O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
XIII. HAYDOVCHINING AXLOQ-ODOBI
13.1. Harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchining o‘rni Harakat xavfsizligini ta’minlashda inson, shu jumladan haydov- chi alohida o‘rin egallaydi. Insonlarning bir-biridan o‘zigagina xos xususiyati, ya’ni xarakterlovchi o‘ziga xosliklarni bilishi zarur. Shaxs ko‘p qirrali sifatlarning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topa- di va u yashab turgan ijtimoiy va siyosiy jamiyat, jamoa, oila bilan bir paytda, uning qiziqishlari, tempera men ti, mijozi, o‘z kasbiga munosabati kabi omillar ta’sirida mujassamlanadi. Har bir insonni o‘zi yashab turgan jamiyatga munosabati, oilada va jamoada o‘zini tutishi, dunyoqarashi uni shu jamiyatdagi axloq- odobi bilan baholanadi. Insonning shaxs sifatida o‘ziga xos xususiyatlariga uning ehtiyoj lari, dunyoqarashi, qiziquvchanlik salohiyati, temperamenti va xarakteri kiradi. Shaxsning ehtiyoji shunday ruhiy holatki, u insonni biron-bir narsa, ya’ni kiyinish, ovqatlanish, yashash, ishdan keyin dam olish kabi ehtiyojlari bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham xalqda bir gap bor: «Ba’zilar ovqat yeyish uchun yashaydi, ba’zilar esa yashash uchun ovqat yeydi». Shaxsning dunyoqarashi – bu inson o‘zining faoliyatidagi dunyo va maslak qarashlarining mujassamlashgan shakli bo‘lib, uni odamlarga, mehnatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Har bir shaxsning dunyoqarashi hamma narsaga qiziquvchanligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra, unga ijobiy ta’sir qiluvchi holatlarga, parametrlarga va voqealarni o‘rganishga qiziqishi mumkin yoki shu bilan birga odamlarga va jamiyatga zarar keltiruvchi narsalarga qiziqishi mumkin. Shuning uchun insonning yaxshi fazilatlari ko‘proq u yashab turgan jamiyat, meh- nat qilayotgan jamoadagi ishlab chiqarish iqlimi, oilasi hamda salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 126 Insonlarning haydovchilik kasbiga salohiyati, ya’ni qobiliyatini quyidagi sifatlari bilan aniqlash mumkin: – jismonan baquvvatligi, epchilligi; – harakatlanish bo‘yicha ko‘nikmalarni oson egallashi; – sezish a’zolarining rivojlanganlik darajasi; – sensomotor reaksiyasining tezligi va aniqligi; – diqqatni belgilovchi sifatlarning yuqoriligi; – xotirasi; – o‘zini tuta bilishi va boshqalar. Haydovchilik mahoratini oshirishda insonning salohiyati katta o‘rin egallaydi. Ammo salohiyatning o‘zi haydovchilik kasbi uchun yetarli emas. Insonlar bir-biridan temperamentlari bilan ajralib turadilar. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling