O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
Bog'liq
True

bo‘yicha vazifalari
Avtomobillarda tashishni va haydovchilarning ishini ATXda 
tashkil etish tasarruf xizmatining bevosita funksional vazifasiga 
kiradi.
Tasarruf xizmatining harakat xavfsizligi bo‘yicha eng asosiy 
vazifasi haydovchilar uchun qulay ish sharoitini yaratib berish 
va dam olishni tashkil etishdan iborat. Tasarruf xizmati bo‘limi 
tashishni tashkil etishda yo‘l sharoitini hisobga olgan holda 


151
harakatlanuvchi tarkibning harakat grafigini ishlab chiqish va 
shunga o‘xshagan ko‘pgina masalalarni yechishi kerak bo‘ladi.
Tasarruf xizmatining harakat xavfsizligi bo‘yicha eng asosiy 
funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
– haydovchilar ishlaydigan yo‘llarning sharoitini, shu jumladan, 
avtobus bekatlarini va yuk ortish-tushirish joylarining holatini 
ko‘zdan kechirish;
– haydovchilar tomonidan yo‘l sharoitidagi va harakatni tashkil 
etishdagi kamchiliklarning hisobini olib borish va ular haqida ATX 
rahbariyatini o‘z vaqtida ogohlantirish;
– haydovchilarning ish soatlari hisobini olib borish va ortiqcha 
soat ishlab Mehnat kodeksi buzilishining oldini olish;
– haydovchilarning ishlashi, dam olishini va joyini tashkil etish;
– yo‘l varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishini, ularni qabul qilish 
chog‘ida yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan biron-bir belgi 
qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligini tekshirish;
– xavfli uchastkalar ko‘rsatilgan yo‘nalish pasportini tuzish;
– yo‘nalishlarda harakat tezliklarini me’yorlash;
– har bir yo‘nalish uchun avtobuslar sonini yo‘lovchilar oqimi va 
uning o‘zgarishini hisobga olgan holda aniqlash;
– katta o‘lchamli va xavfli yuklarni yo‘l harakati qoidalari 
va ularni tashish uchun ishlab chiqilgan me’yoriy hujjat talablari 
asosida tashishni tashkil etish;
– transport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanishning 
oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish;
– yangi ishga qabul qilingan haydovchilarning amaliyot o‘tashini 
tashkil etish;
– 
xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan transport vositalarida 
haydovchilarning qaysi joyda o‘rin almashtirishlarini belgilash;
Bu vazifalardan tashqari, tasarruf xizmati yo‘lovchilarni tashish 
bo‘yicha xo‘jalikda bir yilda ikki marta (bahorda va kuzda) barcha 
yo‘nalishlardagi yo‘l sharoitini tekshirib chiqadi. Agar yangi 
yo‘nalish ochiladigan bo‘lsa, bu yo‘nalishlarda ham avval yo‘l 
sharoitini tekshirib chiqiladi.


152

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling