O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 ATX rahbarining va bo‘limlarining harakat


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
True

15.3. ATX rahbarining va bo‘limlarining harakat
xavfsizligi bo‘yicha vazifalari
ATX rahbarining harakat xavfsizligi bo‘yicha vazifalari
ATX rahbariyatining va xo‘jaligidagi bo‘limlarning asosiy 
vazifalaridan biri, bu – avtomobillarda yuk va yo‘lovchilarni tashish 
jarayonida xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.
Buning uchun ATXning barcha bo‘limlari o‘zlarining ish 
rejalariga harakat xavfsizligi bo‘yicha yechilishi lozim bo‘lgan 


149
masalalarni kiritishlari kerak. Yechilishi lozim bo‘lgan masalalar 
ATX rahbariyatini, muhandis-texnik xodimlarning, bo‘limlar 
va bo‘lim ishchi xizmatchilarining harakat xavfsizligi bo‘yicha 
funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Amaldagi qonunlarga ko‘ra, ATX harakat xavfsizligi masalala-
riga shaxsan xo‘jalik rahbari boshqaruv raisi javob beradi.
ATX rahbarining harakat xavfsizligi bo‘yicha funksional vazi-
falari:
Tasdiqlanadigan hujjatlar:
– harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 5 yillik, yillik, 
chorak yillik, oylik va kunlik ish rejalari;
– yo‘nalishlarda muhandis-texnik xodimlarning harakat xavf-
sizligini nazorat qilish grafigi;
– ATXda rahbariyat xodimlarining navbatchilik grafigi;
– harakat xavfsizligi xonasining ish rejasi.
Tashkil etadi:
– haydovchilarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini;
– haydovchilarning reys oldi va reyslar oralig‘ida tibbiy ko‘rik-
dan o‘tishini;
– yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish, ular haqidagi ma’lu-
mot va bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan tadbirlarning yuqori 
tashkilotlarga yetkazishni;
– harakat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni va ko‘rsatma-
larni o‘rganishni va hokazo.
Bevosita rahbarlik qiladi:
– harakat xavfsizligi xizmatining ishiga;
– jamoa orasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni va usullarni 
mukammallashtirishga;
– yo‘l-transport hodisalarining xizmat ekspertizasini o‘tkazishga.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling