O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet146/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Real investisiya-bu kapitalni asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini qo’shimcha o’stirish maqsadida qo’yishdir. Real investisiya kapital qo’yilmalar deyiladi.
Rentabellik-rentabellik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’zida aks ettiruvchi umumlashgan ko’rsatkich hisoblanadi. U foydalanilgan va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari - mehnat, yer-suv, moddiy hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali yetishtirilgan mahsulotdan olingan samaraning miqdor va sifatini, ishlab chiqarishni kengaytirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyatini, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdorligini aks ettiradi.
Resurslar salohiyati- inson mehnati, yer, suv, mehnat vositasi va mehnat predmeti qishloq xo’jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi zaruriy sharoit va omillardir, binobarin uning resurslaridir. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari–mehnat, yer, suv va moddiy resurslar-qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida foydalaniladi va uning salohiyatini (potensialini) tashkil etadi.
Ro’yxatga olish - ro’yxatga olish,ya’ni yerlarni naturada chegaralari aniqlangandan keyin mulk qilib, egalik qilish uchun, foydalanishga va ijaraga berishni rasmiylashtirish va hujjatlarini berish maxsus organlar qarorlari asosida o’tkaziladi. Yer uchastkalarining huquqiy holatlari haqidagi ma’lumotlar yerning davlat kadastr kitobida aks etdiriladi va yer mulki, yerdan foydalanish va yerni ijaraga berish, yer maydonidan maqsadli foydalanishning obyektlari va subyektlari to’g’risidagi ma’lumotlardan tashkil topadi.
Samaradorlik - ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi iqtisodiy samaraning (natijaning) resurslarga (xarajatlarga) nisbati yoki aksincha usul bilan aniqlanadi:Mehnat unumdorligi yoki mehnat qaytimi ma’lum vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga sarflangan jami mehnat xarajatlarining samaradoriligini xarakterlaydi. Yer qaytimi qishloq xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini aks ettiradi. Fond qaytimi qishloq xo’jaligiga taaluqli asosiy ishlab chiqarish vositalarida mujassamlashgan, buyumlashgan mehnat xarajatlardan qay darajada samarali foydalanayotganligini ko’rsatadi. Material qaytimi barcha turdagi moddiy resurslardan, shu jumladan buyumlashgan mehnat xarajatlaridan foydalanish samaradorligini aks ettiradi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling