Mavzu. Mehnat unumdorligi


Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari


Download 62.71 Kb.
bet4/6
Sana23.12.2022
Hajmi62.71 Kb.
#1048911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 мавзу КИ

4.3. Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari


Mehnat unumdorligini o‘lchash murakkab vazifa bo‘lib, bunga bir
tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko‘pqirraliligining dinamikasi
ko‘p sonli o‘sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan
bo‘lgan va undan tashqarida bo‘lgan omillarga) bog‘liqligi, ikkinchi
tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash talabi sabab bo‘ladi. 70-80-yillar mehnat
unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar
ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalish moddiy sarflarni
mahsulot qiymatidan chiqarib tashlashdan iborat edi. Bu hol
mahsulotning o‘lchamlari turlicha qiymatga ega bo‘lishi va uning mehnat
unumdorligi dinamikasiga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi, deb
hisoblanar edi. Izlanishning ikkinchi yo‘nalishi korxona darajasida
mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish tamoyillarini
makro darajada qabul qilingan hisoblash bilan identifikatsiyalashga
(ya’ni, taxmin qilinayotgan dinamikani jonli va buyumlashgan mehnatning
umumiy xarajatlarini tejash orqali ifodalashga) qaratilgan edi. Biroq
qabul qilingan hisoblash usullari asosida sanoatning ko‘pchilik
tarmoqlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamdagi tajribalar bunday yondashuv
muhim afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmadi. Xo‘jalik yuritishning
bozor tuzilishiga o‘tilishi munosabati bilan milliy hisob varaqlar
tizimi joriy etildi. Ana shu tizim asosida yalpi ichki mahsulot
hajmlarining ko‘rsatkichlari butun iqtisodiyot bo‘yichahamda uningbarcha
tarmoqlari, shu jumladan, no moddiy soha bo‘yicha ham hisoblab
chiqariladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish hajmlaridan ichki
iste’molni ajratib chiqarish va ko‘rsatkichlarni yiriklashtirgan vaqtda
takroran hisoblashni kamaytirish imkonini berdi. Xorij tajribasi
asosida makro darajada tovarlarning qat’iy belgilangan to‘plami bo‘yicha
mahsulotning tabiiy o‘lchamlari asosida uningfizik hajmi indeksi
hisoblab chiqarilib, shundan keyin umumiy sanoat indeksiga
birlashtiriladi. Bunda ulgurji narxlar hamda mahsulot fizik
hajmining indekslari tanlab olingan turli umumiy hajm va tuzilish
bo‘yicha faqat mintaqalar, tarmoqlar va butun sanoat darajasidagina
aniqlanadi, lekin ulardan korxonada tezkor boshqaruv chog‘ida
foydalanish mumkin bo‘lmaydi. Buning oqibatida korxona darajasida
mehnat natijalarini baholash yaxshilanish u yoqdatursin, balki
yomonlashadi, chunki qiyosiy narxlar yo‘qligi tufayli mehnat natijalari
dinamikasining xarakteristikasi yo‘qotilgan edi. SHu bilan bir qatorda,
iqtisodiyotda mahsulot hajmi va mehnat unumdorligining ko‘rsatkich
darajalari jamlanmaydi. Islohotdan oldingi amaliyot bilan
taqqoslaganda, korxona faoliyatida iqtisodiy erkinlik kengayganligi
munosabati bilan mehnat sarflarini hisobga olish muammosi juda
keskinlashdi. Mazkur muammoni statistika organlari uzoq vaqt
mobaynida hal qilmadilar. Bu esa, mahsulot hajmlari va mehnat
sarflarini hisoblash usullarida farqlar bo‘lishiga olib keldi. Bunday
holat mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash imkonini bermadi.
SHunday qilib, mehnat unumdorligini o‘lchashga qabul qilingan xisoblash
tizimi bilan muvofiqlashtirilgan, hamma tomondan e’tirof etilgan
yondashuvlar hozirga qadar ishlab chiqilmagan.
Sobiq Ittifoq statistikasi va iqtisodiyot amaliyotida ish unumi va
mehnat sig‘imi mehnat unumdorliginingko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat
qilar edi. Ular bir-biri bilan proporsional mutanosiblikda o‘zaro
bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula bilan ifodalagan:

U = X / M va Mm = M / X,


bunda, U – ish unumi; X – tegishli birliklardagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi; M – tegishli birliklardagi mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dagi mehnat sarflari; Mm – mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dagi mehnat sig‘imi. Xalq xo‘jaligi miqyosida moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat unumdorligi (ish unumi)ning darajasi muayyan davrdagi milliy daromad o‘lchamining ushbu davr mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga nisbati bilan belgilanar edi. Xizmatlar ko‘rsatishsohasida mehnat unumdorligi (ish unumi) muayyan davr mobaynidagi xizmatlar qiymatining (ushbu
xizmatlarni ko‘rsatishdagi moddiy sarflarning qiymatisiz) shu davr
mobaynida xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat
soniga nisbati bilan belgilanar edi.
Ko‘p yillik tadqiqotlar ilgari tahlil qilingan ko‘rsatkichlarning
birortasi ham mehnat unumdorligini ob’ektiv ta’riflash bilan bog‘liq
barcha muammolarni hal etish imkonini bermasligini ko‘rsatdi. Ana shu
hol bu maqsad uchun bir va hatto bir necha mehnat unumdorligi
ko‘rsatkichlaridan emas, balki butun boshli ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalanishini zarur qilib qo‘ydi. Bunday tizimni har bir
ko‘rsatkichning xossalari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, har
birining funksional vazifasini aniqlash asosida tashkil etish mumkin.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini tasniflash belgisi mehnat
natijalarini ifodalash usulidan (qiymat, tabiiy va mehnat) iboratdir.
Tabiiy o‘lchamlar hammadan ko‘ra sodda va yaqqol bo‘lib, mehnat
natijalarini ko‘zga tashlanadigan moddiy kategoriyalarda baholaydi.
Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra iste’mol qiymatining ta’rifi bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri va bevosita bog‘langan, demak, mahsulot sifati o‘zgarganligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar shakllanishi uchun potensial shart-sharoit bo‘ladi.
Tabiiy usulishlab chiqarish hajmi fizik birliklarda (dona,
kilogramm, pogon metr, kvadrat metr va hokazolarda) ifodalanganda
ishlatiladi. Masalan, neft sanoati korxonasi bir yilda 300 ming tonna
neft va 2600 ming m3 gaz qazib oldi, elektr stansiya 20 mln kVt soat
elektr energiya, qandolatchilik fabrikasi 100 t shokolad konfet ishlab
chiqardi.
Bu eng aniq usul hisoblanib, uning qo‘llaniladigan sohasi g‘oyat
cheklangan, chunki kamdan kam korxona bir xil mahsulot chiqarish bilan
kifoyalanadi. Masalan, o‘sha neftning o‘zini olib ko‘raylik. U
uglevodorod fraksiyalari, oltingugurt, suv miqdori turlichaligi bilan
ajralib turadi. SHu sababli, aniq gapiradigan bo‘lsak, bitta burg‘u
qudug‘idan qazib olingan bir tonna neft boshqa burg‘u qudug‘idan qazib
olingan bir tonna neftga teng emas. SHokolad konfetlari ham xilma-xil
navli bo‘lishi mumkin, qandolatchilik fabrikasi karamel va pechene ham
tayyorlab chiqaradigan bo‘lsa, bunday mahsulotning og‘irligini jamlagan
holda mutlaqo hisoblab bo‘lmaydi. Keng assortimentda tovar ishlab
chiqaradigan mashinasozlik yoki yog‘och ishlash korxonasining mahsulotini
tabiiy ko‘rsatkich orqali ifodalab bo‘lmaydi.
Binobarin, ishlab chiqarish hajmining tabiiy o‘lchami ko‘pchilik
korxonalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu uning jiddiy kamchiligidir. Turli
buyumlarni bitta o‘lchamga keltirishga asoslangan ishlab chiqarish
hajmini o‘lchashningshartli - tabiiyusulidan ham foydalaniladi.
Masalan, sovunning turli navlari tarkibidagi yog‘ miqdori 40,0 % bo‘lgan
yagona sovun naviga aylantirib hisoblanadi, yonilg‘ining turli navlari
bir tonnasining issiqlik yaratish quvvati 7.106 kkal.ga teng bo‘lgan
shartli yonilg‘iga aylantirib hisoblanadi.


Download 62.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling