O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Haydovchining shaxsiy xususiyatlari
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
13.2. Haydovchining shaxsiy xususiyatlari
Temperament shaxsning o‘ziga xosligini ifodalab, ruhiy jarayonlarning o‘tish doirasini aniqlaydi. Temperamentning to‘rtta turi mavjud: xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik. Xolerik xususiyatga ega shaxslar, ta’sirchan, his-hayajonga beriluvchan va juda faol bo‘lishlari bilan bir paytda, o‘zlarini tutib tura olmaydigan va intizomsiz ham bo‘ladilar. Belgilangan tezlikni oshiruvchi «abjir» haydovchilarning ko‘pchiligi xolerik bo‘lishadi. Sangvinik – tez va harakatchan, kayfiyati o‘zgaruvchan odam- lar. Ular ko‘proq optimist bo‘lishadi, begona odamlar bilan tezda kirishib ketishadi, ko‘pgina masalalarni tez yecha oladilar. Sangvinik shaxsdagi haydovchilar harakat murakkablashgan sharoitlarda o‘zlarini yaxshi tutadilar, ammo doimo bir xil sharoitda ishlaganlarida e’tiborlari tez susayib ketadi. Shuning uchun bunday odamlar shahar ichi yo‘nalishlarida xavfsizroq harakat qiladilar. Flegmatik – vazmin, bosiq va xotirjam odamlar toifasiga kiradi. Ular uzoq vaqt va har tomonlama o‘ylab ish qiladilar. Bunday haydovchilar uzoq yo‘nalishlarda ishlashga layoqatliroq bo‘ladilar. Melanxolik – irodasizroq, qiyinchiliklarga bardosh berishi qiyin, kam harakatchan, bir xil hayotga moslashgan shaxs. Murakkab yo‘l sharoitida o‘zini yo‘qotib qo‘yishi, yechimlarni tez qabul qila olmasligi uchun haydovchilik kasbiga layoqatsizroq bo‘ladi. 127 Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har xil vaziyatlarda turli xil temperamentli odamlar o‘zlarini turlicha tutar ekan. Yana shuni ham eslatib o‘tish kerakki, bitta turga mansub insonlar tabiatda juda kam uchraydi. Insonning temperamenti mustahkam va muqobil bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay, uni tarbiyalash, mehnat va hayotiy tajriba natijasida o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Haydovchining tajribasi va mahorati ortishi bilan bir paytning o‘zida makondagi va vaqtdagi jarayonlarni sezish va idrok etish miqdori, hodisalarni oldindan ko‘ra olish va murakkab yo‘l- transport vaziyatlarida vaqtning tig‘izligiga qaramay, to‘g‘ri yechim qabul qila olish qobiliyati ortadi. Haydovchining shaxs sifatida shakllanishida uning o‘zi yashab turgan ijtimoiy tuzumga va bo‘layotgan voqealarga munosabati juda katta ahamiyatga ega. Uni boshqa odamlarga munosabati, ularning yashash tarzi va sharoitiga hamdardlik bilan qarashi, mehnatsevarligi, javobgarlikni his qilishi, qat’iyatliligi, adolat- parvarligi undagi ijobiy xususiyatlarning mujassamlanib borishiga olib keladi. Har bir shaxs, shu jumladan, haydovchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan insonlar o‘zlariga taalluqli qonunni bilishlari va unga to‘liq amal qilishlari kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l harakati qoidalari va xavf- sizligi talablariga to‘liq amal qiluvchi haydovchilar juda kamdan kam vaqtlarda xavfli vaziyatlarga tushib qoladi. Tajribasi va mahorati oshishi bilan esa deyarli YTHni sodir etmaydi. Bunday haydovchilar odob-axloq qoidalariga to‘liq amal qiladi. Haydovchining odob-axloqi deganda yaxshi xulqli, bosh qa harakat qatnashchilariga hurmat bilan qarashi, ular biron-bir noto‘g‘ri xatti- harakat qilganlarida bosiqlik qilishi, ichki ishlar va boshqa taftish- tekshirish xodimlari, yo‘lovchi va buyurtmachilar bilan o‘zaro munosabatlarda xushfe’l va xushaxloq bo‘lishlari ham tushuniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling