O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
-jadval Respublika fermer xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari (2005-2012 yy.)*
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- fermer xo’jaligining yer maydonini maqbullashtirish
2-jadval
Respublika fermer xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari (2005-2012 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. Toshkent 2013. Tahlil etilayotgan davrda, fermer xo’jaliklari soni 2003 yildagi 87,6 mingdan 2012 yilda 70,8 minggacha o’zgargan, biriktirilgan yer maydonlari shu davrda 2148,1 ming ga.dan 5854,3 ming ga.gacha ko’paygan. Bu 2,7 marta ko’p demakdir. Fermer xo’jaliklari maydonlari optimal holatga keltirilib, o’rtacha 1 fermer xo’jaligiga to’g’ri kelgan yer 24,5 ga.dan 82,7 ga ga oshgan. Bu o’zgarish tendensiyasi barcha qishloq xo’jaligi ekinlarining maydonlarida ham ro’y bergan va ularning yalpi hosillari ham oshib borgan. Bu holat fermer xo’jaliklarining tobora rivojlanib borayotganliklaridan dalolat beradi. Keyingi yillarda fermer xo’jaliklari nafaqat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va uning samaradorligini oshiruvchi subyekt sifatida, balki yangi ish o’rinlarini yaratuvchi va mehnat resurslarini ish bilan ta’minlovchi subyekt sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan keyingi yillarda amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayonining asosiy maqsadi ana shu muhim va dolzarb masalaga qaratilgan. Umuman, fermer xo’jaligining yer maydonini maqbullashtirish — yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xo’jaligining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida uning yer maydoni hajmini o’zgartirish demakdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi “Fermer xo’jaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 22-sonli qarori qabul qilingan. Bu qaror, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, fermer xo’jaliklarini tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli tizimini yaratish maqsadida qabul qilingan. Ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan maqbullashtirishdan so’ng fermer xo’jaligida qolgan yer maydoni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan minimal miqdordan kam bo’lmasligi kerakligi, dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaligi uchun ijaraga beriladigan yer maydonining eng kam o’lchami paxtachilik va g’allachilik uchun — kamida 30 gektar, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun — kamida 5 gektar bo’lishi va fermer xo’jaligi yer maydonini maqbullashtirishda yer maydoni konturlarining yaxlitligi buzilishiga yo’l qo’yilmasligi qat’iy belgilab qo’yildi. 2015 yilgi fermer xo’jaliklari yerlarini qaytadan maqbullashtirish jarayoni asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 40-sonli qaroritahriri talablari asosida surunkasiga zarar bilan ishlayotgan fermer xo’jaliklarini tugatish va ularni ekin maydonlari tarkibi bo’yicha ko’rib chiqish maqsadida amalga oshirildi. Fermer xo’jaligini ixtiyoriylik asosida tugatish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibini takomillashtirish to’g’risida» 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi. Ularning qarzlarini to’lash tugatuvchi tomonidan xuddi shu qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshirildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi 362-sonli “Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”qaroriga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida, respublikada fermer xo’jaliklari soni 17556 taga ko’payib yoki 101070taga yetdi, ularning o’rtacha yer maydoni 36,1 gektarni tashkil qildi. Quyidagi jadvalda ana maqbullashtirish natijasining yakuniy ko’rsatkichlari tahlili keltirilgan (3-jadval). Demak, maqbullashtirish natijasida o’rtacha 1 fermer xo’jaligiga to’g’ri kelgan yer uchastkasi: paxtachilik va g’allachilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarida – 36,1 ga., sabzavotchilik va polizchilik xo’jaliklarida - 8,1 ga., bog’dorchilik va uzumchilik xo’jaliklarida - 6,8 ga., chorvachilik xo’jaliklarida – 31,2 ga va qishloq xo’jaligining boshqa yo’nalishlariga ixtisoslashgan xo’jaliklarda 8,3 ga.bo’lishi belgilab quyilgan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling