qancha mahsulot yetshtirilganligini aniqlash mumkin. Qiymat ko’rsatkichi sarflangan mehnat va mablag’ evaziga qancha so’mlik qo’shimcha mahsulot yetishtirilganligini ko’rsatadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling