O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Bog'liq
True

XIII. HAYDOVCHINING AXLOQ-ODOBI
13.1. Harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchining o‘rni
Harakat xavfsizligini ta’minlashda inson, shu jumladan haydov-
chi alohida o‘rin egallaydi. Insonlarning bir-biridan o‘zigagina xos 
xususiyati, ya’ni xarakterlovchi o‘ziga xosliklarni bilishi zarur.
Shaxs ko‘p qirrali sifatlarning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topa-
di va u yashab turgan ijtimoiy va siyosiy jamiyat, jamoa, oila bilan 
bir paytda, uning qiziqishlari, tempera men ti, mijozi, o‘z kasbiga 
munosabati kabi omillar ta’sirida mujassamlanadi.
Har bir insonni o‘zi yashab turgan jamiyatga munosabati, oilada 
va jamoada o‘zini tutishi, dunyoqarashi uni shu jamiyatdagi axloq-
odobi bilan baholanadi.
Insonning shaxs sifatida o‘ziga xos xususiyatlariga uning 
ehtiyoj lari, dunyoqarashi, qiziquvchanlik salohiyati, temperamenti 
va xarakteri kiradi.
Shaxsning ehtiyoji shunday ruhiy holatki, u insonni biron-bir 
narsa, ya’ni kiyinish, ovqatlanish, yashash, ishdan keyin dam olish 
kabi ehtiyojlari bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham xalqda bir 
gap bor: «Ba’zilar ovqat yeyish uchun yashaydi, ba’zilar esa yashash 
uchun ovqat yeydi».
Shaxsning dunyoqarashi – bu inson o‘zining faoliyatidagi dunyo 
va maslak qarashlarining mujassamlashgan shakli bo‘lib, uni 
odamlarga, mehnatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. 
Har bir shaxsning dunyoqarashi hamma narsaga qiziquvchanligi 
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra, unga ijobiy 
ta’sir qiluvchi holatlarga, parametrlarga va voqealarni o‘rganishga 
qiziqishi mumkin yoki shu bilan birga odamlarga va jamiyatga 
zarar keltiruvchi narsalarga qiziqishi mumkin. Shuning uchun 
insonning yaxshi fazilatlari ko‘proq u yashab turgan jamiyat, meh-
nat qilayotgan jamoadagi ishlab chiqarish iqlimi, oilasi hamda 
salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi.


126
Insonlarning haydovchilik kasbiga salohiyati, ya’ni qobiliyatini 
quyidagi sifatlari bilan aniqlash mumkin:
– jismonan baquvvatligi, epchilligi;
– harakatlanish bo‘yicha ko‘nikmalarni oson egallashi;
– sezish a’zolarining rivojlanganlik darajasi;
– sensomotor reaksiyasining tezligi va aniqligi;
– diqqatni belgilovchi sifatlarning yuqoriligi;
– xotirasi;
– o‘zini tuta bilishi va boshqalar.
Haydovchilik mahoratini oshirishda insonning salohiyati katta 
o‘rin egallaydi. Ammo salohiyatning o‘zi haydovchilik kasbi uchun 
yetarli emas. Insonlar bir-biridan temperamentlari bilan ajralib 
turadilar.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling