O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Haydovchilik mahoratini oshirishning
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
12.3. Haydovchilik mahoratini oshirishning
psixofizologik asoslari Kasbiy mahorat – bu haydovchining yo‘l sharoitini tez va aniq baholay olishi, uni oldindan ko‘ra olishi hamda sharoitga mos ravishda avtomobilning texnik imkoniyatlaridan o‘z vaqtida va 123 to‘g‘ri foydalana olishidir. Kasbiy mahoratning ahamiyatini shundan ko‘rish mumkinki, tajribali haydovchilar yangi haydovchilarga qaraganda bir necha marta kam YTH sodir etadi. Fransuz mutaxassislarining fikricha, haydovchi o‘z faoliyati davrida 500 km masofani bosib o‘tgunicha asosan o‘z avtomobilini boshqarish bilan band bo‘lib, boshqa harakat qatnashchilariga e’tiborini yetarli darajada qarata olmaydi. 500 – 3000 km masofani bosib o‘tganda haydovchi yo‘l-transport vaziyatiga e’tibor bera boshlaydi va avtomobilni xavfsiz boshqara olishi mumkin. Bu ko‘rsatkich albatta shartli bo‘lib, u birinchi galda haydovchilarni tayyorlash sifatiga va haydovchilarning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Haydovchilarning kasbiga tayyorligi darajasi har xil yo‘l- transport vaziyatlarida avtomobilni boshqarish ko‘nikmalari orqali baholanadi. Bugungi kunda respublikamiz avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida avtomobildan foydalanish xususiyatlari (tortish va tormozlash dinamikasi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi va hokazo) bir-biridan keskin farq qiluvchi avtomobillarning ko‘payib ketishi YTH miqdorining ortishiga olib kela boshladi. Shuning uchun har xil yo‘l sharoitida xavfsiz boshqarish ko‘nikmalarini nafa- qat yosh haydovchilar, balki tajribali haydovchilar ham doim oshi- rib borishlari shart. Ko‘nikmalar doimiy bo‘lmay, balki o‘zgarish xususiyatiga ham ega. Agar haydovchi doim mashq qilib turma sa, kasbiy faoliyatida uzoq vaqt uzilishlar bo‘lsa, uning avtomo bilni boshqarish bo‘yicha egallagan ko‘nikmalari pasayib ketadi. Haydovchilarning kasbga ishonchliligini oshirishga ularning axloq-odobini mujassamlashtirish, mashqlar, idiomator va autogen mashqlar ham katta rol o‘ynaydi. Idi – grekcha so‘z bo‘lib, tushunish, tasavvur etish ma’nosini anglatadi. Idiomatorika degani esa, biron- bir harakatni xayolan bajarish degan ma’noni anglatadi. Masalan, yo‘lning qatnov qismiga to‘satdan piyoda chiqib qolganida, haydovchi bajarishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlarni his etishi kerak. Shuning uchun haydovchi har xil vaziyatlarda shart bo‘lgan xatti- harakatlarni xayolida bajarib tursa, juda yaxshi natijalar beradi. Buni avtomobil poygachilari misolida ham ko‘rish mumkin. Ular 124 musobaqa o‘tadigan yo‘l va undagi sharoit bilan avvaldan har tomon lama tanishib chiqib, musobaqa chog‘ida qanday harakat qilish zarurligini oldindan xayolan hal qilib oladilar. Haydovchilarni psixolo gik tayyorlashda autogen mashqlar ham muhim o‘rin tutadi. Autogen mashqlar yordamida inson o‘z-o‘zini ishontirishi natijasida zarur bo‘lgan psixologik holatni egallay oladi. Bu esa, o‘z navbatida, char choqni va o‘ziga ishonchsizlikni yo‘qotishda katta yordam beradi. Haydovchilarni tayyorlashda va ko‘nikmalarni mujassam lashti- rishda yuqorida sanab o‘tilgan mashqlar faqat real yo‘l sharoitlarida amalga oshirilsa, yana yuqori samara beradi. Ammo har xil yo‘l- transport vaziyatlarini real yo‘l va ko‘chalarda hosil qilib bo‘lmaydi. Murakkab kritik vaziyatlarni faqat avtomobil trenajyorlari, avtodromlarda va kompyuterlarda hosil qilish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling