O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


-jadval O’zbekiston Respublikasida Yer fondining toifalar bo’yicha taqsimlanishi (2011 yilgi holat)


Download 1.77 Mb.
bet39/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1-jadval
O’zbekiston Respublikasida Yer fondining toifalar bo’yicha taqsimlanishi (2011 yilgi holat)

T/r

Yer fondining toifalari

Jami maydon

Shundan sug’oriladigan

Ming ga.

Jami yerga nisbatan, foiz

Ming ga.

Jami yerga nisbatan, foiz

1.

Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar

22264,6

50,13

4213,8

9,49

2.

Aholi punktlarining yerlari

235,4

0,53

49,7

0,11

3.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar

1968,0

4,43

11,7

0,03

4.

Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar

75,5

0,17

0,6

0,001

5.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

0,4

0,001

0

0

6.

O’rmon fondi yerlari

8661,2

19,50

29,4

0,07

7.

Suv fondi yerlari

815,8

1,84

4,5

0,01

8.

Davlat zahira yerlari

10389,4

23,40

1,9

0,004




Jami yerlar

44410,3

100,0

4311,6

9,71

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. Toshkent 2013 yil.

Demak, Respublika yer fondining 50,0 % dan ortiqrog’i qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar bo’lib, u 22,3 mln.gektarni tashkil qilgan. Umumiy yer fondining atigi 9,5 % i yoki 4,2 mln. gektari sug’oriladigan yerlardan iborat.


Yer fondining deyarli barcha sug’oriladigan qismi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar tarkibiga kiradi. Sug’oriladigan yerlarning juda kam foizi boshqa toifa yerlar hissasiga to’g’ri keladi. Bundan, sug’oriladigan yerlarning har bir gektaridan unumli foydalanish, olinadigan mahsulotni miqdor jihatdan ko’paytirish va uning samaradorligini oshirishning maqsadga muvofiq ekanligi ko’rinadi.
Yuqorida keltirilgan yer fondi toifalarining tarkibi quyidagicha:
1.Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarga: davlat jamoa xo’jaligi, ilmiy-tekshirish, o’quv va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari, shuningdek alohida fuqarolar, dehqon xo’jaliklari va kooperativlarning yerlari kiradi. Bundan tashqari boshqa qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, ijtimoiy va diniy tashkilotlarga yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun berilgan yerlar ham kiradi.
2.Aholi punkti yerlariga shahar, posyolka va boshqalarning yer maydonlari kiradi. Uy-joy fondi, parklar va boshqa madaniy-maishiy obyektlarni joylashtirish uchun foydalaniladi.
3.Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa qishloq xo’jaligiga taaluqli bo’lmagan tarmoqlar yerlari. Ular zavodlar, fabrikalar, temir yo’l va avtomobil transporti, aloqa, mudofaa obyektlari va boshqalarni joylashtirish uchun foydalaniladi.
4.Tabiatni muhofaza qilish, rekreasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar-alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar.
5.Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar.
6.O’rmon fondi yerlari. o’rmon bilan band yerlar, shuningdek, o’rmon xo’jaligi zaruriyati uchun mo’ljallangan yerlar.
7.Suv fondi yerlari. Suv havzalari, gidrotexnik, suv xo’jalik inshootlari, shuningdek, suv havzalari qirg’oqlari kiradi.
8.Davlat zahira yerlari. Bu yerlar hozircha hyech kimga egalik qilishga va uzoq muddatli foydalanishga berilmagan. Ular asosan mamlakatning kam aholi yashaydigan tumanlarida joylashgan va yangi korxonalar tashkil qilish uchun foydalaniladi, vaqtincha foydalanishga ajratiladi.
Qishloq xo’jaligiga taaluqli yerlarga qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga taqdim etilgan va qishloq xo’jaligini yuritish uchun mo’ljallangan barcha maydonlar kiradi; ularning asosini qishloq xo’jaligigayaroqli yerlar tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar – bu, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olish uchun sistemali ravishda foydalaniladigan yerlardir; ular o’z ichiga ekinzorlar, bo’z yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar va yaylovlarni oladi.
Ekinzorlar – bu qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar bo’lib, qishloq xo’jaligi ekinlarini ekishda foydalaniladi va sistemali ravishda ishlov berib boriladi. Tabiiy-tarixiy va boshqa xossalari bo’yicha ekinzorlar bir qancha xillarga bo’linadi: sug’oriladigan, lalmi, zaxkash, toshloq va boshqalar.
Bo’z yerlarga oldin ekinzor bo’lgan, lekin turli sabablarga ko’ra qishloq xo’jaligi ekinlari (bir yildan ko’p) ekilmayotgan yer uchastkalari kiradi.
Ko’p yillik daraxtzorlar o’z ichiga bog’larni, mevalarni, uzumzorlarni, sitrus, xurmo va boshqalarni oladi.
Pichanzorlar – bu sistemali ravishda pichan o’rish uchun foydalaniladigan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardir. Ularning bir qancha turlari bo’lib, ular tabiiy, sug’oriladigan, suvsiz vodiydagi o’tloq, botqoqli, qamish va butalar orasidagi, tosh va do’ngliklardagi, sof, tubdan yaxshilangan.
Yaylovlar – sistemali ravishda hayvonlarni boqish amalga oshiriladigan yerlar bo’lib, ularning ham bir qancha turlari mavjud: suvsiz vodiydagi o’tloq va botqoqli, sof, qamish va butalar orasidagi, toshloq, yozgi, baxorgi-kuzgi, qishki, tubdan yaxshilangan.
Respublikamizning umumiy yer fondi 44,4 mln. ga ni tashkil etadi, shundan 25,3 mln. ga yoki 56,9% qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardir. Shu yerlarning 4 mln. 62 ming ga yoki 9,1% haydaladigan yerlardir. Yer fondining 5-6 mln. gektari dehqonchilikda foydalaniladi Ulardan 4,2 mln gektari sug’oriladigan yer bo’lib, shundan 1,6 mln ga cho’l zonasida, qolgan qismi suvli mintaqada joylashgan. Shu sug’oriladigan yerlarning 3 mln.gektari ekinzorlardir. 2008-2012 yillar davomida 1,8 mln. gektar yerlarning meliorativ holati yaxshilangan.
Lalmikor yerlarning asosiy qismi Toshkent, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan bo’lib,770 mln. ga yaqin maydonni tashkil etadi. Yer fondining 22,8 mln. gektarini cho’l yaylovlari tashkil etadi, shundan 10 mln. ga sur qo’ng’ir tuproqli, 13 mln. ga yaqini qum yerlardir. Qolgan qismi esa taqir, o’tloq va sho’rxok yerlardan iborat. Cho’l yaylov joylardagi sug’orishga yaroqli yalpi maydon 12 mln. gektarga yaqin.
2013 yilda Respublikada jami yer maydonlarining 5886,6 ming gektari yoki 28,7 % fermer xo’jaliklariga va 616,1 ming gektari yoki 3,0% dehqon xo’jaliklariga tegishli bo’lgan. Haydaladigan yerlarning esa 3546,0 ming gektari yoki 87,7% fermer xo’jaliklariga va 420,1 ming gektari yoki 10,4 % i dehqon xo’jaliklariga to’g’ri kelgan.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling