2.Qishloq xo’jaligi-aholini oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish asosi. Uning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
Qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuining yuragi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog’idir. U mamlakat aholisi uchun hyech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy manbai hisoblanadi. Dunyo ahli sintetik yo’l bilan yog’, oqsil va uglevodlarni sintez qilish hisobiga yangi ozuqa resurslarini izlash bilan band. Lekin bu mahsulotlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’rnini egallaydi degan gap emas.
Shunday qilib, qishloq xo’jaligining hayotiy muhimligi quyidagilarda aniqlanadi:
Birinchidan, u aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, usiz kishilarning ma’naviy hayoti va moddiy ishlab chiqarish amalga oshmaydi. Lekin davlat tomonidan qabul qilinayotgan chora - tadbirlarga qaramay qayta qurish boshlarida moddiy ishlab chiqarishning yetakchi sferasi hisoblangan qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari birmuncha pasaydi, aholining oziq-ovqatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, uning tizimini takomillashtirish kutilgan natijalarni bermadi.
Lekin, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning natijalari shuni ko’rsatadiki, yildan yilga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sur’ati oshib bormoqda. 2012 yilga kelib 518,9 mlrd.so’mlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy massasini beradi, ya’ni u tarmoqlar mahsulotlari ham bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ushbu tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi. To’qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, qand sanoatida – 70 foizini, sut va yog’ mahsulotlari ishlab chiqarishda 80 foizga yaqinini qishloq xo’jaligi xom ashyosi tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakat xalq iste’moli fondining 3/4 qismi bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan yoki qishloq xo’jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridan iborat. 2012 yilga kelib 6513,1 mlrd. so’mlik oziq-ovqat va 1653,6 mlrd.so’mlik yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |