O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


XV. AVTOTRANSPORT XO‘JALIKLARIDA HARAKAT


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
Bog'liq
True

XV. AVTOTRANSPORT XO‘JALIKLARIDA HARAKAT 
XAVFSIZLIGI ISHINI TASHKIL ETISH
15.1. Harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil etish bo‘yicha 
me’yoriy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin 
harakat xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy munosabatlarini 
tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi bir qancha 
qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi:
1. «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun – 2007-yil 2-oktabr. 
2. «Shahar yo‘lovchi transporti to‘g‘risida»gi Qonun 
– 
1997-yil 
25-aprel. 
3. «Avtomobil transporti to‘g‘risida» gi Qonun – 1997-yil 25-aprel. 
4. «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonun 
– 
2013-yil 
10-aprel.
Yuqorida sanab o‘tilgan qonunlarning barchasida harakat 
xavfsizligini ta’minlash masalalariga katta e’tibor berilgan bo‘lib, 
undagi «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonun alohida 
ahamiyat kasb etadi, deyish mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu Qonun 31 moddadan iborat bo‘lib, unda qonunning maqsadi, 
asosiy tushunchalari, qonun hujjatlari, davlat boshqaruvi, sohalar 
vakolatlari, transport vositalari egalarining majburiyatlari, yo‘llarga 
doir talablar, transport vositalariga qo‘yilgan talablar va boshqalarni 
o‘zida mujassamlashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 
11-dekabr dagi 472-sonli qaroriga asosan xalqaro «Yo‘l harakati haqi-
dagi» Konvensiya talablariga muvofiq keluvchi «Yo‘l harakati qoida-
lari» 2001-yil 1-martdan amalda joriy etildi. (2016-yil 1-martdan 
amaldagi qoidalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Harakat xavfsizligi bo‘yicha xalq xo‘jaligining barcha sohala-
rining ishini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahka masi 


146
qoshida «Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasi» tashkil etildi. Bu 
komissiya bugungi kunda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
juda ko‘p tadbirlarni amalga oshirib samarali faoliyat ko‘rsatyapti.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling