O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Harakat xavfsizligi xonasini jihozlash


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
True

Harakat xavfsizligi xonasini jihozlash
va uning ishini tashkil etish
Harakat xavfsizligi xizmati xodimlari o‘zlariga yuklangan 
vazifalarning asosiy qismini harakat xavfsizligi xonasida bajaradi.
«Avtotransportda harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil 
etish» nizomiga ko‘ra, xo‘jalik hisobida 50 nafardan ko‘p haydov-
chilar uchun xo‘jaliklarda harakat xavfsizligi xonasi bo‘lishi kerak.
Harakat xavfsizligi xonasining ishiga, uning jihozlanishiga 
va jihozlarning holatiga bevosita harakat xavfsizligi xizmati 
bo‘limining rahbari javob beradi.
Harakat xavfsizligi xonasining o‘lchamlari pastdagi jadvalga 
muvofiq aniqlanishi kerak.


154
16-jadval
T/r Xo‘jalikdagi haydovchilar soni, nafar O‘rindiqlar soni, dona Xonaning yuzasim
2
1.
51 – 150
10 – 15
25 – 38
2.
151 – 300
15 – 20
3850
3.
301 – 500
20 – 25
50 – 62
4.
501 – 600
25 – 30
62 – 75
Harakat xavfsizligi xonasi ATXning harakat xavfsizligini 
ta’min lash bo‘yicha metodik markaz vazifasini o‘tashi kerak va 
quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak:
– harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fan va texnikaning 
yangiliklarini hamda tajribalarni teng targ‘ibot qilish;
– haydovchilar (harakat xavfsizligi bo‘yicha) bilimini va mala_
kasini oshirish;
– xo‘jalik xodimlariga harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
yo‘riqnomalar berish va hokazo.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun harakat xavf sizligi 
xonasi quyidagi jihozlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
– harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi;
– harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish rejasi;
– yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;
– avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;
– ATXning transport vositalari qatnaydigan yo‘llarning xavfli 
joylari, yo‘nalishlarning sxemalari va boshqalar;
– sinf taxtasi (magnitli);
– kinofilmlarni ko‘rsatish uchun apparat;
– fotoapparat va videokamera;
– televizor;
– videomagnitofon;
– stol va stullar;
– shkaf;
– shaxsiy kompyuter va hokazo.
Xonaning devori harakat xavfsizligiga taalluqli materiallar, yo‘l-
transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi 
statistik materiallar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
ATX jamoasi orasida olib boriladigan o‘quv-uslubiy ishlarning 
samarasini yanada oshirish uchun xona quyidagi ko‘rgazmalar bilan 
jihozlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:


155
– haydovchining ruhiy fiziologik holatiga qo‘yiladigan talablar;
– foydalanishdagi transport vositalarining konstruktiv xususiyatlari;
– yo‘l sharoiti va unga qo‘yilgan talablar;
– haydovchining ish va dam olish tartibi va uning harakat 
xavfsizligiga ta’siri;
– harakat xavfsizligi bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar;
– ma’lumotnomalar.
Harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi unda bajarilishi lozim 
bo‘lgan vazifalardan kelib chiqadi:
– avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar;
– haydovchilarga va xo‘jalikning boshqa xodimlariga maslahat-
lar berish;
– haydovchilarning bilimini tekshirish;
– avtomobilni tejamli boshqarishni o‘rgatish.
ATX bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlashning holatini 
tahlil qilish va baholash, ularni bartaraf etishga qaratilgan 
tadbirlarni hamda xo‘jalikdagi xodimlar (muhandis-texnik, ishchi-
xizmatchilar, haydovchilar va ta’mirlovchilar) bilan o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlarni rejalashtirish uchun xo‘jalik haydovchilari tomoni-
dan sodir etilgan barcha yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati 
qoidalari buzilishining hisobini olib borish uchun maxsus daftar lar 
tuziladi.
Bu daftarlardan tashqari, harakat xavfsizligi xizmati xodimlari 
tutishlari kerak bo‘lgan daftarlar yuqori tashkilot rahba riyatining 
buyruqlarida keltirilgan bo‘ladi.
Harakat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalaridan yana biri, 
bu – haydovchilar bilan ishlash.
Haydovchilar bilan ishlash quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi 
mumkin:
– 
harakat xavfsizligi bo‘yicha haydovchilarga yo‘riqnomalar 
berish;
– yangi ishga qabul qilingan haydovchilarning amaliyotda sinov-
dan o‘tishini tashkil etish;
– haydovchilarning ishini yo‘nalishlarda nazorat qilish;
– haydovchilarning malakasini oshirish va transport intizomini 
yaxshilash ishlarini tashkil etish va boshqalar.


156

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling