Okoz: 09. 00. 00. 00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09. 05. 00. 00 Birja faoliyati / 09. 05. 03. 00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi] [tsz
Download 42.29 Kb.
|
3057 20.08.2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishingizni so‘rayman. 2. Arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar
- 3. Arizachining joylashgan joyi ( pochta manzili) 4. Arizachi ustav jamg‘armasi va ta’sischilari to‘g‘risida ma’lumot.
- 5. Arizachining talablarga muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risida
[OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi] [TSZ: 1.Moliya / Birja faoliyati] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrug‘i Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 20-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3057] O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 24-martdagi PQ-3624-son qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Direktor Sh. SADIKOV Toshkent sh., 2018-yil 11-iyul, 219-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 11-iyuldagi 219-son buyrug‘iga ILOVA Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi NIZOM Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-martdagi PQ-3624-son “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs; davlat xaridi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olish; davlat xaridlarining subyektlari — davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, maxsus axborot portali operatori va ekspert; ixtisoslashgan tashkilot — davlat buyurtmachisi topshirig‘iga ko‘ra, tovarlar, ishlar, xizmatlar davlat xaridini o‘tkazishni tashkil etish xizmatini shartnoma asosida pullik ravishda ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan, ushbu Nizom talablariga muvofiq keladigan yuridik shaxs; xarid qilish tartib-taomili — davlat xaridi bo‘yicha xatti-harakatlar majmui; e’lon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, ushbu xaridlarning talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi ko‘rsatilgan, davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladigan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. 3. Ixtisoslashgan tashkilotlar quyidagi davlat xaridlari bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin: rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan; O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan. 4. Ixtisoslashgan tashkilotlarni tanlash davlat buyurtmachisi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning Internet tarmog‘idagi veb-saytida kamida bir oyda bir marotaba e’lon qilinadigan (yangilanadigan) ro‘yxatida mavjud bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. 2-bob. Ixtisoslashgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar 5. Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs bo‘lishi; ixtisoslashgan tashkilotning ta’sischisi davlat xaridi subyekti bo‘lmasligi; soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi va (yoki) ma’lumotlarni to‘liq ochishni va bank nazoratiga ma’lumotlarni (offshor hudud) taqdim etishni ko‘zda tutmagan, shuningdek yakuniy davlatlarda va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan ixtisoslashgan tashkilot ta’sischilari safida bo‘lmasligi; shtatida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan bir nafardan kam bo‘lmagan xodimga ega bo‘lishi; maxsus axborot portaliga ulanish imkonini ta’minlovchi dasturiy texnik qurilmaga ega bo‘lishi. 6. Mazkur Nizomning 5-bandi talablariga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilot, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning Internet tarmog‘idagi veb-saytida e’lon qilinadigan ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan shakliga muvofiq ariza bilan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organga murojaat etishga haqli. Bunda davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan murojaatlar 5 kalendar kuni davomida ko‘rib chiqiladi. 7. Ixtisoslashgan tashkilot: davlat buyurtmachisidan xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazishni tashkillashtirish uchun zarur ma’lumotni olishga haqli; davlat buyurtmachisi talabiga muvofiq istalgan bosqichda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etishga majbur; davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatishi; Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ so‘roviga ko‘ra mazkur Nizomga rioya etilishi yuzasidan ma’lumot taqdim etishi; davlat xaridlarining prinsiplarining buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi; insofsiz ishtirokchilarning davlat xaridlarida ishtirokini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishi; “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida xarid tartib-taomillarini tashkil etishi shart. 8. Ixtisoslashgan tashkilot quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini aniqlaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno; marketing va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazadi; reklama ishlarini tashkil etadi; xarid tartib-taomillar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomalarni, e’lon matnlarini va xarid hujjatlarini (tender yoki tanlov hujjatlari, texnik shartlar) rasmiylashtiradi; qonun hujjatlariga muvofiq xarid tartib-taomili shartlari va talablari, xarid tartib-taomili bo‘yicha tushuntirishlar matnlarini tayyorlaydi; davlat buyurtmachisiga xarid tartib-taomili turlari bo‘yicha taklif beradi; davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga ko‘ra qonun hujjatlariga asosan davlat xaridlari tartibi va muddatlari to‘g‘risida maxsus axborot portalga ma’lumot joylashtiradi; xarid tartib-taomili ishtirokchilari g‘oliblari bilan imzolanadigan shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi; davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga asosan maxsus axborot portali va boshqa ommaviy axborot vositalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarni moliya manbalari mavjud bo‘lgan holda joylashtiradi; davlat buyurtmachisining yozma ko‘rsatmasiga binoan xarid tartib-taomili ishtirokchilariga takliflarning amal qilish muddatlarini aniq bir muddatga uzaytirish to‘g‘risida taklif bilan murojaat etadi; tanlov va tender komissiyasi yig‘ilish bayonlarini rasmiylashtiradi; xarid tartib-taomili yakunlari bo‘yicha hisobotlarni shakllantiradi; xarid tartib-taomilida ishtirok etishga taklifnomalar yuborilishini ta’minlaydi; xarid tartib-taomilini tashkil etishda ishtirok etadi. 3-bob. Yakuniy qoidalar 9. Ixtisoslashgan tashkilot o‘zi tashkilotchi bo‘lgan xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi sifatida ishtirok eta olmaydi. 10. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3057/1783-son) Download 42.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling