kasbiy faoliyatda mehnat havfsizligi talablariga muvofiq ishni tashkil etish va mehnat havfsizligini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish jarayonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan havflardan saqlanish;
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va qo‘l mehnati uchun smenalik ishlash me’yorlariga amal qilish;
kimyoviy ishlov berish mexanizmlari va qurilmalarini xavfsizlik texnikasiga amal qilib ishlatish;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
mehnat muhofazasi qoidalari va talablari asosida ekish, ishlov berish va yig‘ib olish ishlarini tashkil qilish;
ekinzorlarda ishlaganda ehtiyotsizlikdan yoki boshqa sababdan shikastlanganda yoki jarohat olganda birinchi yordam ko‘rsatish;
ekinzorlarda yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni o‘chirishda foydalaniladigan jihozlarni ishlata olish.