O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus


Download 488.42 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi488.42 Kb.
#1547321
1   2   3
Bog'liq
xrpt 8ix2e9poo1iaiin4kefvht827v93tuxp5jh0hynxmxyx7bpggx4of2fbld46zpls1us8i7uxtij

Qimmatli qog‘ozlarning xususiyatlari

Qimmatli qog‘ozlarning asosiy (fundamental) xususiyat- lariga aylanuvchanlik, likvidlilik va xatar kiradi.


Aylanuvchanlik – bu qimmatli qog‘ozning bozorda xarid qilinishga va sotilishga, shuningdek, ko‘pchilik hollarda boshqa tovarlar muomalasini osonlashtiruvchi mustaqil to‘lov vositasi sifatida qo‘llanishiga qodirligidir. Barchaga ma’lum bo‘lgan P – T (pul – tovar), T – P (tovar – pul) meta- morfozalarda qimmatli qog‘ozlar ham tovar sifatida, ham pul sifatida qatnashishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar ma’lum ma’noda tovar hisoblanadi, u o‘z qiymatiga va iste’mol
qiymatiga ega. Ushbu alohida turdagi tovarning qiymati bir qancha omillarga bog‘liq, masalan, ular tomonidan kelti- riladigan daromadning hajmi, ssuda foizining me’yori, nis- batan yuqori kurs bo‘yicha sotilishi mumkinligi, korxonani boshqarishda ishtirok etish imkoniyati va hokazolar. Qim- matli qog‘ozlarning iste’mol qiymati shundan iboratki, ular orqali qimmatli qog‘oz egasi o‘z kapitalini oshirish, saqlash, korxonani boshqarishda ishtirok etishdagi aniq talablarini qondiradi. Shu bilan birga, ba’zi holatlarda qimmatli qog‘ozlarning alohida turlari (davlat obligatsiyalari, veksellar) ma’lum bir qulay vaziyatlarda pul vazifasini – muomila va to‘lov vositasini ham bajarishi mumkin. Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda ko‘chmas mulk, avtomobil va boshqalar bilan hisob-kitob qilish chog‘ida yuqori likvidli davlat obliga- tsiyalaridan to‘lov vositasi sifatida foydalaniladi.
Likvidlilik – bu qimmatli qog‘ozning uning egasi uchun deyarli zarar keltirmagan holda tez sotilish, pul mablag‘lariga aylanish qudratidir. Likvidlilikka ta’sir ko‘rsatadigan omillar uchta guruhga: a) umumiqtisodiy omillar; b) mazkur mam- lakatda qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish darajasi bilan bog‘liq omillar; d) emitentning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq omillar. Umumiqtisodiy omillarga pul muo- malasi, iqtisodiyotni davrning u yoki bu bosqichida bo‘lishi, sarmoyadorlar tomonidan to‘lovga qodir talabning mavjudligi, bank hisob-kitoblarini amalga oshirish tezligining darajasi kabilar kiradi. Fond bozorini tashkil etish bilan bog‘liq omillarga imkoniyatli sarmoyadorlarning axborotga ega bo‘lish darajasi, market-meykerlar muassasasining mavjudligi, bir tranzaksiya qiymatining miqdorini kiritish mumkin. Alohida emitent darajasida qimmatli qog‘ozlarning likvidliligi, avvalo, uning moliyaviy ahvoliga, amal qilishi muddatiga, zararsiz faoliyat ko‘rsatishiga, to‘lanadigan daromadlarning miqdoriga, rivojlanish taxminlari hamda istiqbollariga va hokazolarga bog‘liq. So‘zsiz, bu ma’noda fond birjalarida
baholanadigan qimmatli qog‘ozlar eng yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi tabiiy.
Xatar – qimmatli qog‘ozlar (shu jumladan, investitsiyalar bilan) operatsiyalari bilan bog‘liq yo‘qotishlar va muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir. Qimmatli qog‘ozlar opera- tsiyalariga doir xatarlar qandaydir bir operatsiyani bajarishda ko‘pgina tasodifiy omillarning unga ta’siri tufayli istalgan natijaga ega bo‘lmaslik ehtimoli bilan bog‘liq. Ushbu bozor- dagi deyarli har qanday operatsiya uning ishtirokchilari (emi- tentlar, sarmoyadorlar yoki vositachilar) u yoki bu xatar darajasini o‘z bo‘yniga olishini anglatadi. Endigina o‘zining fond bozorlarini tashkil etayotgan mamlakatlarda bozorlar ishtirokchilari uchun xatarlar bozor munosabatlarining ko‘p yillik tarixiga ega bo‘lgan mamlakatlardagiga qaraganda bir necha marta yuqori. Fond bozoridagi faoliyat xatarning turli xillari bilan bog‘liq. Shuning uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilariga o‘z faoliyatida xa- tarlarning turli xillarini inobatga olishiga to‘g‘ri keladi, bular: inflatsiya jarayonlari, tarmoqlar va mintaqalarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq makroiqtisodiy xatarlar; emi- tentning to‘lovga qodirligi va kredit qobiliyati bilan bog‘liq korxonaning xatarlari; portfelni boshqarish xatarlari va texnikaviy xatarlar, ularga yilinchalik, operatsion, selektiv xatarlar, hisob-kitoblarni tartibga solish bilan bog‘liq xatarlar va hokazolar kiradi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti xatarning har bir turiga qarshi turuvchi sug‘urtalash shakllari va usullarini ishlab chiqdi. Sobiq Ittifoq hududi mamla- katlarida qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bilan bog‘liq xatarlarni sug‘urtalash hozircha yetarli darajada rivojlan- magan. Bunday xatarlarni sug‘urtalash qimmatli qog‘ozlar bozori va sug‘urta ishining birlashishidagi eng muhim faoliyat sohalaridan biri hisoblanadi, uni mamlakat amaliyotida juda yaqin yillar ichida o‘zlashtirish vazifasi turibdi.





Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/190 saytida.



Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/190 сайтида.





Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/190





Download 488.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling