O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Yo‘l harakati xavfsizligining «Davlat va jamiyat»


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
True

10.4. Yo‘l harakati xavfsizligining «Davlat va jamiyat» 
tomonidan nazorat qilinishi
Yo‘l harakati xavfsizligining «Davlat va jamiyat» tomonidan 
boshqaruvi va uni ta’minlash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston 
Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunida 
bayon etilgan:


107
5-modda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi 
davlat boshqaruvi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqa-
ruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus 
vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;
Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l 
harakati xavfsizligi xizmati.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama si ning 
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dastur-
larini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazo rat olib 
boradi;
– yo‘l harakati qoidalarini hamda yo‘l harakati xavfsizligini 
ta’minlash va yo‘l harakatini tashkil etish masalalariga doir boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, 
shuningdek, ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi 
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– transport vositalari va yo‘llarning texnik holatiga, yo‘llarda va 
temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarida yo‘l harakati xavfsizligiga doir 
yagona talablarni belgilaydi;
– transport vositalarining haydovchilarini (bundan buyon 
matnda haydovchilar deb yuritiladi) tayyorlashga, shuningdek, 
aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rga tishga 
doir umumiy talablarni belgilaydi;
– haydovchilarni, transport vositalarini, yo‘l harakati qoida la-
rining buzilishini, yo‘l-transport hodisalarini va boshqa ko‘rsat-
kichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi.


108
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjat-
lariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling