O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet139/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Yer kadastri – bu davlat tomonidan yer to’g’risida obyektiv ma’lumotlarni olish maqsadida o’tkaziladigan yerning ucheti, ro’yxatga olish va baholash bo’yicha harakati tizimi; kadastr shunday qilib, davlat tomonidan maxsus amalga oshiriladigan hisob-kitob-baholash tadbirini ifodalaydi. U yerning holati, miqdori, sifati va baholash huquqlari to’g’risida ishonchli ma’lumotlar va hujjatlardan iborat bo’ladi.
Davlat kadastri yerdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishni ta’minlash, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar huquqlarini himoya qilish, yerning bahosini, yer solig’ini, ijara haqini o’rnatish uchun obyektiv asos yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning kadastri quyidagi operasiyalarni o’z ichiga oladi:
-yerdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
-yerning miqdor va sifat jixatidan ucheti;
-yerni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy bahosini hisobga olib)
Yerning miqdor jixatdan ucheti - yerning mavjudligini, uning mulkdori va yerdan foydalanuvchilar obyektlari bo’yicha va ekin turlari bo’yicha (ekinzorlar, kshp yillik daraxtlar, pichanzorlar, yaylovlar) taqsimlanishini o’z ichiga oladi.
Yer munosabatlari- o’z ichiga yerga bo’lgan mulkchilik, shuningdek, yerni ishlatish davrida va uni ijarga olish, taqsimlash va undan foydalanganlik uchun to’lovlarni amalga oshirish jarayonida paydo bo’ladigan munosabatlarni oladi.
Yer oboroti- yer uchastkasi mulkdorlari, egalik qiluvchilari va foydalanuvchilari o’rtasida yerni turli maqsadlarda qayta taqsimlash tizimini bildiradi. Bu tizim, yer bilan bog’liq – ijara, oldi-sotdi, meros qoldirish, sovg’a qilish, garovga berish va boshqalar kabi turli operasiyalarni o’z ichiga oladi.
Yerning sifat jixatdan ucheti- yer-kadastr rayonlashtirishni, yerlarning klassifikasiyasini, ekologik va texnologik xossalari bo’yicha ularning xarakteristikasini, tuproq guruxlanishlari (gruppirovkalari) ini ifodalaydi.
Yerning uchetini olib borishda unumdor yerlarning qiymatlilik darajasi o’rnatiladi, nooqilona foydalanilayotganlari, kam unumli va xatoliklarga yo’l qo’yilgan yerlar, qishloq xo’jaligi ekinlaridan degredasiya qilingan yerlar ajratib olinadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling