O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
-jadval Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tovarlilik darajasi (2014 yil)*
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Tovar mahsulotning sifati, uni yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari
3-jadval
Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tovarlilik darajasi (2014 yil)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015. Ma’lumki, davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar to’lig’icha davlatga sotiladi. Shuning uchun ularda tovarlilik darajasi doimo 100% ga teng bo’ladi. Bu yerda paxta va pilla shular jumlasidandir. Qolgan mahsulotlarda notovar qismi ham mavjud bo’lib, ularda tovarlilik darajasi 70-90% ni tashkil etadi. Hatto donda bu ko’rsatkich 38 % ni tashkil etgan. 4.Tovar mahsulotning sifati, uni yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari Bozorni oziq-ovqat va xom-ashyo mahsulotlari bilan to’ldirish vazifasi qishloq xo’jalik mahsulotlari sifatini yaxshilash muammosi bilan mustahkam aloqada. Aholining iste’molini qondiradigan har qanday mahsulot, uni foydali qiladigan ma’lum bir xususiyat, xossaga ega bo’lishi kerak. Ular mahsulotdagi iste’mol qiymatning mohiyatini aks ettiradi. Agar iste’mol qiymat mahsulotning umumiy foydaliligini ifodalasa, uning foydalilik darajasi, ya’ni ma’lum iste’molni qanoatlantirishga obyektiv qodirligini, mahsulotning sifati xarakterlaydi. Mahsulot sifati deganda, uni ma’lum bir ehtiyojini qondirish kerakligini zarur qilib qo’ygan, mahsulotdagi xususiyatlar to’plami tushuniladi. Mahsulot sifati muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib, u ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot istemolida kishilar o’rtasidagi o’zaro mustahkam munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy iste’mol doimiy emas, sifatni yaxshilash tendensiyasi obyektiv va qonuniyatli xarakterga ega. Bu birinchi navbatda iste’molning oshishi qonunining harakati bilan bog’liq. Buning mohiyati shuki, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan doimo ularning iste’moli darajasi oshib boradi va ularda bir vaqtning o’zida iste’molni to’laroq qondirish imkoniyati kengayadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifatini yaxshilash faqat aholining oziq-ovqatga bo’lgan iste’molni to’liq qondiribgina qolmay, balki u qishloq xo’jaligi iqtisodiy samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Shuning uchun mahsulot sifatini oshirish – bu pirovard natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy iste’molni to’laroq qondirishdir. Rivojlanayotgan bozor sharoitida qishloq xo’jaligi mahsulotlari raqobatbardosh bo’lishi kerak, ya’ni bozordagi mahsulotlarga qaraganda ancha yuqori iste’mol xususiyatiga va katta talabga ega bo’lishi kerak. Mahsulot sifatiga talab iste’molchilar, shuningdek davlat organlari tomonidan shakllanadi. Mahsulot sifatiga talabning shakllanishidagi ustunlik iste’molchiga, bozorga, raqobatga tegishlidir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifati ishlab chiqarish resurslari - ishlab chiqarish elementlarining ishtiroqi va ta’sirida shakllanadi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hamda ishlab chiqarish resurslari sifati o’rtasida keng harakatdagi bevosita yoki ko’p pog’onali aloqa va bog’lanish mavjud. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: I. Qishloq xo’jalik mahsulotining sifati: 1. Ish kuchi sifati; 2. Fondlar bilan qurollanish; 3. Xodimlar malakasi; 4. Moddiy rag’batlantirish. II. Yer va boshqa tabiiy resurslar sifati; III. Moddiy resurslar sifati: 1. Asosiy vositalar sifati: a) sanoatdan keladigan; b) qishloq xo’jaligidan chiqadigan; 2.Moddiy oborot vositalarning sifati: a) sanoatdan keladigan; b) qishloq xo’jaligidan chiqadigan. Mahsulot sifatini yaxshilash va uni ta’minlashning yetakchi omili ish kuchining sifati hisoblanadi. Foydali mehnat bilan shug’ullanuvchi mamlakatning har bir fuqarosi mahsulot sifatini ta’minlash bo’yicha o’z munosabatlarini quyidagilar asosida amalga oshirishlari kerak: 1.O’zaro yordam va ilg’or tajribalarni almashish; 2.Har bir ish joyida mehnat sifatiga va uning natijasiga qattiq talabchanlik; 3.Mahsulot sifati degan bosh mezondan kelib chiqib, xodimning professional ustaligi va uning mehnatga to’lanadigan haqqini baholash; 4.Har bir kishining - ishchidan to rahbargacha o’z mehnati sifati uchun shaxsiy javobgarligi; 5.Mehnat jarayonida mahsulot sifatini pasaytirish mumkin bo’lgan har qanday faoliyatni ogohlantirish. Yer resurslarining sifati iqlim sharoitlari bilan birga faqat yetishtiriladigan ekinning tarkibini aniqlab qolmasdan va uning miqdoriga ta’sir qilib qolmasdan, balki uning sifatiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, unumli tuproqda, yerda yetishtirilgan hosilning sifati ham yaxshi, yuqori bo’ladi. Moddiy resurslar sifati, qishloq xo’jalik mahsulotlari sifatiga 2 tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Birinchidan, asosiy va moddiy aylanma vositalarning ancha yuqori sifati, sifati oshirilgan mahsulot olishga, sotish bahosini oshirishga va pirovard natijada daromadni oshirishga imkon beradi. Rayonlashgan urug’ navlaridan foydalanish faqat hosildorlikni oshirib qolmasdan sifatini ham yaxshilaydi. Chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish va sifatini yaxshilashga yemning to’yimliligi sifati katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchidan, ancha sifatli moddiy resurslar mehnat sig’imini, fond sig’imini va material sig’imini pasaytiradi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Urug’, yem va boshqa aylanma vositalar sifat tavsiflarining yaxshilanishi mahsulot birligi hisobiga ularga qilingan xarajatni pasaytiradi. Va aksincha, navlar va ekiladigan urug’ sifatining yomonlashishi, yemlarda ozuqa moddalarining, ayniqsa proteinning pasayishi, mahsulot tannarxining o’sishiga olib keladi. Bozorga olib chiqiladigan har qanday qishloq xo’jaligi mahsuloti kishilarning iste’molini qondirish darajasi bo’yicha tekshiruvdan o’tadi: har bir xaridor o’zining iste’molini qondiradigan mahsulotni sotib oladi, xaridorlar massasi esa kishilar iste’molini to’laroq qondiradigan mahsulotni sotib oladi, nisbatan mahsulot raqobati tashkil topadi. Shuning uchun mahsulotgning raqobatbardoshligini faqat raqobatdosh mahsulotlarni o’zaro taqqoslab aniqlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tovar mahsulotining raqobatbardoshligi – bozorga va sotish vaqtiga aniq bog’liq bo’lgan nisbiy tushunchadir. Shuni bilish lozimki, mahsulotning raqobatbardoshligi, xaridor uchun muhim qiziqish uyg’otadigan uning xossasi orqali aniqlanadi. Boshqa barcha parametrlar, bu chegaradan tashqaridagi, mahsulotning raqobatbardoshligida raqobat shartlariga aloqasi yo’q sifatida qarab chiqilmaydi. Mahsulotning raqobatbardoshligini o’rganish sistemali va to’xtovsiz o’tkazilishi kerak. Bu agar raqobatbardoshlik pasaya borsa, o’z vaqtida ma’lum qaror qabul qilishga - shu mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish yoki to’xtatish yoxud uning sifatini yaxshilash, boshqa bozorlarga o’tkazish va boshqalarga o’ylab ko’rishga imkon beradi. Boshqa tomondan, mahsulotning raqobatbardoshligi, shu mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish haqida qaror qabul qilingan qarorlarning samarasini oshiradi. Hozirgi kunda, ya’ni bozor munosabatlariga o’tish sharoitida qishloq xo’jaligida bir qancha mahsulot sotish kanallari vujudga keladi va ularning harakat qilishi uchun sharoit yaratiladi. Mahsulotni sotish kanallari deganda, sotishda ishtirok etuvchi yoki vositachilik qiluvchi shaxslar va korxonalr to’plami tushuniladi. Ular tovarlarni o’zlariga yoki boshqa bir shaxsga o’tkazish huquqini oladilar. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazish maqsadida birgalikda harakat qiluvchi iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, ijtimoiy va boshqa jarayonlar tizimidir. Sotish kanallari bevosita va bilvosita kanallarga bo’linadi. Tovarlar sotishning bevosita kanallar deganda vositachilarsiz tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga ko’chib yurishi tushuniladi. Bevosita kanal orqali, masalan sabzavot va poliz mahsulotlari dehqon bozorlarida, xususiy magazinlarda, do’konlarda sotilishi mumkin. Bunday usul bilan, shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlari mahalliy aholiga kassa orqali naqd pulga sotilishi mumkin. Bilvosita sotish kanallari mustaqil vositachilardan foydalanish bilan bog’langan. Ular tovarlarni tovar ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi va iste’molchilarga yetkazib beradi. Vositachilar sifatida davlat tashkilotlari, matlubot kooperasiyalari, savdo va sanoat korxonalari chiqadi. Alohida qishloq xo’jalik korxonalari uchun mahsulotlarni turli kanallar orqali sotish ham tashkiliy, ham iqtisodiy jihatdan qiyin masala.. Korxonalar faoliyatining pirovard natijasi ma’lum darajada mahsulotni tayyorlaydigan, saqlaydigan, ortadigan-tushiradigan xizmatlarning rivojlanishiga bog’liq. Shuning uchun qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulotni tayyorlashni va sotishni tashkil qilish bo’yicha barcha masalalarni hal qilish zararuriyati tug’iladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish kanallari quyidagilar bo’lishi mumkin: I. Davlatga sotish: A).Davlat fondiga; B).Regional fondga; II. Erkin sotish: A). Dehqon bozorida; B). Korxona xodimlariga va mahalliy aholiga; V). Birjada; G).Chakana savdoning boshqa tashkilotlariga, korxonalariga; D).Shartnoma, majburiyat bo’yicha tashkilot va korxonalarga; Ye).Boshqa tashkilotlar bilan barter bitimlari; III.Umumiy ovqatlanish korxonalariga. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatga sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining hajmi keskin qisqarib boradi va bozor kanallari bo’yicha sotish oshib boradi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish yo’llarini tanlashda, albatta sotish sferasi bilan bog’liq xarajatlar sarflanadi. Uni transaksiya xarajatlari deyiladi. Bu harajtlar o’z ichiga baho to’g’risidagi axborotlarni izlash, hamkorlarni tanlash, shartnomalar tuzish, shuningdek mulkni himoya qilish kabi xarajatlarni oladi. Transaksiya xarajatlarining darajasi har doim ham oldindan aniqlanavermaydi. U mahsulotning xususiyati, uni ishlab chiqarish texnologiyasi, ayirboshlashdagi hamkorlarning xohish-istagiga bog’liq. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish yo’llariga quyidagilarni kiritish mumkin; Qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari: 1.Qayta ishlash: a) ulgurji savdo korxonalari; b) chakana savdo korxonalari; v) pirovard iste’molchi; 2.Dehqon bozorlari; 3.Tayyorlov tashkilotlari: a) ulgurji savdo korxonalari; b) chakana savdo korxonalri; v) pirovard iste’molchi. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yuqorida keltirilgan sotish kanallarining qanchalik darajada qulayligini va imkoniyat darajasida iqtisodiy jihatdan munosabat o’rnatishi mumkin bo’lgan variantni tanlashlari kerak bo’ladi. Tayanch iboralar: Iqtisodiy samaradorlik, jonli mehnat, buyumlashgan mehnat, xarajat, samara, mezon, mahsulot miqdori, bozor tizimi, bozor mexanizmi, yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromad, rentabellik. Savollar1.Yalpi mahsulot nima va u qanday taqsimlanadi? 2.Tovar mahsulot nima? 3.Tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi? 4.Yalpi va sof daromadning taqsimlanishi? 5.Tovar mahsulot sifatiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 6.Tovarlarning raqobatbordoshligi nimani anglatadi? 12-BOB.QISHLOQ XO’JALIGINI INTENSIVLASHTIRISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon makoni bilan, imkon makoni bilan, makon borlig’i bilan ulug’lanadi Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling