O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
True

Suv to‘siqlaridan o‘tish
Daryo va boshqa suv havzalaridan kechib o‘tishdan avval 
uning chuqurligini, yer qatlamining qattiqligini va kechuv joyida 
har xil chuqurliklar va katta toshlar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish 
kerak.
Kechuv joyi aniqlangandan keyin, uni belgilab chiqish lozim. 
Buning uchun qoziqlar qoqib, unga bayroqchalar osib qo‘yish kerak. 
Kechuvga tushish va chiqish joylari tekis, kechuvning chuqurligi 
esa yengil avtomobillar uchun 0,4 – 0,5 m, qolganlari uchun 0,6 – 0,8 
m dan oshmasligi kerak. Bu chuqurlik shamollatgich shkivining 
balandligi bilan cheklanadi. Agar shkiv suvga tegib qolsa, 
aylanganida suvni sachratish oqibatida svechalar ho‘llanib qolishi 
oqibatida dvigatel o‘chib qolishi mumkin.
Kechuvni boshlashdan oldin radiator to‘siqlari yopilishi va 
avtomobil oqimga nisbatan burchak ostida birinchi uzatmada 
harakatlanishi mumkin bo‘lgan eng katta tezlikda yurishi kerak.
Agar avtomobil kechuvda to‘xtab qolsa, uni shatakka olib 
chiqarish yoki biron-bir usul bilan g‘ildiraklar ostiga taxtani qo‘yib 
chiqarib olish mumkin.
Kechuvdan oldin svechalarni va yuqori kuchlanishli o‘tkaz-
gichlarga moy quyish hamda hajmini aniqlash shuplarini berkitish 
yaxshi natija beradi.
Kechuv tugagandan so‘ng avtomobil to‘xtatilib, dvigatel va 
transmissiyaga suv kirgan-kirmaganligi aniqlanadi. Agar suv 
agregatga kirib qolgan bo‘lsa, uni to‘kib tashlab, moy almash tiriladi.
Harakatni boshlaganda tormoz tepkisini oz-ozdan bosib borib, 
tormoz kolodkalari quritiladi.


88
Kechuv joyi muzlagan davrlarda undan o‘tish uchun muzning 
qalinligi va mustahkamligi tekshiriladi. Buning uchun har 15 – 25 
m masofada muz teshilib, uning qalinligi aniqlanadi. 15 sm 
qalinlikdagi muz 2 t og‘irlikdagi avtomobilni, muzning har 5 sm ga 
qalinlashishi esa qo‘shimcha 1 t ni ko‘tara oladi.
Muzning xavfsiz qalinligini avtomobilning og‘irligiga qarab 
quyidagicha aniqlash ham mumkin:
h = 1t
G
, sm,
bu yerda: h – muzning qalinligi; G – avtomobilning to‘liq massasi, t.
Muzdan o‘tishda avtomobilning eshiklari doim ochiq bo‘lishi va 
haydovchidan boshqa odam kabinada bo‘lmasligi kerak.
Harakat bir tekis bo‘lishi, rul keskin burilishlarsiz va tormoz 
bermay, to‘xtamay davom ettirilishi kerak.
Muz darz ketsa yoki egilsa, haydovchi cho‘chib ketmasdan 
tezlik ni asta oshirib, xavfli joydan o‘tib olishi kerak. Muzdan 
avtomo billar kolonna bo‘lib o‘tishiga to‘g‘ri kelsa, ular orasidagi 
masofa 30 – 40 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Muzda to‘xtab turgan 
avtomo bilni aylanib o‘tish taqiqlanadi. Orqaga muzdan o‘tishda 
o‘tish yo‘laklari orasidagi masofa 70 – 100 m dan kam bo‘lmasligi 
kerak.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling