O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llari va boshqa aloqa


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
True

Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llari va boshqa aloqa
yo‘llari bilan kesishishi
Temir yo‘llarida sodir etiladigan YTHning 20 
– 
40 
% ini 
temir yo‘l kesishmalarida avtomobillar bilan to‘qnashuv tashkil 
etadi. Shu bilan bir paytda temir yo‘l kesishmalarida 25 – 30 % 
YTH poyezdlar ning ishtirokisiz sodir etiladi va ular temir yo‘l 
kesishmalariga yaqinlashganda avtomobillarning harakat tartibining 
(режим движения) o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
QMQ 2.05.02-95 ga asosan avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar 
bilan kesishishini asosan bekatlar va harakat manyovri chegarasidan 
tashqarida, ko‘pincha yo‘llarning to‘g‘ri qismlarida loyihalash kerak. 
Bir sathda kesishuvchi yo‘llar orasidagi o‘tkir burchaklar 60° dan 
kam bo‘lmasligi kerak.
I – III darajali avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan kesishi-
shini turli sathlarda loyihalash lozim. IV – V darajali avtomobil 
yo‘llarining temir yo‘llar bilan turli sath da kesishishini, harakat 
xavfsizligini ta’minlash sharoitidan kelib chiqqan holda loyihalash 
shartlari QMQ 2.05.02-95 da belgilab berilgan.
Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan bir sathda qo‘riqlan-
maydigan kesishmalarda ko‘rinishi ta’minlangan bo‘lishi kerak, 
bunda kesib o‘tish joyida to‘xtash uchun ko‘rinish masofasidan 
kam bo‘lmagan masofada turgan avtomobil haydovchisi o‘tish 
joyiga yaqinlashib kelayotgan poyezdni kamida 400 m masofadan, 
yaqinlashayotgan poyezd haydovchisi esa o‘tish joyi o‘rtasini 
kamida 1000 m masofadan ko‘ra olsin.
Avtombil yo‘llari quvurli o‘tkazgichlar (suv o‘tkazgich, gaz 
o‘tkazgich, kanalizatsiya, neft o‘tkazgich va boshqalar), aloqa va 
elektr o‘tkazgich kabellari bilan kesishganida ularni tegishli sohaga 
taalluqli me’yoriy hujjatlar talablariga asosan loyihalash lozim.
Avtomobil yo‘llari havodan o‘tgan telefon va telegraf tarmoqlari 
bilan kesishgan joyda, ularning simlaridan yo‘l qatnov qismigacha 
bo‘lgan tik masofa (yilning iliq vaqtida) kamida 5,5 m bo‘lishi kerak.
Elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishganda, simlarning baland-
ligi yo‘lning qatnov qismidan kamida quyidagicha bo‘lishi lozim:
– 6,0 m – kuchlanish 1 kV gacha bo‘lganda;
– 7,0 m – kuchlanish 110 kV gacha bo‘lganda;
– 8,0 m – kuchlanish 220 kV gacha bo‘lganda;


142
– 8,5 m – kuchlanish 330 kV gacha bo‘lganda;
– 9,5 m – kuchlanish 500 kV gacha bo‘lganda;
– 16,0 m – kuchlanish 750 kV gacha bo‘lganda.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling