O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet149/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Qoldiq qiymat – asosiy fondlar qiymatidan eskirgan fondlar qismini chiqarib tashlashdan qolgan qismidir.
Qo’shimcha tarmoq - qo’shimcha tarmoq bosh tarmoqqa nisbatan, yalpi va tovar mahsulot ishlab chiqarishda kamroq ahamiyatga ega bo’ladi. Ularni qo’shib olib borish mehnat, yer va moddiy resurslardan to’liqroq foydalanishni ta’minlaydi.Qishloq xo’jaligi korxonalarida qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan tashqari o’simlikchilik va chorvachilikka xizmat qiluvchi tarmoqlar - ta’mirlash xizmati, elektr xo’jaligi, avtotoransport va boshqalar faoliyat ko’rsatadi.
Ekinzorlar – bu qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar bo’lib, qishloq xo’jaligi ekinlarini ekishda foydalaniladi va sistemali ravishda ishlov berib boriladi. Tabiiy-tarixiy va boshqa xossalari bo’yicha ekinzorlar bir qancha xillarga bo’linadi: sug’oriladigan, lalmi, zaxkash, toshloq va boshqalar.
Ekstensiv rivojlantirish - Ekstensiv shaklidagi qishloq xo’jaligini rivojlantirish deganda mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o’sishini miqdoriy omillar evaziga - yangi yerlarni o’zlashtirish, ekin maydonlarini ko’paytirish, chorva mollarini bosh sonini ko’paytirish va qo’shimcha ishlovchilarni jalb etish orqali erishilishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish resurslarining ko’lamlarini ortishi yuz bergani holda texnika-texnologiya sifat darajasi, yer unumdorligi va chorva mollar mahsuldorligi tubdan o’zgarmaydi.
Yagona yer solig’i - O’zbekistonda amalga oshirilgan moliya-kredit islohoti natijasida fermer xo’jaliklarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirishning so’nggi bosqichida joriy qilingan soliq turi bo’lib, uO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq ilgari mavjud bo’lgan 9 xil soliq birlashtirilib, ularning o’rniga yagona yer solig’i sifatida joriy qilin soliqdir.
Yaylovlar – sistemali ravishda hayvonlarni boqish amalga oshiriladigan yerlar bo’lib, ularning ham bir qancha turlari mavjud: suvsiz vodiydagi o’tloq va botqoqli, sof, qamish va butalar orasidagi, toshloq, yozgi, baxorgi-kuzgi, qishki, tubdan yaxshilangan.
Yalpi daromad - yalpi daromadni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Tannarx bo’yicha hisoblangan qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti qiymatiga, mahsulot sotishdan olingan foyda qo’shiladi. Hosil bo’lgan yalpi mahsulot qiymatidan joriy yildagi barcha moddiy xarajatlarni ayirib tashlab, yalpi daromad topiladi
Yalpi mahsulot - qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum birdavr ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarning tarkibi va miqdorini aks ettiradi. Sentner, tonna va boshqa o’lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichiga, dehqonchilikda – alohida ekinlar yoki bir xil tipdagi qishloq xo’jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh ko’p yillik daraxtlarning va dehqkonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va kelgusi yil hosili uchun xarajatlar) o’sishidagi o’zgarishlar, shuningdek tarmoqning boshqa (qo’shimcha) mahsulotlari (somon, pohol va boshqalar); chorvachilikda – tayyor mahsulotning alohida turlari bo’yicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi tushum: bola, mollar va parrrandalarning tirik vaznining o’sishi, shuningdek, tarmoqning boshqa qoldiq mahsulotlari (go’ng va boshqalar) kiradi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling