O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
-modda. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilo-
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
9-modda. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilo-
tining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti: – yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dastur- larini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; – o‘ziga qarashli avtomobil yo‘llarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun bu yo‘llarning soz holatda saqlanishini ta’minlaydi; – yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l qoplamasining holati, gidrometeorologik va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi zarur axborot bilan ta’minlaydi; – avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishini va mazkur yo‘llarning ushbu vositalar va tizim bilan jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta’minlaydi; – avtomobil yo‘llarining harakatlanish uchun xavfli uchast- kalarini aniqlaydi va bu uchastkalarda yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi; – og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi, shuningdek, yo‘l servisi obyektlarini joylashtirishga rozilik beradi. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati: – yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; 110 – yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; – yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; – og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi; – yo‘llarni, temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalarini, transport vositalarining konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalariga rozilik beradi; – foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigini o‘tkazadi; – yo‘llarning va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; – yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llardan va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi; – transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishining hamda yo‘l-transport hodisalarining hisobini va ro‘yxatini yuritadi; – transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar beradi; – qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining vakolat doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling