Tadbiqlar. Matematik tushunchalar. Kinematika va dinamika (jumladan, erkin tushish, tezlanish bilan harakat, to‘qnashishlar, garmonik tebranishlar)Funksiya, vektor, trigonometriya, koordinatalar, hosila, integralMaqbullashtirish masalalari (jumladan, kuchning maksimumi, yuzning minimumi)Tengsizlik, chiziqli tenglamalar sistemalari, matematik tahlilElektr toki. Kompleks sonlar, hosila, integral. Aholining o‘sishi, radioaktiv emirilish, moddaning issishi va sovushiKo‘rsatkichli funksiyaIqtisodiy matematika (jumladan, bank ishi, sug‘urta). Ketma-ketliklar va qatorlar, tasodifiy miqdorlar. Savdo-sotiq matematikasi (jumladan, iste’molchilar, tovarlar). Tasodifiy miqdorlar. Tibbiyot tadqiqotlar. Tasodifiy miqdorlar. Asosiy tushuncha va faktlarni o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtirilishiga yordam beruvchi qiziqarli misollar keltirish lozim.
Shuni ta’kidlashimiz lozimki, o‘quv materialni bayon etishda tayanch tushunchalarni etarli darajada aniq va sodda tarzda berish maqsadga muvofiqdir. Albatta bunda o‘qituvchi asosiy g‘oyalar va natijalarni ma’lum darajada erkin berishga majburdir. Barcha teoremalarning va faktlar isbotini bermasdan, ularning isbotidagi mantiqiy va kognitiv tomonlariga e’tiborni kuchaytirish tavsiya etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |