O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini
Download 2.06 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimingizni mustahkamlang
- Mustaqil fikr ð Prokuratura va yoshlar hamkorligini mustahkamlash yuzasidan fikringizni ayting.
- 16-§ BO‘YICHA EGALLAGAN BILIMLARINGIZNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR 223 M U N D A R I J A
- I b o b. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda shaxs va davlat munosabatining huquqiy asoslari
- II b o b. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari
- III b o b. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy burchlari
- V b o b. O‘zbekiston Respublikasining davlat shakli va davlat organlari
- «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘RGANISH» kursidan o‘quv qo‘llanma
- «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi, 100000, Toshkent shahri, «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41.
Prokuratura organlari tizimi 220 publikasi Prezidenti tomonidan besh yil muddatga tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis oldida hisobdordir. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining bi - rinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Respublika Pre - zidenti tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod eti- ladi, keyin Oliy Majlis tasdig‘idan o‘tadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori O‘zbe - kiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimi - yatining oliy organi tomonidan besh yil muddatga tayinlanadi va ular oldida hisobdordir. Viloyat prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil mud- datga tayinlanadilar, unga bo‘ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar. Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtiril- gan prokurorlar (harbiy qo‘shin prokurori, harbiy gar- nizonlar, transport prokurorlari va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar ning prokurorlari) O‘zbekiston Res - publikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil muddat- ga tayinlanadilar, o‘zidan yuqori pog‘onadagi proku - rorlar va O‘zbekiston Res publikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar hamda ular oldida hisobdordirlar. Quyi prokurorlarning bevosita O‘zbe kiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanishi ularning mahalliy ta’sirlardan mustaqilligining muhim kafolat- laridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbe - kiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi. Respublika prokuraturasida Bosh prokuror, uning bi - rinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi proku rori, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tar - tibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi. 221 O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ular- da katta prokurorlar va prokurorlar bo‘ladi. Prokuror nazorati — bu O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlarning O‘zbe kiston Respublikasi hududida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati organlari, hokimlar, kimga bo‘ysunishidan, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, mansab- dor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda baja rilishini ta’minlash, har qanday qonun buzilishi, uning sabablari va shart- sharoitlariga o‘z vaqtida barham berish, buzilgan huquqlarni tiklash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda qonuniy javobgarlikka tortish yo‘li bilan davlat nomidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Prokuror va uning o‘rinbosarlari qonunlarga rioya eti lish ustidan umumiy nazorat faoliyatida quyidagi huquqiy va boshqa hujjatlarni qabul qilishlari mumkin: mansabdor shaxslarning qonuniy qarorlari va xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirish; qonunni ochiqdan ochiq buzish hollariga chek qo‘yish to‘g‘risida amrnoma berish; qonunning buzi lishiga yo‘l qo‘ymaslik xususida mansabdor shaxslar va fuqarolarga yozma ravishda ogohnoma bildirish; davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga qonunbuzarlik hollarini, shuningdek qonun buzi lishining sabablari va bunga yo‘l ochib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimno- malar kiritish; fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida sudlar yoki xo‘jalik sudlariga ariza bilan murojaat etish. 222 Bilimingizni mustahkamlang ò 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘rganish asosida quiydagilar haqida mulohazalaringizni bayon qiling: 1. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari? 2. Prokuratura organlari faoliyati asosiy prinsiplari? 3. Prokuratura organlari tizimi, ularning qonuniylikni ta’ - minlashdagi o‘rni? Mustaqil fikr ð Prokuratura va yoshlar hamkorligini mustahkamlash yuzasidan fikringizni ayting. ò 1. Prokuratura va yoshlar hamkorligini mustahkamlash omil lari. 2. Yoshlarning qonuniylikni ta’minlashda faol ishtiroki ahamiyati. 3. Voyaga yetmagan yoshlarning huquqlarini ta’min- lashda Pro kuratura organlarining o‘rni. 16-§ BO‘YICHA EGALLAGAN BILIMLARINGIZNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR 223 M U N D A R I J A Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 I b o b. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda shaxs va davlat munosabatining huquqiy asoslari 1-§. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — asosiy qonun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 14 2-§. O‘zbekistonda shaxs va davlat munosabati . . . . . . . . 32 II b o b. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari 3-§. Fuqarolar huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari . . . . 40 4-§. Shaxsiy huquq va erkinliklar . . . . . . . . . . . . . . . . . 58 5-§. Siyosiy huquqlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 69 6-§. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar . . . . . . . . . . . . . . . . . 78 III b o b. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy burchlari 7-§. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari . . . . . . . . . . 90 8-§. Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni o‘tash burchlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 96 IV b o b. Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy kafolatlari 9-§. Inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi . . . . . 102 10-§. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi 111 V b o b. O‘zbekiston Respublikasining davlat shakli va davlat organlari 11-§. O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 122 12-§. O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti — Oliy Majlis . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 140 13-§. Ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy asoslari . . . . . . 170 14-§. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 190 15-§. Sud hokimiyati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 205 16-§. O‘zbekiston Respublikasida Prokuratura organlarining huquqiy asoslari . . . . . . . . . . . . . . . 215 «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘RGANISH» kursidan o‘quv qo‘llanma (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun) «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent — 2010 Muharrir Z. Mirzahakimova Badiiy muharrir T. Qanoatov Texnik muharrir D. Gabdraxmanova Musahhihlar: M. Ziyamuhamedova, Sh. Xurramova Sahifalovchi l. Soy Bosishga ruxsat etildi: 19.08.2010. Bichimi 84x108 1 / 32 . «Timås» garniturasi. Ofset bosma. Shartli bosma tobog‘i 11,76. Nashriyot-hisob tobog‘i 10,9. Adadi 5000 nusxa. 1160-A -son buyurtma. Bahosi kelishilgan narxda. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi, 100000, Toshkent shahri, «Buyuk Turon» ko‘chasi, 41. Download 2.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling