O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Yo‘l sharoiti va harakat xavfsizligi


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Bog'liq
True

14.2. Yo‘l sharoiti va harakat xavfsizligi
Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun yilg va kunning barcha 
sharoitlarida yo‘llarning konstruktiv hamda geometrik elementlari 
QMQ va SQM talablariga to‘liq javob berishi kerak.
QMQ 2.05.02-95 ga ko‘ra, avtomobil yo‘llarining loyihaviy 
yechimlari transport vositalarining hisobiy tezlik bilan xavfsiz,
qulay harakatini, haydovchining xaziyatni baholay olish imko-
niyatini, kesishish va qo‘shilishlarning xavfsiz joylashuvini, qatnov 
qism yuzasi bilan avtomobil shinalari orasidagi aloqani ta’minlashni 
hal etishi lozim.
O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida soha qurilish SQM 23-89 va boshqa me’yorlar ishlab 
chiqilgan. Me’yor va qoidalar hamda Davlat standartlari yo‘l sharoi-
tining harakat xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotlar va 
tajribalar asosida ishlab chiqilgan.
G‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqa koeffitsiyentining tezlik
va harakat xavfsizligiga ta’siri
Avtomobil yo‘llari qanday qoplama bilan to‘shalganiga, uning 
g‘adir-budurligiga, ob-havo sharoiti va boshqa omillarga qarab 
harakat xavfsizligiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, III – V darajali avtomobil yo‘lla-
rida 40 – 50 %, undan yuqori darajada bo‘lgan avtomobil yo‘llari da 


135
60 – 70 % yo‘l-transport hodisalari ilashish koeffitsiyentining pastligi 
oqibatida sodir etilar ekan.
Ilashish koeffitsiyentiga avtomobil yo‘llarining holatidan 
tashqari, shinaning xususiyatlari, avtomobil konstruksiyasi va 
ob-havo ham ta’sir o‘tkazadi, ammo avtomobil yo‘llarining 
qoplamasi eng katta ta’sir qiluvchi omil ekan. Masalan, shinaning 
konstruksiyasi va materiali 120 – 200 % ta’sir etsa, yo‘l qoplamining 
quruq yoki ho‘l bo‘lishiga qarab 150 – 500 % gacha ta’sir etadi.
Yo‘l qoplamasini g‘adir-budurligi, qoplama tarkibidagi mate-
riallarning o‘lchamlari va g‘adir-budurlik burchaklari shinalar-
ning yemirilishiga hamda g‘ildiraklarning aylanishidan vujudga 
keladigan transport shovqiniga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyentini ko‘pincha 
adabiyotlarda «φ» harfi bilan belgilash qabul qilingan.
Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari 
fanida φ uch turga ajratiladi:
φ – sirpanmasdan va shataklanmasdan harakatlanishdagi 
ishqa lanish koeffitsiyenti; φ
1 
– sirpanishdagi va shataksirashdagi 
(bo‘y lama yo‘nalishdagi) ilashish koeffitsiyenti; φ
2
– yonlama 
sirpanishdagi (ko‘ndalang yo‘nalishdagi) ilashish koeffitsiyenti.
Agar φ ning qiymati ma’lum bo‘lsa, φ
1 
va φ
2
larni quyidagicha 
aniqlash mumkin:
1) φ
1
= (0.7 
1
/

0.8)φ; 2) φ
2

ϕ
ϕ
2
1
2

yoki φ
2
= (0.85
1
/

0.9) φ
1
.
φ ning qiymatiga qarab harakatlanish sharoiti quyidagi turlarga 
ajratiladi (10-jadval):
10-jadval
Qoplama holati
Harakatlanish sharoiti
φ ning 60 km/s. tezlikdagi qiymati
quruq, toza
juda qulay
0,7
quruq, toza
me’yorida
0,5
ho‘l, iflos
noqulay
0,3
muzlagan
juda noqulay
0,1 – 0,2
Transport vositalari tezligining ortishi shinalar bilan yo‘l 
qoplamasi orasidagi ilashish yuzasiga va unga tushayotgan og‘irlik 
kuchiga ham ta’sir etadi. 11-jadvalda yo‘l qoplamasining turiga va 
transport vositalarining tezligiga qarab ilashish koeffitsiyentining 
o‘zgarishi keltirilgan.
11-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tezlik ortgani sari ilash-
ish koeffitsiyentining qiymati kamayib borar ekan. Ilashish 


136
koeffi t siyentining kamayishi tormoz yo‘lining ortishiga olib ke-
ladi. Demak, haydovchi harakatlanish tezligini tanlayotgan-
da xavf siz lik oralig‘ini saqlashi uchun ilashish koef fitsiyenti 
kichik bo‘lgan yo‘l sharoitida tezlikni kamaytirishi kerak. 
Lekin kuz va bahor paytlarida 70 %, yoz kunlarida esa 30 % ga-
cha YTH ilashish koeffitsiyentining yetishmasligi oqibatida so-
dir bo‘lishi ga qaramay, haydovchilar tezlikni tanlashda xatoga yo‘l 
qo‘yar ekan. AQSHda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l 
qoplamasi ning ho‘l bo‘lishi tezlikning 3 – 5 km/s ga va muzlash esa 
20 km/s ga kamayishiga olib kelar ekan.
11-jadval
Qoplama turi
Tezlik, km/s
10
20
30
40
50
60
70
80 90 100
Ho‘l qoplamadagi ilashish koeffitsiyenti
Sement-beton
0,60 0,56 0,54 0,50 0,46 0,42 0,41 0,40 0,38 0,36
Asfalt-beton
0,58 0,53 0,48 0,44 0,40 0,37 0,33 0,30 0,30 0,29
Qora-chaqiq tosh
0,54 0,44 0,37 0,33 0,30 0,29 0,27 0,25 0,24 0,23
G‘adir-budur qora-chaqiq tosh 0,60 0,59 0,58 0,56 0,54 0,52 0,50 0,48 0,46 0,44
Haydovchilar uchun turli xil yo‘l sharoitlarida xavfsiz tezlikni 
tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilayotganida va yo‘l larning 
ilashish koeffitsiyenti kichik bo‘lgan joylarni aniqlash uchun ular 
haqida ma’lumotlar zarur bo‘ladi.
Ilashish koeffitsiyentining qiymatlarini aniqlash uchun xilma-xil 
usul va asboblardan foydalanish mumkin.
Bugungi kunda ilashish koeffitsiyentining qiymatlarini aniqlash 
uchun Moskva avtomobil-yo‘llar instituti (texnika universiteti) 
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan rotatsion tur dagi kichik hajmli 
asbob – dinometrli tirkamalardan tashqari bugungi zamon texnika 
taraqqiyotiga asoslangan aniqlik darajasi eng yuqori bo‘lgan 
elektron asboblar mavjud.
Ammo ATX sharoitida bunday asboblar bo‘lmaganligi uchun 
xo‘jalikning harakat xavfsizligi xizmati xodimlari ilashish koeffi-
tsiyen tini aniqlashning eng oddiy bo‘lgan usullarini bilishlari shart.
Bunday usullardan biri ilashish koeffitsiyentini «Desselograf» 
asbobi yordamida aniqlashdir. Buning uchun «Desselograf» 
avtomobilining biron-bir joyiga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi 
(ko‘pin 
cha peshoynaga). Avtomobil ma’lum bir tezlikkacha 
tezlashtirilib, so‘ng tormoz tepkisini keskin bosib (shoshilinch 
tormoz berish) to‘xtatiladi. Desselografdan avtomobilning tormoz-


137
lash davridagi sekinlashishi (j) aniqlanadi. Ilashish koeffitsiyenti-
ning qiymatini quyidagi formula yordamida topiladi:
ϕ
ϕ
2
1
2

;
bu yerda: g = 9.81 m/s
2
– erkin tushish tezlanishi.
Agar desselograf asbobi bo‘lmasa, tajribalar aynan oldingi 
usuldagidek qaytariladi. Lekin ikkinchi usulda tormoz yo‘lining 
uzunligi aniqlanadi. Tajribalar bir necha marta qaytarilib, tormoz 
yo‘lining (S
T
) o‘rtacha qiymati topiladi. Ilashish koeffitsiyentining 
qiymati esa quyidagicha topiladi:
ϕ=
V
S
T
2
254
;
bu yerda: V – avtomobilning tormozlash vaqtidagi tezligi, km/s.
Ilashish koeffitsiyentining haqiqiy qiymatlarini aniqlash xavfsiz 
tezlikni va yo‘lning ilashish koeffitsiyentining past bo‘lgan joylarini 
aniqlashdan tashqari, YTH bo‘yicha sud yoki xizmat ekspertizasini 
o‘tkazish davrida asosiy ma’lumotlardan biri hisoblanadi.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling