O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Ko‘rinish masofasining harakat xavfsizligiga ta’siri
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘llarning kesishishi, qo‘shilishi va ularning harakat xavfsizligiga ta’siri
Ko‘rinish masofasining harakat xavfsizligiga ta’siri
Ko‘rinish masofasi harakat xavfsizligiga va tezligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri sanaladi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, eng ko‘p YTH reja dagi va bo‘ylama kesimdagi egriliklarda quvib o‘tish manyovri jarayo- nida sodir etilar ekan. Tahlillardan yana shu narsa aniqlangan ki, ko‘rinish masofasi kichik bo‘lgan yo‘l qismlarining qaytarilish soni, ya’ni yo‘lning ma’lum bir qismida qancha ko‘p ko‘rish masofasi cheklangan joylar qaytarilsa, shuncha kam YTH sodir etilar ekan. Ko‘rinish masofasi cheklangan joylar harakat tezligiga ham ta’sir etadi. Bunday joylarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida haydovchi tezlikni kamaytiradi, natijada transport oqimining tezligi ham kamayadi. Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, rejadagi ko‘rish masofasi- dan ko‘ra, bo‘ylama kesimdagi ko‘rish masofasi ko‘proq YTH sodir bo‘lishiga ta’sir etar ekan. QMQ 2.05.02-95 ga ko‘ra, hisobiy tezlikdan kelib chiqqan holda, ko‘rish masofalari 12-jadvalda keltirilgan me’yor talablariga javob berishi kerak. 12-jadval Hisobiy tezlik Eng kichik ko‘rish masofasi, m to‘xtash uchun qarama-qarshi avtomobil 150 300 – 120 250 450 100 200 350 80 150 250 60 85 170 50 75 130 40 55 110 30 45 90 139 Yo‘llarning kesishishi, qo‘shilishi va ularning harakat xavfsizligiga ta’siri Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, 27 % gacha YTH yo‘llarning kesishish va qo‘shilish joylarida sodir etilar ekan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘llar- ning kesishish va qo‘shilish joylarida 10 % dan 40 % gacha YTH sodir etilar ekan. Avtomobil yo‘llari bir-biri bilan bir sathda yoki bir necha sathda kesishishi yoki qo‘shilishi mumkin. Asosiy yo‘ldagi harakat jadalligi, avt/kun < 1600 1600 – 3500 3500 – 5000 5000 – 7000 Hodisalarning nisbiy miqdori 1,0 1,7 2,5 3,2 Bir sathda yo‘llarning kesishishing yoki qo‘shilishi yo‘l harakati qoidalarida «Chorraha» deb ataladi. Yo‘llarning kesishish va qo‘shilish joylarida transport oqimining harakat tartibi (режим движения) boshqa haydovchilarning xatti- hara katlari noma’lum bo‘lgani uchun to‘g‘ri yo‘nalishda harakatla- nayotgan avtomobillar uchun ham o‘zgaradi. Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, agar asosiy yo‘lda harakatla- nayotgan transport vositalari soni ikkinchi darajali yo‘ldagi dan ancha katta bo‘lsa, YTH ham shuncha ko‘p sodir etilishi mumkin: YTHning ortib borishini harakat jadalligining ortishi, kesishish va qo‘shilishlarning noto‘g‘ri joylashuvi va jihozlanishi, haydovchi- larning intizomsizligi bilan ham tushuntirish mumkin. Bir sathda kesishgan yo‘llarda chorrahaga yaqinlashib kelayot- gan avtomobillarning ko‘rinish masofasi harakat xavfsizli giga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun chorrahalarda asosiy va ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan avtomobillar uchun zarur ko‘rinish masofasi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Chorrahadagi jami harakat jadalligi, avt/kun 100 3000 5000 Eng kichik ko‘rish masofasi, m: asosiy yo‘lda, L as ikkinchi darajali yo‘lda, L ik 140 75 150 75 175 100 Chorrahalarda harakat xavfsizligini ta’minlashda eng yuqori samara beradi gan usullardan biri, bu – yo‘naltiruvchi yo‘l chiziqlari va qurilmalardan foydalanish, aylanma harakatni hamda har xil sathlarda yo‘llarning kesishishi va qo‘shilishini tashkil etish hisob- 140 lanadi. Angliya transport va yo‘l tadqiqot laboratoriyasining tadqiqotla riga ko‘ra, aylanma harakat tashkil etilganda ichki halqa- ning diametri 30 m qilib olinsa, YTHning soni 70 % gacha kamayar ekan. QMQ 2.05.02-95 ga asosan yo‘llarning bir sathda kesishishi yoki qo‘shi lishini to‘g‘ri to‘rtburchak yoki unga yaqin burchak ostida bajarish tavsiya etiladi. Bir sathda kesishayotgan va qo‘shilayotgan yo‘llarning tutashma- laridagi egrilikning eng kichik radiusi, kesishish va qo‘shilish burchagiga bog‘lanmagan holda, yo‘l darajasiga qarab quyidagicha qabul qilinadi: I – II darajali yo‘llardan tushishda kamida – 25 m, III dara jali yo‘llardan tushishda – 20 m va IV – V darajali yo‘llardan tushishda – 15. Avtopoyezdlarning (oqim tarkibida 25 % dan ortiq bo‘lsa) muntazam harakat hisoblangan tushish yo‘llarida egrilik radiu sini 30 m ga oshirish kerak. Avtomobil yo‘llarining turli sathda kesishishi va qo‘shilishini (transport harakati yechimida) asosan quyidagi holatlarda qabul qilish zarur (QMQ 2.05.02-95): I a darajali yo‘llarda – barcha darajali yo‘llar bilan; I b va II a darajali yo‘llarda; II a va III a darajali yo‘llar bilan; III a darajali yo‘llarning o‘zaro kesishish joylarida kelajakdagi jami harakat miqdori (ikkala kesishuvchi yoki qo‘shiluvchi yo‘llarda) 8000 keltirilgan avt/sut. dan oshsa. Dala yo‘llari va chorva haydab o‘tiladigan yo‘llar I – III darajali yo‘llar bilan kesishishganda, yaqin joylashgan sun’iy inshootlar tagiga burib, ularni mos ravishda jihozlash kerak. Yo‘lning 2 km dan ortiq uzunlikdagi qismida, bunday inshootlar bo‘lmagan taqdirda, zarurat tug‘ilganda, ularni ko‘rishni ko‘zda tutish lozim. Turli sathlardagi kesishish va qo‘shilishlardagi chapga buri- lib tushish yo‘llarining butun uzunligida qatnov kengligini 5,5 m, o‘ngga burilib, tushish yo‘llarida esa egrida qo‘shimcha kengaytirishsiz 5,0 m. qabul qilish lozim. Burilishda ichki tomondagi yo‘l chetining kengligi kamida – 1,5 m, tashqi tomondagisi – 3,0 m bo‘lishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling