O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


- jadval Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlardan olinadigan foyda (2008-2014 yy.)*


Download 1.77 Mb.
bet66/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1- jadval
Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlardan olinadigan foyda (2008-2014 yy.)*



Mahsulot-lar

Yillar

2014 yil 2008 yilga nisbatan o’zgarish

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

+,–

%

1.

G’alla

3500

3300

4500

8400

4200

6600

6800

3300

1,9 m

2.

Paxta

6100

3600

11300

14900

5100

10400

8700

2600

1,4 m

3.

Tamaki

35700

34000

63300

69800

68200

27800

65000

29300

1,8 m

4.

Sabzavot

4360

2800

4000

5550

6960

9340

11900

7540

2,7 m

5.

Kartoshka

10100

8700

9700

11800

16500

19300

24200

14100

2,4 m

6.

Poliz

3200

3500

4500

6900

6300

9200

11600

8400

3,6 m

7.

Meva

4700

6400

6200

10100

13500

21300

23100

18400

4,9 m

8.

Uzum

6800

8100

8500

12100

16300

30800

24500

17700

3,6 m

9.

Go’sht

30000

27200

53300

63300

65200

86800

77500

47500

2,6 m

10.

Sut

7300

3900

5400

7800

7700

10200

7300

0

0

11.

Tuxum

3400

3600

4300

5800

5800

7200

6600

3200

1,9 m

12.

Pilla

4800

5100

7700

19200

31400

37900

38500

33700

8,0 m

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish rentabelligining mutloq ko’rsatkichi bilan bir qatorda uning nisbiy ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko’rsatkich o’zida rentabellik normasi va foyda normasini ifoda etadi.


Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish rentabelligining mutloq ko’rsatkichi bilan bir qatorda uning nisbiy ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko’rsatkich o’zida rentabellik normasi va foyda normasini ifoda etadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari mahsulotlari o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari doirasida ayrim ekinlar va chorva hayvon turlari doirasida, ayrim mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlari rentabelligi aniqlanadi. Bu ko’rsatkichni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonlarida qilingan harajtlarning qoplash muddatlarini aniqlashda universal deb hisoblanadi.
Shu bilan birga foyda samaradorlikni yagona va butun qamrab oluvchi ko’rsatkich hisoblanmaydi. Yangidan yaratilgan qiymatning bir qismi sifatida, u moddiy ishlab chiqarish sohasidagi xodimlar qo’shimcha mehnati bilan yaratilgan qo’shimcha mahsulotni pulda ifodalangan qismini ifodalaydi. Uning miqdori ma’lum darajada mahsulot bahosi darajasining asoslanganligiga bog’liq. Bundan tashqari, foyda strukturaviy o’zgarishlarga, yuqori rentabelli mahsulot turlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish yo’li bilan va past rentabelli mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish yo’li bilan ham oshishi mumkin. Rentabellikning absolyut ko’rsatkichi foydaning absolyut miqdorida ifodalanadi.



Foydaning absolyut miqdori muhim ahamiyatga ega, u iqtisodiy rag’batlantirish fondini vujudga keltirishning miqdoriga bog’liq. Shu bilan birga foydaning absolyut miqdori ishlab chiqarish faoliyatninig iqtisodiy natijalarini to’la baholashga imkon bermaydi. Amaliyotda ishlab chiqarishda har turdagi mahsulotdan foydaning absolyut miqdori ko’p yoki oz olinishi mumkin. Ikki holatda ham mahsulot ishlab chiqarish rentabelli bo’ladi, lekin uning darajasi turlicha bo’lishi mumkin, chunki bu tannarxga bog’liq. Shuning uchun o’tmish iqtisodchilar shunday deb yozadilar: «Boylik darajasi - mahsulotning absolyut miqdori bilan emas, qo’shimcha mahsulotning nisbiy miqdori bilan o’lchanadi». Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish rentabelligini to’la xarakterlash uchun nisbiy ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi: rentabellik darajasi va foyda normasi. Rentabellik darajasi sof foydani kommersiya tannarxiga bo’lish orqali aniqlanadi va foizlarda quyidagi formulalar bilan hisoblaniladi:



Rentabellikni hisoblash O’zbekiston Respublikasining korxonalar bankrotligi va sanasiyalari masalalari bo’yicha hukumat komissiyasi tomonidan(1997 yil17 aprel 4-son buyrug’i)hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi bilan (1997 yil 30 may) kelishilgan holda ishlab chiqilgan “Korxonaning moliyaviy tahliliga doir uslubiy tavsiyalar (instruksiya)” bo’yicha olib boriladi. Ushbu yo’riqnoma bo’yicha rentabellikning quyidagi ko’rsatkichlari hisoblanadi:


1.Mahsulot sotishning rentabelligi koeffisiyenti, sotilgan mahsulot birligiga qancha foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu koeffisiyent narx belgilash siyosatidagi o’zgarishlarni va xo’jalik yurituvchi subyektning sotilgan mahsulot tannarxini nazorat qilib turish qobiliyatini ko’rsatadi. Koeffisiyent dinamikasi narxlarni qayta ko’rib chiqish yoki moddiy zahiralardan foydalanish ustida nazoratni kuchaytirish zarurligidan dalolat beradi. Uning pasayishi turli sabablarga ko’ra korxona mahsulotlariga bo’lgan talabning pasayganligini ko’rsatadi. Rentabellikning ushbu ko’rsatkichi quyidagicha hisoblanadi:

Bu yerda: F(Z)-sotishdan olingan foyda(zarar), so’m;


T-pul tushumi, so’m.
Agar mahsulot sotish rentabelligi koeffisiyenti hisobot davrida 0 dan kam qiymatga ega bo’lsa, unda qishloq xo’jaligi korxonasi bu ko’rsatkich bo’yicha zarar bilan ishlaydi deb hisoblanadi.
2.Asosiy vositalar va oborotdan tashqari boshqa aktivlarning rentabelligining koeffisiyenti asosiy vositalar va oborotdan tashqari boshqa aktivlardan foydalanish samaradorligini aks ettiradi, ya’ni qishloq xo’jaligi korxonasining moliyaviy xo’jalik faoliyatida ishlatadigan aktivlardan foyda yoki zarar ko’rish darajasini ko’rsatadi:

bunda, SF(Z)-soliqqa tortishga qadar bo’lgan foyda(zarar), so’m;


A1-uzoq muddatli aktivlar, so’m.

Agar aktivlarning rentabelligi koeffisiyenti (zararlilik ko’rsatkichi) hisobot davrida 0 dan kam qiymatga ega bo’lsa, unda qishloq xo’jaligi korxonasi bu ko’rsatkich bo’yicha zarar bilan ishlaydi deb hisoblanadi.


3.Xususiy kapitalning rentabelligi koeffisiyenti, o’z kapitalidan foydalanish samaradorligini ko’rsatadi. Koeffisiyent dinamikasi korxona aksiyalari kotirovka darajasiga ta’sir qiladi. Bu koeffisiyent darajasi investisiya qilgan kapitaldan foydalanish samaradorligini belgilash va bu ko’rsatkichni ushbu mablag’larni boshqa qiymatli qog’ozlarga sarflashdan olishi mumkin bo’lgan daromad bilan pasayishi ham mahsulotlarga talabning pasaygani va aktivlarning ortiqcha to’planib qolganligidan dalolat beradi:

Bunda, Xkq- qishlok xo’jaligidagi xususiy kapital qiymati, so’m.


Agar xususiy kapital rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo’lsa, unda qishloq xo’jaligi korxonasi ushbu ko’rsatkich bo’yicha zarar bilan yakunlangan hisoblanadi.
4.Permanent kapitalning rentabelligi koeffisiyenti, korxona faoliyatiga sarflangan kapitaldan (o’zining va qarzga olingan) foydalanish samaradorligini aks ettiradi.



bunda, P1-o’z mablag’lari, so’m.


Agar permanent kapital rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo’lsa, korxona ushbu ko’rsatkich bo’yicha iqtisodiy nochor hisoblanadi.
5.Kapital umumiy aylanuvchanligining rentabelligi koeffisiyenti korxona butun kapitalining aylanish tezligini aks ettiradi. Uning o’sishi korxona mablag’lari oborotining jadallashganligini yoki narxlarning infilyasion o’sishini anglatadi.



bunda: BYa - balans yakuni


Agar kapital umumiy aylanuvchanligining rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo’lsa, korxona ushbu ko’rsatkich bo’yicha iqtisodiy nochor hisoblanadi.
Rentabellikning ko’rsatkichlari ichida sotilgan mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan xarajatlar rentabelligi universal ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkichni ayrim korxona, tarmoq va mahsulotlar bo’yicha hisoblash mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling