O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet141/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Intensiv rivojlantirish - qishloq xo’jaligini rivojlantirishni intensiv shaklda mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi sifat omillar evaziga, ya’ni nisbatan takomilashgan zamonaviy ishlab chiqarish resurslarini tadbiq etish (ulardan to’la va samarali foydalanish), dehqonchilik va chorvachilikning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etuvchi ilg’or texnologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalari, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi - ishlab chiqarish infratuzilmasi - ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam beruvchi tarmoqlarni o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy infratuzilma - ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning samarali harakat qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilashdir.
Investisiya - investisiya deganda xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy fondlarni va aylanma vositalarni sotib olishga ajratilgan uzoq muddatli mablag’lar tushuniladi. Demak investisiya bu nafaqat asosiy fondlarni kengaytirishga mablag’lar, balki korxonaning aylanma vositalarini shakllantirishga va ularni to’ldirishga ajratilgan xarajatlar hamdir.
Iste’mol qiymati- tovarning insonlarning biron bir ehtiyojini qondira olishi xususiyatiga uning iste’mol qiymati deyiladi;
Ixtisoslashgan bozorlar tizimi–qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori, ish kuchi bozori, yer bozori, ishlab chiqarish vositalari (moddiy resurslar) bozori, moliya (kapital) bozori – bozor infratuzilmalari, shuningdek, xo’jalik yuritishning bozor mexanizmlaridan iborat bo’ladi. Yuqoridagilar birortasining mavjud bo’lmasligi yoki yetarli rivojlanmasligi bozor munosabatlari samaradorligini pasaytirishga olib keladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling