Mavzu. Mehnat unumdorligi


Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari


Download 62.71 Kb.
bet6/6
Sana23.12.2022
Hajmi62.71 Kb.
#1048911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 мавзу КИ

4.5. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari

Mehnat unumdorliginioshirish ayrim korxona va jamoalar uchun
katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning darajasiga ta’sir etadigan barcha
omillar va zahiralarini ko‘paytirishni taqozo etadi.
Umuman, omillar deganda – biron-bir jarayon yoki hodisaga ta’sir
etuvchi kuchlar, sabablar, tashqi vaziyatlar tushuniladi. Mehnat
unumdorligi omillari - mahsulot, ish yoki xizmatlar birligini ishlab
chiqarishda yollanma mehnat sarfi miqdorining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi
sabablar, harakatlantiruvchi kuchlar.
Mehnat unumdorligiga ta’sir etishning turli usullarini
tasniflash va ularni guruhlarga ajratishning ahamiyati shundaki, bu
mehnat unumdorligi mohiyatini chuqurroq anglash va oshirish yo‘llarini
bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib aniqlash imkonini beradi. Bunday
tasnifning amaliy ahamiyati shundaki, uning yordamida u yoki bu
omillarning natijasiga ta’sir darajasini yaxshiroq hisobga olish
mumkin bo‘ladi, ya’ni ulardan biri mehnat unumdorligining o‘sishiga
barqarorroq ta’sir ko‘rsatsa, boshqalari bu ma’noda o‘tkinchi ahamiyatga
ega.
Omillarni tasniflashga turlicha yondashuvlar ularning turli
yig‘indilarini farqlashga olib kelishi mumkin. Ammo bunday guruhlar
orasida u yoki bu ishlab chiqarish omillarining shakllanishi va
rivojlanishi asosiy sifat nuqtai nazaridan qabul qilish o‘rinli bo‘ladi.
Bunday omillarga mahsulot ishlab chiqarishning ijtimoiy-siyosiy shartsharoitlarini belgilaydigan guruhini kiritish mumkin. Ularning
ta’siri tegishli xo‘jalik mexanizmlari, ijtimoiy munosabatlar
(institutlar) orqali amalga oshiriladi. Omillarning boshqa muhim
guruhiga mehnatga haq to‘lash, makroiqtisodiy mutanosibliklar, inson
kapitali, texnika va texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lganlari, shuningdek,
ijtimoiy omillar kiritiladi.
Raqobat – unumdorliknioshirishning hamda iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashning harakatlantiruvchi kuchidir, chunki har bir korxona sotuv
va ta’minot bozorida o‘z mavqeini yaxshilashga harakat qiladi. Ikkinchi
tomondan, qudratli unumdorlik raqobatni oshiradi, iqtisodiy o‘sish esa
uni kuchaytiradi. Nafaqat korxonalar, balki milliy iqtisodiyotlar ham
o‘zaro raqobatlashadi. Iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, korxona va milliy
iqtisodiyotlar raqobatning teng sharoitlarida bo‘lib, bir-biriga qaramaqarshi turadi, bu alohida olingan milliy iqtisodiyot va aniq korxonalar o‘rtasidagi real hayotda sezilarli farqlanadi. Masalan, tabiiy resurslar, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma, ishchi kuchi ko‘lami va sifat tuzilmasi umuman teng emas.
Buning ustiga, korxonalar bilan milliy iqtisodiyotlar ko‘lamlari
o‘rtasidagi farqlarga keyingi yillarga qadar raqobat shartlarining
tengsizlik ko‘rsatkichi sifatida qarab kelingan. Albatta, yirik
korxonalar ta’minot va sotuv bozorida mutlaq boshqa ishchi kuchini
qamrab olishga qodir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda ham xuddi
shunday, o‘zlarining yirik ichki bozorlari va tashqi bozorlardagi kuchli
mavqelari bilan ko‘lami kichikroq iqtisodiy kuchga ega korxonalarga
qaraganda raqiblar tazyig‘iga muvaffaqiyatliroq qarshilik ko‘rsatishga
qodir bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga ta’sir etish darajasi va
hususiyatiga qarab, omillarni quyidagi uchta guruhga: moddiy-texnik,
tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy guruhlarga birlashtirish
mumkin.
Moddiy-texnik omillar – yangi texnika, ilg‘or texnologiya, xomashyo va
materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog‘langan.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalarini hal etishga:
- uskunalarni zamonaviylashtirish;
- ma’naviy eskirgan uskunalarni yangi, unumliroq uskunalar bilan
almashtirish;
- ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash darajasini oshirish: qo‘lda
bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash, kichik mexanizatsiya
vositalarini joriy etish, uchastka va sexlardagi ishlarni yalpi
mexanizatsiyalash;
- ishlab chiqarishni avtomatlashtirish: avtomat-dastgohlarni,
avtomatlashtirilgan uskunalarni o‘rnatish,
avtomatlashtirilganliniyalardan va ishlab chiqarish tizimlaridan
foydalanish;
- yangi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
- xomashyoning yangi turlaridan, progressiv materiallardan
foydalanish yo‘li bilan va boshqa choralar orqali erishiladi.
YAngi texnika va texnologiyalardan, ishlab chiqarish bino va
inshootlari, uskuna va asboblar, xomashyo va energiyaning har xil
turlaridan foydalanish mahsulot birligiga jonli mehnat sarfini
kamaytirish bilan biriktirilgan taqdirdagina mehnat unumdorligini
oshirishga qodir bo‘ladi. Bu holatda jonli mehnatning shu yoki kamroq
darajasi berilgan ishlab chiqarish chegarasida ko‘proq miqdorda iste’mol
qiymatlarini ishlab chiqara oladi. Ammo, bunda mahsulot birligiga
jonli mehnat jamg‘armasi joriy etilayotgan yangi texnika, texnologiya
sarflaridan ko‘proq bo‘lishi kerak.
Muayyan holatda yangi texnikaga sarflar deganda, kapitalning renta
bahosi tushuniladi. Kapitalning renta bahosi – kapital xizmatlaridan
foydalanish qiymati. Nazariy jihatdan u texnika ijarasi uchun (yoki uni
sotib olish ssudasiga) foizlar to‘lash va amortizatsiya summasini o‘z ichiga
oladi. Ammo, bizning amaliyotda lizing ham tarqalgan, bank kreditidan
qimmat bo‘lganligi uchun ham foydalaniladi, shuning uchun ham amaliyotda
kapitalning renta bahosi amortizatsiya summasidan iborat bo‘ladi.
Demak, yangi texnikani joriy qilish shartiga ko‘ra yangi texnika
amortizatsiyasining summasi mahsulot birligiga bevosita jonli mehnat
tejamining puldagi ifodasidan kamroq bo‘lishi kerak. Aks holda,
tadbirkor yangi texnikani joriy etishdan tijorat foydasini ololmaydi,
yangi texnikaga yollanma mehnatga qiladigan sarfidan tejab qolganidan
ko‘ra ko‘proq sarflashga to‘g‘ri keladi. Bunda mahsulot birligiga jonli
mehnat hissasi, tabiiyki, moddiylashgan foydasiga kamayadi.
Umumdavlat zaxiralari va ulardan foydalanish butun iqtisodiyotda
mehnat unumdorligining oshishiga ta’sir etadi. Bular korxonalarni
joylashtirish, aholining ish bilan bandligidan oqilona foydalanish,
xo‘jalik yuritishning bozor usullarini tatbiq etish va shu kabilardir.
Mintaqaviy zaxiralar – muayyan mintaqaga xos bo‘lgan ishlab
chiqaruvchi kuchlardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari.
Tarmoqlararo zaxiralar turli tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasidagi
aloqalarni yaxshilash, shartnomaviy intizomni mustahkamlash imkoniyati
bilan bog‘langandir.
Ishlab chiqarish ichki zaxiralari korxonada xomashyo, materiallar,
uskunalar, ish vaqtdan foydalanishdagi kamchiliklar bilan belgilanadi.
Smena ichidagi va butun kun mobaynidagi ish vaqti bevosita
nobudgarchiliklardan tashqari, yaroqsiz qilingan buyumlarni tuzatish,
texnologiyada ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zga
ko‘rinmas nobudgarchiliklar ham bo‘ladi.
Foydalanish muddatlari bo‘yicha zaxiralar – joriyva istiqboldagi
zaxiralarga bo‘linadi: joriy zaxiralardan oy, chorak, yil davomida korxonalarning haqiqiy imkoniyatlariga qarab foydalanish nazarda tutiladi; istiqboldagi zaxiralar korxonaning ularni yaqin vaqt ichida ishga
solish uchun etarlicha resurslari yo‘q va ulardan istiqbolda bir yil yoki
yanada ko‘proq vaqt keyin foydalanish mo‘ljallanadi.
Korxonalarda zaxiralardan foydalanish uchun tashkiliy-texnikaviy
tadbirlar rejalari ishlab chiqiladi, ularda mehnat unumdorligini
oshirishzaxiralarining turlari, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari,
bunga rejalashtirilayotgan sarflar ishlarni bajarish muddatlari,
mas’ul ijrochilar ko‘rsatiladi.
Download 62.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling