O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Yo‘l sharoiti va harakat xavfsizligi
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqa koeffitsiyentining tezlik va harakat xavfsizligiga ta’siri
14.2. Yo‘l sharoiti va harakat xavfsizligi
Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun yilg va kunning barcha sharoitlarida yo‘llarning konstruktiv hamda geometrik elementlari QMQ va SQM talablariga to‘liq javob berishi kerak. QMQ 2.05.02-95 ga ko‘ra, avtomobil yo‘llarining loyihaviy yechimlari transport vositalarining hisobiy tezlik bilan xavfsiz, qulay harakatini, haydovchining xaziyatni baholay olish imko- niyatini, kesishish va qo‘shilishlarning xavfsiz joylashuvini, qatnov qism yuzasi bilan avtomobil shinalari orasidagi aloqani ta’minlashni hal etishi lozim. O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida soha qurilish SQM 23-89 va boshqa me’yorlar ishlab chiqilgan. Me’yor va qoidalar hamda Davlat standartlari yo‘l sharoi- tining harakat xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotlar va tajribalar asosida ishlab chiqilgan. G‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqa koeffitsiyentining tezlik va harakat xavfsizligiga ta’siri Avtomobil yo‘llari qanday qoplama bilan to‘shalganiga, uning g‘adir-budurligiga, ob-havo sharoiti va boshqa omillarga qarab harakat xavfsizligiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, III – V darajali avtomobil yo‘lla- rida 40 – 50 %, undan yuqori darajada bo‘lgan avtomobil yo‘llari da 135 60 – 70 % yo‘l-transport hodisalari ilashish koeffitsiyentining pastligi oqibatida sodir etilar ekan. Ilashish koeffitsiyentiga avtomobil yo‘llarining holatidan tashqari, shinaning xususiyatlari, avtomobil konstruksiyasi va ob-havo ham ta’sir o‘tkazadi, ammo avtomobil yo‘llarining qoplamasi eng katta ta’sir qiluvchi omil ekan. Masalan, shinaning konstruksiyasi va materiali 120 – 200 % ta’sir etsa, yo‘l qoplamining quruq yoki ho‘l bo‘lishiga qarab 150 – 500 % gacha ta’sir etadi. Yo‘l qoplamasini g‘adir-budurligi, qoplama tarkibidagi mate- riallarning o‘lchamlari va g‘adir-budurlik burchaklari shinalar- ning yemirilishiga hamda g‘ildiraklarning aylanishidan vujudga keladigan transport shovqiniga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. G‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyentini ko‘pincha adabiyotlarda «φ» harfi bilan belgilash qabul qilingan. Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari fanida φ uch turga ajratiladi: φ – sirpanmasdan va shataklanmasdan harakatlanishdagi ishqa lanish koeffitsiyenti; φ 1 – sirpanishdagi va shataksirashdagi (bo‘y lama yo‘nalishdagi) ilashish koeffitsiyenti; φ 2 – yonlama sirpanishdagi (ko‘ndalang yo‘nalishdagi) ilashish koeffitsiyenti. Agar φ ning qiymati ma’lum bo‘lsa, φ 1 va φ 2 larni quyidagicha aniqlash mumkin: 1) φ 1 = (0.7 1 / 4 0.8)φ; 2) φ 2 = ϕ ϕ 2 1 2 − yoki φ 2 = (0.85 1 / 4 0.9) φ 1 . φ ning qiymatiga qarab harakatlanish sharoiti quyidagi turlarga ajratiladi (10-jadval): 10-jadval Qoplama holati Harakatlanish sharoiti φ ning 60 km/s. tezlikdagi qiymati quruq, toza juda qulay 0,7 quruq, toza me’yorida 0,5 ho‘l, iflos noqulay 0,3 muzlagan juda noqulay 0,1 – 0,2 Transport vositalari tezligining ortishi shinalar bilan yo‘l qoplamasi orasidagi ilashish yuzasiga va unga tushayotgan og‘irlik kuchiga ham ta’sir etadi. 11-jadvalda yo‘l qoplamasining turiga va transport vositalarining tezligiga qarab ilashish koeffitsiyentining o‘zgarishi keltirilgan. 11-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tezlik ortgani sari ilash- ish koeffitsiyentining qiymati kamayib borar ekan. Ilashish 136 koeffi t siyentining kamayishi tormoz yo‘lining ortishiga olib ke- ladi. Demak, haydovchi harakatlanish tezligini tanlayotgan- da xavf siz lik oralig‘ini saqlashi uchun ilashish koef fitsiyenti kichik bo‘lgan yo‘l sharoitida tezlikni kamaytirishi kerak. Lekin kuz va bahor paytlarida 70 %, yoz kunlarida esa 30 % ga- cha YTH ilashish koeffitsiyentining yetishmasligi oqibatida so- dir bo‘lishi ga qaramay, haydovchilar tezlikni tanlashda xatoga yo‘l qo‘yar ekan. AQSHda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l qoplamasi ning ho‘l bo‘lishi tezlikning 3 – 5 km/s ga va muzlash esa 20 km/s ga kamayishiga olib kelar ekan. 11-jadval Qoplama turi Tezlik, km/s 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 Ho‘l qoplamadagi ilashish koeffitsiyenti Sement-beton 0,60 0,56 0,54 0,50 0,46 0,42 0,41 0,40 0,38 0,36 Asfalt-beton 0,58 0,53 0,48 0,44 0,40 0,37 0,33 0,30 0,30 0,29 Qora-chaqiq tosh 0,54 0,44 0,37 0,33 0,30 0,29 0,27 0,25 0,24 0,23 G‘adir-budur qora-chaqiq tosh 0,60 0,59 0,58 0,56 0,54 0,52 0,50 0,48 0,46 0,44 Haydovchilar uchun turli xil yo‘l sharoitlarida xavfsiz tezlikni tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilayotganida va yo‘l larning ilashish koeffitsiyenti kichik bo‘lgan joylarni aniqlash uchun ular haqida ma’lumotlar zarur bo‘ladi. Ilashish koeffitsiyentining qiymatlarini aniqlash uchun xilma-xil usul va asboblardan foydalanish mumkin. Bugungi kunda ilashish koeffitsiyentining qiymatlarini aniqlash uchun Moskva avtomobil-yo‘llar instituti (texnika universiteti) olimlari tomonidan ishlab chiqilgan rotatsion tur dagi kichik hajmli asbob – dinometrli tirkamalardan tashqari bugungi zamon texnika taraqqiyotiga asoslangan aniqlik darajasi eng yuqori bo‘lgan elektron asboblar mavjud. Ammo ATX sharoitida bunday asboblar bo‘lmaganligi uchun xo‘jalikning harakat xavfsizligi xizmati xodimlari ilashish koeffi- tsiyen tini aniqlashning eng oddiy bo‘lgan usullarini bilishlari shart. Bunday usullardan biri ilashish koeffitsiyentini «Desselograf» asbobi yordamida aniqlashdir. Buning uchun «Desselograf» avtomobilining biron-bir joyiga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi (ko‘pin cha peshoynaga). Avtomobil ma’lum bir tezlikkacha tezlashtirilib, so‘ng tormoz tepkisini keskin bosib (shoshilinch tormoz berish) to‘xtatiladi. Desselografdan avtomobilning tormoz- 137 lash davridagi sekinlashishi (j) aniqlanadi. Ilashish koeffitsiyenti- ning qiymatini quyidagi formula yordamida topiladi: ϕ ϕ 2 1 2 − ; bu yerda: g = 9.81 m/s 2 – erkin tushish tezlanishi. Agar desselograf asbobi bo‘lmasa, tajribalar aynan oldingi usuldagidek qaytariladi. Lekin ikkinchi usulda tormoz yo‘lining uzunligi aniqlanadi. Tajribalar bir necha marta qaytarilib, tormoz yo‘lining (S T ) o‘rtacha qiymati topiladi. Ilashish koeffitsiyentining qiymati esa quyidagicha topiladi: ϕ= V S T 2 254 ; bu yerda: V – avtomobilning tormozlash vaqtidagi tezligi, km/s. Ilashish koeffitsiyentining haqiqiy qiymatlarini aniqlash xavfsiz tezlikni va yo‘lning ilashish koeffitsiyentining past bo‘lgan joylarini aniqlashdan tashqari, YTH bo‘yicha sud yoki xizmat ekspertizasini o‘tkazish davrida asosiy ma’lumotlardan biri hisoblanadi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling