O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB.QISHLOQ XO’JALIGIDA TOVAR-PUL MUNOSABATLARI VA BOZOR
Tayanch iboralar:
Iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari, materialistik dialektika, ijtimoiy munosabatlar, iqtisodiy qonunlar, qonuniyatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti, moddiy ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish, jamg’arish, kiymat, mehnat. Savollar: Qishloq xo’jaligining xalq xo’jaligidagi ahamiyati qanday? Qishloq xo’jaligining bozor iqtisodiyoti sharoitida respublika iqtisodiyotidagi roli qanday? Fanning predmeti va vazifalari nimalardan iborat? Qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlardan farq qiladigan tomonlari nimalardan iborat. 2-BOB.QISHLOQ XO’JALIGIDA TOVAR-PUL MUNOSABATLARI VA BOZOR «...bozor iqtisodiyoti ko’p nuqsonlarga ega, lekin insoniyat undan yaxshirog’ini o’ylab topgan yoki ixtiro qilgan emas.» U.Cherchill 1. Tovar-pul munosabatlari va ularning qishloq xo’jaligida namoyon bo’lishi Qishloq xo’jaligining bosh maqsadi faqatgina o’zining ehtiyojini qondirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish bo’lmay, balki sotish va sotib olish yo’li bilan ayiroshlash uchun tovar mahsuloti ishlab chiqarishdir. Har qanday tovar mahsuloti ishlab chiqarishning asosi bo’lgani kabi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ham asosini, ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjudligi, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllarining mavjudligi, hamda ularni tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi (yakka shaxslar, korxonalar, birlashmalar) sifatida bir-biridan iqtisodiy alohidalik tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining o’zaro ishlab chiqarish va bozor orqali tovar mahsuloti ayriboshlashdagi munosabatlari ijtimoiy tovar munosabatlari, ishlab chiqarishning o’zi esa tovar ishlab chiqarish deyiladi. Ma’lumki, tovarning o’rni, odamlarning u yoki bu buyumlashgan yoki ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi bilan belgilanadi. Agarda mahsulot, ishlab chiqaruvchi tomonidan faqat o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilsa, unda bu mahsulot ishlab chiqaruvchining o’zi uchun iste’mol qiymat yaratilganligini bildiradi. Agarda mahsulot, ishlab chiqaruvchining o’ziga belgilangan bo’lmay, balki boshqa shaxsga mo’ljallangan bo’lsa, u tovarga aylanadi va ijtimoiy iste’mol qiymatni yaratadi. Tovarning insonlarning biron bir ehtiyojini qondira olishi xususiyatiga uning iste’mol qiymati deyiladi; bir tovarning ikkinchi tovarga ayirboshlanishi xususiyatiga esa uning almashuv qiymati deyiladi. Ikki tovar mahsulotining o’zaro ayirboshlanishi ularni bir-biri bilan tenglashishini bildiradi. Ammo bu tenglashuv yuzaga kelishi uchun tovarlarda obyektiv o’xshash xususiyatlar ayirboshlash jarayoni boshlangunga qadar mujassam bo’lishini taqazo etadi. Albatta, ayirboshlanadigan tovarlar iste’mol qiymati sifatida bir-biridan farqlanadi, aks holda ularni aiyrboshlash jarayoni ahamiyatini yo’qotadi. Mahsulotning tovar bo’lishi va bozorda boshqa tovarlarga ayirboshlanishi uchun, u foydaliligidan tashqari (iste’mol qiymatidan) inson mehnatining mahsuli bo’lishi shart. Tovar har doim mehnat mahsulidir, ammo uning tovar bo’lishi uchun mahsulot bozorda sotilishi zarur. Bozordagi mahsulotlarning hammasiga umumiy bo’lgan xususiyat ularning qiymatidir, ya’ni uni ishlab chiqarishga sarf bo’lgan mehnatdir. Qiymat asosida, tovarlar o’lchovdosh hisoblanadi va ular ayirboshlanadi. Rivojlangan tovar ishlab chiqarishi sharoitida ommaviy ayriboshlash ekvivalenti puldir - bu alohida tovar bo’lib, har qanday boshqa tovar bilan ayirboshlash xususiyatiga egadir. Bunday tovar munosabatlari o’z navbatida tovar-pul munosabatlari deyiladi. Tovar-pul munosabatlari qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida va uning samaradorligini oshirishda muhim o’rin tutadi. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari va agrosanoat majmuiga kiruvchi tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar tovar - pul shaklidagi munosabatlar asosida yuzaga keladi. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o’zlariniig mahsulotlarini bozor orqali iste’molchilarga-tayyorlov, qayta ishlash, saqlash korxona va tashkilotlariga, bozordagi savdo-sotiq shirkatlariga, talab va taklifdan kelib chiqqan baholarda ayriboshlaydilar. Boshqa tomondan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ulgurji savdo tizimlaridagi bozor orqali o’zlariga zarur bo’lgan moddiy resurslarni xarid qiladilar. Tovar-pul munosabatlari xo’jalik yuritishning iqtisodiy uslublariga keng yo’l ochib, ishlab chiqaruvchilar mustaqil ish yuritishlarining rivojlanishiga va o’z mehnatlarining natijalariga javobgarligi va manfaatdorligining kengayishiga olib keladi. Tovar-pul munosabatlarining asosida qiymat qonuni yotadi. Qiymat qonuni-tovar ishlab chiqarishning obyektiv iqtisodiy qonuni bo’lib, tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni boshqaradi. Bu qonunga muvofiq tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o’lchanadi. Uning o’lchov birligi ish vaqtidir. Bozordagi narx-navolarning o’zgarib turishi qiymat qonunining boshqaruvchi mexanizmini tashkil etadi. Tovar narxi va qiymati qachonki shu tovarga nisbatan talab va taklif mos kelgandagina mutanosib bo’ladi. Ya’ni u yoki bu tovarni ishlab chiqarish uni sotib olish imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. Agarda shunday tenglik bo’lsa, u tovarning ko’payishiga ijobiy ta’sir etadi. Aksincha, tovar narxi uning qiymatidan kam bo’lsa, o’z xarajatini qoplamaydi va shu turdagi tovar mahsulotining kamayishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, tovar narxining uning qiymatiga mos kelmasligi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishiga muvofiq emas, balki qiymat qonuni ta’sirida tartibga solinadi. Narxlarning qiymatlarga yaqin doirada qayd etilishi qiymat qonuni ta’sirida namoyon bo’lishining yagona shakli va ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga soluvchi yagona mexanizmidir. Qiymat qonuni o’z navbatida ilmiy texnika taraqqiyotiga ta’sir etuvchi muhim omil hamdir. Bunda qiymat qonunining ta’siri raqobat muhitida yuzaga kelib, raqobatchi tovar ishlab chiqaruvchilar kurashini nisbatan takomillashgan va iqtisodiy tejamli texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etishning nisbatan samarali uslublarini joriy etganlari g’olib chiqadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling