Mavzu. Mehnat unumdorligi


Download 62.71 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi62.71 Kb.
#1048911
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 мавзу КИ


4-MAVZU. MEHNAT UNUMDORLIGI


4.1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati
4.2.Mehnat unumdorligi, samaradorligi va mahsuldorligi
4.3. Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari
4.4. Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi nazariyalarning rivojlanishi
4.5. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari

4.1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati


Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha
kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni
mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq
D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldilar. Bu
iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular
foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi
nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar.
Hozirga qadar ―mehnat unumdorligi tushunchasiga ta’rif berish va
uni hisoblash usullariga turlicha yondashuvlar saqlanib qolmoqda.
Mamlakatimiz amaliyotida ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha
mehnat unumdorligini hisoblashning turli tamoyillariga asoslanadigan
ko‘rsatkichlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelindi. CHunonchi,
milliy iqtisodiyotda va uning tarmoqlarida ijtimoiy mehnat
unumdorligi hamda uning dinamikasi jami xarajatlar, ya’ni faqat
mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnatgina emas, balki
buyumlashgan mehnat xarajatlarini ham tejashni aks ettirar edi. Ayni
vaqtda, korxonalar darajasida mehnat unumdorligi dinamikasi faqat
jonli mehnat tejalishini aks ettirar edi. Bu hol ijtimoiy ishlab
chiqarish darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirishga va
xodimlarning iqtisodiy manfaatlariga kerakli yo‘nalishda samarali
ta’sir ko‘rsatishga imkon bermas edi.
Jahon amaliyotida ―mehnat unumdorligi va ―unumdorlik‖
atamalaridan keng foydalaniladi. Bu atamalar ana shu ko‘rsatkichlarni
hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan mehnat natijalarining ta’rifi va
tarkibi bilan farqlanadi. Mehnat unumdorligi atamasi faqat yaratilgan
(sotilgan) mahsulot (xizmatlar) hajminigina o‘z ichiga oladi, holbuki,
unumdorlik atamasi qo‘shimcha ravishda mehnat natijalarida buyumlashgan
mehnatning tejalishi yoki ortiqcha sarflanishini hisobga oladi. SHu
bilan birga, unumdorlikni hisoblash usullari ishlab chiqarish
samaradorligi bilan etarli darajada mos keladi, deb hisoblangan va
bunga uni keng moslashtirilgan: Mehnat natijalari faqat mehnat sarfi
bilan emas, balki resurslar bo‘yicha hamma turdagi sarflarning o‘zaro
nisbati qiymat shaklida aniqlanadi. Ko‘rinib turibdiki, ―mehnat
unumdorligi va ―unumdorlik tushunchalari o‘z ma’nosi bilan birbiridan farq qiladi.
Unumdorlik tushunchasi natija va unga erishish uchun qilinadigan
sarflar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. SHu sababli, qator iqtisodchi
olimlar uskunalar, elektr energiya, xomashyo, kapitalning unumdorligi
to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Lekin, unumdorlik to‘g‘risida so‘z ketganda
resurslardan foydalanishning mahsuldorligi yoki tejamliligi haqida
ham gapirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarilganmahsulot hajmining –
mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqtga nisbati ―mehnat
unumdorligi tushunchasini tavsiflaydi. Bu nisbat:


Download 62.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling