O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus professional ta’limning
Download 0.91 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50810601-O‘simliklar himoyasi va karantini
Internet saytlar
1.www.fvv.uz 2.www. bjd.ru 3.www.ziyonet.uz 4.www.lex.uz 5.www.mintrud.uz 6.www.bilim.uz O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIO‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING O’QUV DASTURI
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi texnikasi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-metodik birlashmasining 2022-yil 27-avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022-yil 29-avgustdagi 5-son yig’ilishida ma'qo‘llangan va Vazirlikning 2022-yil 30-avgustdagi 295-son buyrug’i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI. TUZUVCHILAR:
|
Dastur nomi |
Tuproqshunoslik va agrokimyo |
Ajratilgan soat |
60
|
Mavzular soni |
15
|
Dasturning maqsadi | tuproqshunoslik va agrokimyoda tuproqni va uning xossalarini dalada o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish; tuproq paydo bo‘lishida moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishini; tuproq profilining tuzilishi va morfologik belgilarini; tuproq va tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibini; tirik organizmlarning tuproq hosil bo‘lishidagi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini o‘rganish. |
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari | tuproqshunoslik va agrokimyo fanining qishloq xo‘jaligiga oid fanlari bilan bog‘liqligi va ahamiyati; MDH va O‘zbekiston Respublikasi tuproq turlari va ularning geografik tarqalishi; tuproq va o‘simlik orasidagi uzviy bog‘liqlik; o‘simliklarning ildizdan oziqlanishining nazariy asoslari, tuproq xossalari va o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash; agrokimyoviy dala tajribalarning asosiy elementlari; mineral o‘g‘itlarning turlari va xossalari; organik o‘g‘itlarning atrof-muhitga ta’siri; tuproq hosil bo‘lish jarayonining umumiy sxemasi: quyosh sistemasi, yerning paydo bo‘lishi; tog‘ jinsi, minerallar va boshqa birikmalarning o‘zgarish jarayonlari; tuproq paydo bo‘lishida shamol, relyef va yer osti suvlarining ahamiyati; tuproq paydo qiluvchi jins va yotqiziqlarning asosiy turlarini talqinini bilish va amaliy faoliyatda qo‘llash. |
|
Bilimlar | |
ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo bo‘yicha hukumat qarorlari; organik o‘g‘itlarning atrof-muhitga ta’siri; ekologik omillar, qishloq xo‘jalik ekologiyasi va oziq–ovqat muammolari; tabiatni muhofaza qilish;. tuproq hosil bo‘lish jarayonining umumiy sxemasi: quyosh sistemasi, yerning paydo bo‘lishi; tog‘ jinsi, minerallar va boshqa birikmalarning o‘zgarish jarayonlari; tuproq paydo bo‘lishida shamol, relyef va yer osti suvlarining ahamiyati; tuproq paydo qiluvchi jins va yotqiziqlarning asosiy turlarini talqini; tuproq paydo bo‘lishida moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi; tuproq profilining tuzilishi va morfologik belgilari; tuproq va tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi; tirik organizmlarning tuproq hosil bo‘lishidagi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini bilish. | |
Ko‘nikmalar | fan bilan ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, fanlarini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish; tuproq paydo qiluvchi omillar; tuproq paydo qiluvchi ona jinslar va ularning turlari; tuproq profilining tuzilishi va uning morfologik belgilari; tuproqning mexanik tarkibi va umumiy fizik xossalari; tuproqning kimyoviy tarkibi, tuproqdagi makro va mikroelementlar, tuproqning radioaktivligi; tuproq paydo bo‘lishda tirik organizmlarning roli; tuproqning organik qismining kelib chiqishi, tarkibi va xossalari; tuproq gumusi, uning tarkibi, xossalari va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati; mineral va organik o‘g‘itlarni saqlash, tashish va tuproqqa solish texnologiyalari; noan’anaviy o‘g‘itlar va ulardan foydalanish yo‘llari; qishloq xo‘jalik ekinlarini oziqlantirishning tuproq va o‘simliklar asosida tashhisi; sug‘oriladigan va lalmi, eroziyaga uchragan va uchramagan, sho‘rlangan va sho‘rlanmagan tuproqlarda o‘simliklarning ildizdan oziqlanishi usullari; tuproqshunoslik va agrokimyo sohasida zamonaviy texnologiyalar va innovatsion uslublarni qo‘llash asoslarini bilish. birlamchi va ikkilamchi minerallarning turlarini bilishi va aniqlash; tuproq hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar, ularning kelib chiqishi, tarkibi, va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish; tuproqlar unumdorligini belgilashda ularning asosiy xususiyatlari va joyning tuproq-iqlim sharoitlaridan foydalanish; tuproqning organik qismi, kimyoviy tarkibi, tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyatini; tuproq strukturasi, tuproqlarning fizik, fizik-mexanik, suv, issiqlik va havo xossalari hamda ularni mo‘tadillashtirish; tuproqshunoslik va agrokimyo sohasida zamonaviy va innovatsiona uslublarni amaliy faoliyatda qo‘llash. |
|
|
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling