O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet65/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

T = A M*B + Yo M*B (1.2)


Bu yerda- T – tushum;
AM va YoM – asosiy va yordamchi mahsulot miqdori, s.
B – mahsulotlar birligining bahosi, so’m.
2.Marjinal daromad I (MD1) - asosiy va yordamchi mahsulotlarni sotishdan kelgan tushumdan bevosita o’zgaruvchi xarajatlar(BO’X)ni ayirib topiladi:

MD I =T – BO’X (1.3)


Bu yerda- MD1Marjinal daromad I, so’m;
BO’X – Bevosita o’zgaruvchi xarajatlar, so’m.
3.Taqqoslama marjinal daromad II(MD II) - Marjinal daromad I dan boshqa bevosita o’zgaruvchi xarajatlar (jumladan, doimiy xodimlarga beriladigan mehnat haqini) ni ayirib topiladi:
TMD II = MD I - BBO’X (1.4)
Bu yerda- TMD - Taqqoslama marjinal daromad II, so’m;
BBO’X – Boshqa bevosita o’zgaruvchi xarajatlar, so’m.
4.Bevosita xarajatlarni ayirib tashlagandan keyingi tushum - taqqoslama marjinal daromad II dan bevosita doimiy xarajatlar (maxsus biriktirib qo’yilgan asosiy vositalar qiymati)ni ayirib topiladi:

BXATKT = TMD II – BDX (1.5)


Bu yerda- BXATKT- Bevosita xarajatlarni ayirib tashlagandan keyingi tushum, so’m;
BDX – Bevosita doimiy xarajatlar, so’m.
5.Foyda–bevosita xarajatlarni ayirib tashlagandan keyingi tushumdan taqsimlangan umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlarini ayirib topiladi:
F = BXATKT – TUIChUXX (1.6)

Bu yerda- TUIChUXX – Taqsimlangan umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlari, so’m.


Iqtisodiyotda XX-asrning so’nggi yillarigacha hisoblanib kelinayotgan foydani hisoblash usullari ma’lum darajada hozirgi shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmayotgan edi. Harakatdagi iqtisodiyot esa hisob kitob tizimini yangi talablar asosida qaytadan ko’rib chiqishni taqozo qildi.
Demak, foyda - bu maxsylotni sotish natijasida olingan sof daromadning bir qismi bo’lib, u mahsulot sotishdan keladigan mablag’dan - sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni yoki to’la tannarx qiymatini chiqarib tashlangan qismiga teng bo’ladi:



Foyda – bu faqat ishlab chiqarish jarayonida tashkil topgan natija hisoblanib qolmasdan, balki mahsulotlarni sotish jarayonida erishilgan oxirgi iqtisodiy ko’rsatkichdir. Eng avvalo unda jonli mehnat xarajatlari ifodalanadi, chunki uning asosida yalpi daromad yotadi, xodimlarning jonli mehnati bilan yangi mahsulot yaratiladi. Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, yangidan yaratilgan qiymatdagi ish haqi salmog’i shuncha oz bo’ladi, uning bir qismi foydani tashkil qilishga ketadi. Foydada, shuningdek buyumlashgan mehnat xarajatlarining samaradorligi aks etadi. Mahsulot birligi hisobiga to’g’ri kelgan moddiy xarajatlar va ish haqi xarajatlarining kamayishi, baho o’zgarmaganda foydani ko’paytiradi va nihoyat bu ko’rsatkichda mahsulot sifati namoyon bo’ladi. Foyda bir qator muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi:


1.O’lchash vazifasi-foydadan ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini umumlashtiruvchi ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi.
2.Taqsimlash vazifasi-qo’shimcha mahsulotni taqsimlash vositasi sifatida.
3.Rag’batlantirish vazifasi - iqtisodiy rag’batlantirish fondini shakllantirish manbai sifatida.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi rentabelligi sotilgan mahsulot bo’yicha hisoblanadi va ifodalash shakliga bog’liq holda absalyut va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Foydani aniqlash uslubi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1995 yil 27 yanvar 9-sonli buyrugiga asosan tasdiqlangan «Foydani hisoblash nizomi» bo’yicha, keyinchalik, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga asosan olib boriladi yoki «Moliyaviy natijalarni shakllantirish» bo’limidagi ma’lumotlar asosida hisoblanadi, ya’ni quyidagicha:
1.Yalpi foyda(zarar)(YaF) - qishloq xo’jalik korxonasida tovar mahsulotini sotishdan tushgan tushum, ya’ni sof pul tushumidan (SPT)sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmat-larni ishlab chiqarish tannarxi(IT) olib tashlanadi. Bunda sof pul tushumi jami pul tushumidan qo’shimcha qiymat solig’i, aksiz solig’i, tashqariga chiqarilgan tovar solig’i, tovar sotib oluvchi tovarni qaytarib berish mumkin bo’lgan skidkalarni (tabiiy kamayish) chiqarish yo’li bilan aniqlanadi:



2.Korxona asosiy faoliyatidan olingan foyda (zarar) (AFF). Buni aniqlash uchun yalpi foyda (zarar)dan sotish va ma’muriy xarajatlar(davriy xarajatlar)(DX) ayrilib, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromadlari(BD) va xarajatlari(BZ) ham mos ravishda qo’shilib va chiqarib tashlanadi:





3.Korxonaning umuxo’jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar)(UF). Asosiy faoliyatdan olingan foyda(zarar)dan olingan dividentlar, zayomlar bo’yicha foizlar, valyutaning kurs farqi, boshqa moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar(MD)qo’shilib, xarajatlar va bank prosentlari(BX) ayriladi:





4.Soliq to’laguncha foyda(zarar)(STF) umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda( ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan qurilgan foyda(FF) va minus zarar(FZ) sifatida aniqlanadi:





5.Sof foyda(zarar)(SF). U soliq to’langandan keyin xo’jalik, subyekt ixtiyorida qoladi, o’zida daromad(foyda)dan to’lanadigan soliqni(DS) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlar(BS) chiqarib tashlangan holda olingan sof foydani ifodalaydi:





Quyida 2008-2014 yillar davomida turli qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishdan olingan foyda miqdori dinamikasi tahlili keltirilgan(1-jadval).


Dinamikada foyda joriy baholarda hisoblansa ham 2008-2014 yillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan olinadigan uning miqdori o’rtasidagi tafovut keskin o’zgargan. Ayniqsa, pillaning sotish baholari oshgani tufayli 1 sentnerdan keladigan foyda 8,0 martaga, poliz, uzum va mevaniki 3,6 dan 4,9 martagacha oshgan. Shuningdek, boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlariniki ham 1,4 dan 2,7 martagacha oshgani holda sutda xuddi yillarda o’zgarish bo’lmagan.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling