O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini


Download 2.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/18
Sana20.07.2017
Hajmi2.06 Kb.
#11706
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Prokuratura 
organlari tizimi

220
publikasi Prezidenti tomonidan besh yil muddatga
tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Oliy Majlis oldida hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining bi 
-
rinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Respublika Pre 
-
zidenti tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod eti-
ladi, keyin Oliy Majlis tasdig‘idan o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori O‘zbe 
-
kiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan
holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimi 
-
yatining oliy organi tomonidan besh yil muddatga
tayinlanadi va ular oldida hisobdordir. Viloyat
prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda
ularga tenglashtirilgan prokurorlar O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil mud-
datga tayinlanadilar, unga bo‘ysunadilar va uning
oldida hisobdordirlar.
Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtiril-
gan prokurorlar (harbiy qo‘shin prokurori, harbiy gar-
nizonlar, transport prokurorlari va ixtisoslashtirilgan
prokuraturalar ning prokurorlari) O‘zbekiston Res 
-
publikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil muddat-
ga tayinlanadilar, o‘zidan yuqori pog‘onadagi proku -
rorlar va O‘zbekiston Res publikasi Bosh prokuroriga
bo‘ysunadilar hamda ular oldida hisobdordirlar. Quyi
prokurorlarning bevosita O‘zbe 
kiston Respublikasi
Bosh prokurori tomonidan tayinlanishi ularning
mahalliy ta’sirlardan mustaqilligining muhim kafolat-
laridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbe 
-
kiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Respublika prokuraturasida Bosh prokuror, uning bi -
rinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi proku 
rori, O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining harbiy prokurori, prokuratura
idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tar -
tibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.

221
O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh
boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ular-
da katta prokurorlar va prokurorlar bo‘ladi.
Prokuror nazorati — bu O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlarning
O‘zbe kiston Respublikasi hududida barcha vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati organlari,
hokimlar, kimga bo‘ysunishidan, kimning tasarrufida
bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar,
boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, mansab-
dor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan
qonunlarning aniq va bir xilda baja rilishini ta’minlash,
har qanday qonun buzilishi, uning sabablari va shart-
sharoitlariga o‘z vaqtida barham berish, buzilgan
huquqlarni tiklash hamda aybdorlarni belgilangan
tartibda qonuniy javobgarlikka tortish yo‘li bilan
davlat nomidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Prokuror va uning o‘rinbosarlari qonunlarga rioya
eti lish ustidan umumiy nazorat faoliyatida quyidagi
huquqiy va boshqa hujjatlarni qabul qilishlari
mumkin: mansabdor shaxslarning qonuniy qarorlari
va xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirish;
qonunni ochiqdan ochiq buzish hollariga chek qo‘yish
to‘g‘risida amrnoma berish; qonunning buzi 
lishiga
yo‘l qo‘ymaslik xususida mansabdor shaxslar va
fuqarolarga yozma ravishda ogohnoma bildirish;
davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor
shaxslarga qonunbuzarlik hollarini, shuningdek qonun
buzi lishining sabablari va bunga yo‘l ochib bergan
shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimno-
malar kiritish; fuqarolar, jamiyat va davlatning
huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida sudlar yoki
xo‘jalik sudlariga ariza bilan murojaat etish. 

222
Bilimingizni mustahkamlang
ò
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Prokuratura
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘rganish
asosida quiydagilar haqida mulohazalaringizni bayon qiling:
1. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari?
2. Prokuratura organlari faoliyati asosiy prinsiplari?
3. Prokuratura organlari tizimi, ularning qonuniylikni ta’ -
minlashdagi o‘rni?
Mustaqil
fikr
ð
Prokuratura va yoshlar hamkorligini
mustahkamlash yuzasidan fikringizni
ayting.
ò
1. Prokuratura va yoshlar hamkorligini mustahkamlash
omil lari.
2. Yoshlarning qonuniylikni ta’minlashda faol ishtiroki
ahamiyati.
3. Voyaga yetmagan yoshlarning huquqlarini ta’min-
lashda Pro kuratura organlarining o‘rni.
16-§ BO‘YICHA EGALLAGAN BILIMLARINGIZNI
MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR

223
M U N D A R I J A
Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  3 
I b o b. O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi, unda
shaxs va davlat munosabatining huquqiy asoslari
1-§. O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi — 
asosiy qonun . .  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  14
2-§. O‘zbekistonda shaxs va davlat munosabati . . . . . . . . 32
II b o b. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari
3-§. Fuqarolar huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari . . . . 40
4-§. Shaxsiy huquq va erkinliklar . . . . . . . . . . . . . . . . . 58
5-§. Siyosiy huquqlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 69
6-§. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar . . . . . . . . . . . . . . . . . 78
III b o b. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy burchlari
7-§. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari . . . . . . . . . . 90
8-§. Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni 
o‘tash burchlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  96
IV b o b. Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy kafolatlari
9-§. Inson huquq  va erkinliklarining ta’minlanishi . . . . . 102
10-§. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi 111
V b o b. O‘zbekiston  Respublikasining davlat shakli
va davlat organlari
11-§. O‘zbekiston  Respublikasining davlat tuzilishi va 
boshqaruv shakli. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 122
12-§. O‘zbekiston  Respublikasi Parlamenti — 
Oliy Majlis . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 140
13-§. Ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy asoslari . . . . . . 170
14-§. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini  
o‘zi boshqarish organlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  190
15-§. Sud hokimiyati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 205
16-§. O‘zbekiston  Respublikasida Prokuratura 
organlarining huquqiy asoslari . . . . . . . . . . . . . . . 215

«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASINI O‘RGANISH»
kursidan o‘quv qo‘llanma
(O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari uchun)
«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati
Toshkent — 2010
Muharrir Z. Mirzahakimova
Badiiy muharrir T. Qanoatov
Texnik muharrir D. Gabdraxmanova
Musahhihlar: M. Ziyamuhamedova, Sh. Xurramova
Sahifalovchi l. Soy
Bosishga ruxsat etildi: 19.08.2010. Bichimi 84x108
1
/
32

«Timås» garniturasi. Ofset bosma. Shartli bosma tobog‘i 11,76.
Nashriyot-hisob tobog‘i 10,9. Adadi 5000 nusxa. 1160-A -son buyurtma.
Bahosi kelishilgan narxda.  
«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi,
100000, Toshkent shahri, «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41.

Download 2.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling