O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


-modda. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilo-


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Bog'liq
True

9-modda. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilo-
tining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi 
vakolatlari.
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dastur-
larini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, 
qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashda yo‘l harakati 
xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
– o‘ziga qarashli avtomobil yo‘llarida transport vositalarining 
xavfsiz harakatlanishi uchun bu yo‘llarning soz holatda saqlanishini 
ta’minlaydi;
– yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l qoplamasining holati, 
gidrometeorologik va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi zarur axborot 
bilan ta’minlaydi;
– avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solish vositalari, 
tezkor aloqa tizimi qurilishini va mazkur yo‘llarning ushbu 
vositalar va tizim bilan jihozlanishini amalga oshiradi hamda 
ularning saqlanishini ta’minlaydi;
– avtomobil yo‘llarining harakatlanish uchun xavfli uchast-
kalarini aniqlaydi va bu uchastkalarda yo‘l harakatini tashkil etishni 
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
– og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni 
tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda 
ishtirok etadi, shuningdek, yo‘l servisi obyektlarini joylashtirishga 
rozilik beradi.
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi 
mumkin. 
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati 
xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l 
harakati xavfsizligi xizmati:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;


110
– yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab 
chiqadi;
– yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati 
qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining yo‘l harakati 
xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi;
– og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni 
tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda 
ishtirok etadi;
– yo‘llarni, temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, avtomobilga 
yonilg‘i quyish shoxobchalarini, transport vositalarining 
konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalariga rozilik 
beradi;
– foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan 
nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik 
ko‘rigini o‘tkazadi;
– yo‘llarning va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining 
saqlanishi, ularning yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan 
jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar 
talablariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llardan va temir yo‘llarni kesib 
o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi;
– transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishining 
hamda yo‘l-transport hodisalarining hisobini va ro‘yxatini yuritadi;
– transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi 
guvohnomalar beradi;
– qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining vakolat doirasiga 
kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib 
chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l 
harakati xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


111

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling