O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


ATX kadrlar bo‘limining harakat xavfsizligi bo‘yicha vazifalari


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
Bog'liq
True

ATX kadrlar bo‘limining harakat xavfsizligi bo‘yicha vazifalari
– haydovchi va ta’mirlovchilarning malakasini oshirish grafigini 
tuzadi va rejalashtiradi;
– attestatsiya komissiyalarining ishida qatnashadi;
– 
harakat xavfsizligi xizmati bilan birgalikda yo‘riqchi 
(instruktor) va murabbiy haydovchilarni tanlaydi;
– kadrlar bilan ishlashni tahlil qilib boradi va uni yaxshilash 
tadbirlarini ishlab chiqadi;
– mehnat va transport intizomini yaxshilashda faol ishtirok etadi;
– kadrlarning ishdan bo‘shab ketish sabablarini o‘rganadi va 
bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
– haydovchilarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini ta’min-
laydi va hokazo.
ATXda harakat xavfsizligi xizmatining ishini tashkil etish
Harakat xavfsizligi xizmati bo‘limining xodimlari bevosita ATX 
direktorining rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatadi.
Harakat xavfsizligi xizmatining eng asosiy vazifasi, harakat 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlar talabla-
rini, ATXning va yuqori tashkilotlar rahbariyatining buyruq va 
ko‘rsat 
malarini, xo‘jalikning barcha bo‘limlari tomonidan qanday 
bajarilayotganini nazorat qilib borish va ularga uslubiy yordam berishdir.
«ATXda harakat xavfsizligi xizmatining ishini tashkil etish» 
Nizomiga ko‘ra, harakat xavfsizligi xizmati xodimlarining 
funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
– 
ATXning barcha bo‘limlari bilan birgalikda harakat 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha besh yillik, chorak yillik va oylik 
ish rejalarini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish;
– yo‘l-transport hodisalari sodir etilishining va yo‘l harakati 
qoidalari buzilishining hisobini olib borish, ularning kelib chiqish 
sabablarini aniqlash, ular to‘g‘risida yuqori tashkilotlar uchun 
hisobot tayyorlash;
– yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishni va yo‘l harakat 
qoidalarining buzilishini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni 
ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
– ATX bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 
buyruq loyihalarini ishlab chiqish;


153
– juda og‘ir oqibatlar bilan tugagan (ATX haydovchilari ishtirok 
etmagan bo‘lsa ham) yo‘l-transport hodisalari haqida ATXning 
barcha jamoasi e’tiboriga yetkazish;
– yo‘l-transport hodisalarining xizmat ekspertizasini o‘tkazishda 
qatnashish;
– ATX jamoasi orasida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari 
va yo‘l harakati qoidalarining haydovchilar tomonidan buzilishini 
muhokama qilishni tashkil etish;
– haydovchilarning reys oldi va reysdan keyin tibbiy ko‘rikdan 
o‘tishlarini nazorat qilish;
– 
tasarruf xizmati bo‘limi haydovchilariga yo‘riqnoma 
berishlarini nazorat qilish;
– yo‘riqchi va murabbiy haydovchilarning ishini nazorat qilish;
– ATX xodimlarining yo‘l harakat qoidalari bo‘yicha mash-
g‘ulot larini tashkil etish;
– harakat xavfsizligi xonasini jihozlash va ishini tashkil etish;
– 
haydovchilarning yo‘lda ishlashini va harakatlanuvchi 
tarkibdan foydalanishini nazorat qilish;
– haydovchilarning malakasini oshirish bo‘yicha attestatsiya 
komissiyasining ishida ishtirok etish;
– yo‘nalishlardagi yo‘llarni tekshirish komissiyalarining ishida 
qatnashish;
– avariyasiz ishlaydigan haydovchilarning ish tajribasini targ‘i-
bot qilish va boshqalar.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling