O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


investor – qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan  oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; ikki tomonlama buyurtmalar


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

investor – qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan 
oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
ikki tomonlama buyurtmalar – bir vaqtning o‘zida qimmat-
li qog‘ozlar sotuvchisi va sotib oluvchisining topshiriqnomasi 


202
bo‘yicha harakat qiluvchi bir birja a’zosining turli treyderlari to-
monidan mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda, Savdo 
tizimiga kiritilgan listing kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlarini 
sotish buyurtmasi va sotib olish buyurtmasi;
ikki tomonlama kotirovka – market-meyker e’lon qilgan yoki 
u tomonidan qabul qilingan shartlarda bitim tuzish majburiyatini 
nazarda tutuvchi, uning tomonidan bir vaqtning o‘zida e’lon qilin-
gan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish narxlari;
ishchi terminal Savdo tizimiga ulanishni, shu jumladan, ma-
sofali ulanishni va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi operatsiyalarini 
bajarish imkoniyatini ta’minlovchi texnik-dasturiy vositalar yig‘in-
disi;
korporativ obligatsiyalar – ochiq aksiyadorlik jamiyatlari to-
monidan chiqariladigan obligatsiyalar;
kotirovka qilish – talab va taklif nisbati asosida mazkur Qoida-
larga asosan qimmatli qog‘ozning narxini aniqlash, uni qayd etish 
va e’lon qilish;
listingdan tashqari korxonalar – qimmatli qog‘ozlari listing 
va ekspertiza jarayonlaridan o‘tmagan holda birjada muomalada 
bo‘lgan emitentlar;
listing komissiyasi – qimmatli qog‘ozlar listingi, delistingi va 
relistingini amalga oshiruvchi birja komissiyasi;
listing kompaniyalari – qimmatli qog‘ozlari listingjarayonidan 
o‘tgan va rasmiy birja listingiga kiritilgan emitentlar;
lot – birja savdolaridagi qimmatli qog‘ozlarning birja boshqaru-
vi tomonidan belgilanadigan miqdoriy o‘lchov birligi;
muqobil buyurtmalar – qarama-qarshi yo‘nalish (sotib olish/ 
sotish)ga ega bo‘lgan, Savdo tizimiga kiritilgan va mazkur Qoi-
dalar bilan belgilangan parametrlarga to‘g‘ri keladigan qimmatli 
qog‘ozlar bo‘yicha buyurtmalar;
makler – birja Savdo tizimining alohida seksiyalarida qimmatli 
qog‘ozlar bilan savdolarni o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish-
ni ta’minlovchi Birja xodimi;
203

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling