O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet148/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

O’rtacha bonitet bali — tuproq turlicha bonitet ballariga ega bo’lgan hollarda normativ qiymatni aniqlash obyektining, ularning har birining maydoni hisobga olingan holda, qishloq xo’jaligi ekin maydonlari bilan band bo’lgan hududga nisbatan hisoblab chiqiladigan ko’rsatkich;
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlari — qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish natijasida olinadigan mahsulot (paxta, bug’doy, sholi, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka, mevalar, uzum, tamaki);
Qishloq xo’jaligiga taaluqli yerlar - ularga qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga taqdim etilgan va qishloq xo’jaligini yuritish uchun mo’ljallangan barcha maydonlar kiradi; ularning asosini qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligining tarmoqlar strukturasi - qishloq xo’jaligi jami yalpi mahsuloti tarkibida alohida tarmoqlar yalpi va tovar mahsulotining salmog’i bilan xarakterlanadi.
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi — qishloq xo’jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik shaxs;
Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati — normativ ko’rsatkichlardan foydalangan holda aniqlangan qishloq xo’jaligi ekin maydonlari qiymati;
Qishloq xo’jaligi ekin maydonlari — muntazam ravishda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yoki chorva uchun tabiiy yem-xashak manbai sifatida foydalaniladigan yerlar, ularning tarkibiga sug’oriladigan va sug’orilmaydigan haydov yerlar, ko’p yillik daraxtlar (bog’lar, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, rezavorzorlar va boshqa mevali daraxtlar), bo’z yerlar, pichanzorlar va yaylovlar kiradi;
Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining sifati — tuprog’ining unumdorligi (bonitet bali), tabiiy yem-xashak ekin maydonlarining (yaylov turlari) sifati holati bo’yicha qishloq xo’jaligi ekin maydonlari xususiyatining integral ifodasi;
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarbu, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olish uchun sistemali ravishda foydalaniladigan yerlardir; ular o’z ichiga ekinzorlar, bo’z yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar va yaylovlarni oladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling