-mexanika, mexanik harakat va mexanik jarayonlar, mexanik jarayonlarni xarakterlovchi asosiy kattaliklar va qonuniyatlari;
-molekulyar kinetik nazariya (mkn), termodinamika qonunlari va termodinamika qonunlarining qo‘llanilishi, issiqlik, harorat va issiqlik va ishning bir-biriga aylanishi haqidagi tasavvurlar;
-elektrodinamika, elektrlangan jismlar va zarrachalar orasida o‘zaro ta’sirni ro‘yobga chiqaruvchi elektromagnit maydon xossalari va qonuniyatlari, elektr maydoni va uning xossalari, elektr maydonining asosiy xarakteristikalari – kuchlanganlik, potensiallar farqi, kuchlanish, elektr sig‘imi, elektr maydon energiyasi, elektr maydonidagi moddalar haqida tushunchalar;
-optika, yorug‘lik hodisalarini qonuniyatlari, yorug‘likning tabiati va uning moddalar bilan o‘zaro ta’siri, geometrik, to‘lqin va kvant optikasi;
-atom va yadro fizikasi, atom va atom yadrolarining tuzilishi va xossalari, atom energetik sathlarining diskretligi, atomlarning yorug‘lik yutishi va nurlantirishi, spektrlar va spektral tahlil, lazerlarning ta’sir prinsipi, yadro fizikasining asosiy masalalari, yadroning tarkibiy qismlari, nuklonlar orasida ta’sir qiluvchi yadroviy kuchlarning tabiati va nuklonlarning yadrodagi harakatini o‘ziga xosligini aniqlash va h.k.