deponent – depozitariyda depo hisobvarag‘iga ega bo‘lgan
shaxs;
egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar – mulkiy
huquqlarning realizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan o‘tka-
zilishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar;
201
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – bitta chiqarilishi doirasida
bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish
uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomala-
da boladigan qimmatli qog‘ozlar;
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona
davlat reyestri – ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli
qog‘ozlar chiqarilishlarining ro‘yxati;
emitent – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular
yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari
bo‘lgan yuridik shaxs;
emitentning opsioni – emitentning muayyan miqdordagi qim-
matli qog‘ozlarini opsionda ko‘rsatilgan muddatda qat’iy belgilan-
gan narxda sotib oiish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli
qog‘oz;
fond birjasi – ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan bel-
gilangan vaqtda va belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida
tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar sa-
vdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
hisob-kitoblar kodi – bitim bo‘yicha to‘lov muddatini belgilov-
chi formula;
hisob-kliring palatasi (HKP) – o‘zaro majburiyatlarni (qim-
matli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha axborotni to‘plash, so-
lishtirish, tuzatish va ularga doir buxgalteriya huijatlarini tayyor-
lash) aniqlash hamda qimmatli qog‘ozlarni etkazib berish va ular
yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni hisobga
olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi birja bilan tegishli
shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
investitsiya aktivlari – qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va
qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladi-
gan boshqa mol-mulk;
Do'stlaringiz bilan baham: |