O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Fan bo‘yicha nazariy, seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etish: O‘qituvchi ma’ruza matni orqali mavzu bo‘yicha o‘rgatilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni reja asosida taqsimlagan holda mashg‘ulotni tashkil etadi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchi bilishi lozim bo‘lgan tushunchalar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Qaytar aloqani o‘quv topshiriqlar (og‘zaki, yozma) yordamida mustahkamlaydi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning savollariga javob beradi, yangi pedagogik texnologiyalar orqali
o‘quvchilarda mavzu
bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi.
o‘quvchilarning bilimlari pedagogik texnologiyalar asosida
mustahkamlanadi. O‘qituvchi mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqqan holda mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar beradi. Taqdimotlarni kuzatadi, nazorat qiladi, baholaydi.
mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro‘yxatini shakllantiradi, mustaqil ishlarni bajarish shaklini belgilaydi, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi. Mustaqil ishlar 472 yakuniy nazorat o‘tkazilgunga qadar tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim. Mustaqil ishga qo‘yilgan baholar joriy nazorat tarkibiga kiradi.
O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlar darslik va o‘quv qo‘llanmalarda to‘liq yoritilishi o‘qituvchiga vaqtni tejashga va tejalgan vaqtdan mavzularga oid qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallar tayyorlash uchun foydalanish imkoniyatini yaratish; bu borada tajribali, yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilarning ishlarini ommalashtirish, o‘rganishni yo‘lga qo‘yish; ushbu fan o‘qituvchisi birinchi navbatda mutaxasis, o‘z fanini yaxshi biladigan, fidoiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadigan, ularning yangi usullarini kashf eta oladigan, ijodkor bo‘lishi lozim; ta’lim berishda zamonaviy texnik imkoniyatlar Respublika miqyosida oshirilishiga qaramasdan, o‘qituvchi har qanday vaziyatda oddiy usullarda ham mukammal bilim berish yo‘llarini izlab topmog‘i va ularni qo‘llamog‘i kerak; muzeylarga, tarixiy joylarga, dalalar, zavod-fabrikalar, san`at dargohlari, kontsert zallari, teatr, kino, televideniya, nashriyotlar va hokazolarga sayohat darslari tashkil etishni nazarda tutadi. O‘quvchilarning bilimlarini baholash Fanning xususiyatini hisobga olgan holda reyting tizimi bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqildi. O‘quvchining fan bo‘yicha o‘zlashtirishni baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: – joriy baholash (JB); – yakuniy baholash (YaB); JB da fanning har bir mavzusi bo‘yicha o‘quvchining bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi. JB turlari har bir mavzuning hususiyatidan kelib chiqqan holda, og‘zaki, yozma ish, test, nazorat ishi, uy vazifasi, kollokvium va shu kabi boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. YaB da o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmun doirasida baholanadi. O‘quvchining semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir baholash turlaridan to‘plangan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi. YaB turi test shaklida o‘tkaziladi. 473 O‘quvchining fan bo‘yicha mustaqil ishi JB va YaB turlarida baholandi. O‘quvchilar bilimini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi .
4,5-5
A’lo Xulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish; Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay olish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga ega bo‘lish. 3,5-4 Yaxshi
Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay olish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga ega bo‘lish. 2,5-3
Qoniqarli Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga ega bo‘lish. 1-2 Qoniqarsiz Aniq tasavvurga ega emaslik; Bilmaslik.
vazifalarni bajarishga qaratilgan: –
muntazam ravishda nazorat etib borish, ularni o‘quv semestri davomida o‘z bilimlarini uzluksiz faol ravishda oshirib borishlarini ta’minlash. –
o‘quvchilar bilimini haqqoniy aniq va adolatli baholash hamda natijalarini ularga muntazam ravishda ma’lum qilib borish; –
ko‘nikmalarini keng rivojlantirish; –
“Milliy istiqlol g‘oyasi” fanidan ta’lim beradigan o‘qituvchilarda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilar bilimini baholash uchun savollarni tuzishda mas’uliyatni oshirish va hokazolar.
474 Mavzular bo‘yicha dars soatlarining tahminiy taqsimoti № Fan bo‘limlari va mavzular Umumiy yuklama, soat Dars turi bo‘yicha soatlar taqsimoti Hammasi Jami Naz a ri y Am a li y L a b o ra to riya S emi n a r Kur s is h i ( loyi h a si ) Mu st a q il ish
Kirish. «Milliy istiqlol g‘oyasi» fanini o‘rganishning ahamiyati 3 2
1
1 G‘oya va mafkuralarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni 3 2 1
1
1 2 G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari 3 2 1
1
1 3 Milliy g‘oya
va mafkuralarning falsafiy – Тarixiy manbalari 5 4 2
2
1 II. bo‘lim. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash 1 Taraqqiyot va hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi 3 2
1 2 Mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy va mintaqaviy ko‘rinishlari 5 4 2
2
1 3 Globallashuv jarayonlari va mafkuraviy tahdidlar 3 2 1
1
1 4 O‘zbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy tahdidlar 3 2 1
1
1 III. bo‘lim. O‘zbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muammolar 1 O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat 3 2 2
1 2 O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohada olib borilayotgan islohotlar. Erishilgan yutuqlar. (O‘zbekiston tarixi muzeyi hamda viloyatlardagi o‘lkashunoslik muzeylarida amaliy dars) 3 2
2
1 IV. bo‘lim. Milliy mafkura va uning asosiy tamoyillari 475 1 Milliy istiqlol g‘oyasining mohiyati va mazmuni 3 2 1
1
1 2 Milliy istiqlol g‘oyasining maqsad va vazifalari 3 2 1
1
1 3 Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillari 3 2 1
1
1 4 Milliy g‘oya va ma’naviy hayot 3 2
1 1
1 Inson qalbiga yo‘l va g‘oyaviy tarbiya 6 4 2
2
2 2 Komil insonni voyaga Yetkazishda mafkuraviy tarbiya omillarining ahamiyati 6 4 2
2
2 Jami: 58 40 22 18 18 O‘quv dasturining mazmuni Kirish Milliy istiqlol g‘oyasi
va mafkurasi dolzarb ijtimoiy zarurat. Mafkuraviy muammolarni o‘rganish davr talabi. «Milliy istiqlol g‘oyasi» fani predmeti, maqsadi va vazifalari, uni o‘rganishning ahamiyati. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining yoshlarda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalashga yo‘naltirilganligi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga xmzmat qilishi. Hozirgi davrda yoshlarni g‘oyaviy tarbiyalash va ma’naviyatini yuksaltirish muammolari, ularni hal etish vazifalari. Bu jarayonda ijtimoiy fanlarning ahamiyati. I. Bo‘lim. G‘oya va mafkuralar tarixi 1-mavzu: G‘oya va mafkuralarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni G‘oya tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. G‘oya va dunyoqarash inson tafakkuri mahsuli. g‘oyalarning shakllanishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Tafakkur, fikr, g‘oya,
faraz va nazariya tushunchalari, ularning o‘zaro aloqadorligi va farqli xususiyatlari. Mafkura tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Mafkura tushunchasining ta’rifi, Mafkura – xalq, millat, jamiyat maqsadlarini, manfaatlarini va intilishini o‘zida aks ettiruvchi tizim. Har bir jamiyatda mafkuraning mavjud bo‘lishi ijtimoiy hayotning qonuni ekanligi. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat va davlat o‘z yo‘lini yuqotishi muqarrarligi. Mafkura – dunyoqarash, g‘oyalar tizimi va tarbiya vositasi.
476 G‘oya va mafkura tushunchalarining axloqiy, badiiy, diniy tushunchalar bilan aloqadorligi. Ajdodlar ma’naviy olamining avlodlar ma’naviyatida namoyon bo‘lish qonuniyati. Bu qonuniyatning ulug‘vor g‘oyalarni kelajak avlod ongiga Yetkazishdagi ahamiyati. Ilg‘or g‘oya
va ma’rifatparvarlik. Ma’rifat-keng ma’noda dunyoni bilish va anglash, o‘qish-o‘rganish, ulg‘ayish, kamolotga erishish jarayoni. Ezgu g‘oyalar va ma’rifat jamiyatda insonni ulug‘vor maqsadlar sari Yetaklovchi kuch ekanligi.
1.
G‘oya va mafkura tushunchalari mohiyati 2.
G‘oyalarning shakllanishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari 3.
Mafkura bo‘lmasa inson, jamiyat va davlat o‘z yo‘lini yo‘qotish muqarrarligi 2-mavzu: G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari. Dastlabki mafkuraviy tizimlarning shakllanishi. Afsona va rivoyatlar. Ilohiy qadriyatlar (diniy) va dunyoviy yondashuvga asoslangan mafkuralar. Dinlar, diniy g‘oyalar va mafkuralar. Dunyoviy va diniy g‘oyalarning mushtarakligi mohiyati. g‘oyalarning insoniyat tarixida ozodlik va istibdod, ma’rifat va jaholatga xizmat qilgan mafkuralar shaklida namoyon bo‘lishi. Mifologiyaga asoslangan totemizm, animizm, fetishizm kabi g‘oyaviy tizimlar-mafkura shakllari. Milliy asosdagi mafkura shakllari: hinduizm, iudaizm, konfutsiylik, sintoizm. Olamning vujudga kelishi va mavjudlik qonuniyatlarini falsafiy talqin qilish natijasida paydo bo‘lgan oqimlar: monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm va boshqalar. Dahriylik va uning oqibatlari. Shovinizm g‘oyalari. Uning muayyan shaxsni yoki millatni ustun qo‘yadigan aqidaga aylanishi. Ijtimoiy me`yor va qonun-qoidalarni tan olmaslikka da’vat etuvchi nigilizm. Taraqqiyotda g‘oya va mafkuralarning tarixiy takomili. g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti yoki tanazzulida g‘oya
va mafkuralarning o‘rni. Mafkuraviy va ma’naviy jarayonlarning ijtimoiy tarixiy shart-sharoit bilan aloqadorligi. Qadimgi davr ma’naviyati va mafkurasi. IX-XII asrlarda Sharq Renessansi (uyg‘onih) davri, Temur va temuriylar davri mafkurasi. Davrlar almashinuvi va mafkuralar o‘zgarishi. g‘oyaviy zaiflikning millat birdamligiga va davlat qudratiga putur Yetkazishi. g‘oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlikning oqibatlari: Makedoniyalik Iskandar va arab bosqini. Chingiziylar istibdodi va Chor istilosi.
477 Bunyodkorlik g‘oyalari, ularning mohiyati va mazmuni, shakllari va xususiyatlari. Insoniyat jamiyat va sivilizatsiyalar rivojiga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy g‘oyalar, nazariyalar, ta’limotlar va mafkuralar. Zardusht, Sokrat, Platon, Konfutsiy, Alisher Navoiy va boshqalarning bunyodkor g‘oyalari. Milliy davlatchiligimiz yorqin namunasi bo‘lgan Amir Temur davlatining bunyodkor g‘oyalarga asoslanganligi. Bunyodkorlik g‘oyasi ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning garovi. Milliy istiqlol g‘oyasining
bunyodkorlik mohiyati. Buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar. Ularning mohiyati, xususiyatlari, maqsadlari, ijtimoiy jarayonlarga salbiy ta’siri. O‘rta asrlardagi salb yurishlari, diniy fanatizm, fashizm va bolshevizm kabi g‘ayriinsoniy g‘oyalar. Buyuk davlatchilik shovinizmi, tajovuzkor millatchilik, irqchilik, terrorchilik, missionerlik, baptistlar, adventistlar, iyegovistlar, Yevengelistlar, prozelitizm va kabi yovuz g‘oya
va mafkuralar. Ularga qarshi kurash zarurligi. Buzg‘unchi g‘oyalar hukmron bo‘lgan joyda ijtimoiy beqarorlikning mavjud bo‘lishi. Insoniyat boshiga qayg‘u-kulfatlar va azob-uqubatlar keltirgan g‘oyalar asosidagi xatolar, fojealar, urushlar, qatag‘onlar. Tarixda g‘oya va mafkurani mutlaqlashtirish oqibatlari. Amaliy mashg‘ulot savollari: 1.Qadimgi davr ma’naviyati va mafkurasi 2.Dastlabki mafkuraviy tizimlar 3.Bunyodkorlik g‘oyalari, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni 4.Buzg‘unchi g‘oyalarning insoniyat hayotiga salbiy ta’siri
Milliy g‘oya
va mafkuralarning tarixiy ildizlari. Milliy mafkura oziqlanadigan manbalar. Xalqimizning qadimiy va boy tarixi - ibrat va tarbiya manbai. i Avesto»-Markaziy Osiyo xalqlarining turmush tarzi, ma’naviy-hayoti, mafkurasi, dunyoqarashi, axloqiy fazilatlarini ifoda etuvchi bebaho manba. Urxun-Ruxniy yozma yodgorligi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari. San`at durdonalari. Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi milliy qahramonlarimizning erk va hurlik yo‘lidagi jasorati. Ularning ibratli jasoratidan voqif bo‘lish har bir oqil farzandning muqaddas burchi ekanligi. Milliy g‘oyaning
falsafiy asoslari - dunyoviy bilimlar, diniy va ilmiy qarashlar, millat falsafasi, hurfikrlilik va istiqlol dunyoqarashi, insonni komillikka Yetaklovchi g‘oyalar tashkil qilishi. Ularning milliy mafkurani shakllantirishga manbaviy asos bo‘lib xizmat qilishi. Buyuk allomalarning jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi g‘oyalari vi ma’naviy merosi, undan faxrlanish tuyg‘usi. Umumbashariy taraqqiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimu fuzalolarning jamiyat hayotida ezgu 478 g‘oyalarning o‘rni haqidagi fikrlari. Ajdodlarimizning ozodlik va hurlik to‘g‘risidagi g‘oyalari. Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari. Al- Forobiyning adolatli jamiyat g‘oyasi. Al-Beruniyning ijtimoiy-axloqiy qarashlari. Ibn Sinoning dualizm ta’limoti. Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy qarashlari, Axmad Yassaviyning purma’no hikmatlari. Tasavvuf falsafasi. Jadidlarning g‘oyalari - milliy ma’naviyatimiz yuksakligi namunasi. O‘zbekistonda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining shakllanishi. Milliy g‘oyaning umuminsoniy qirralari. Qadimgi sharq, yunon, rim va boshqa falsafa maktablarining merosi. Sokrat, Platon, Aristotel, Gegel va shu kabi faylasuflarning falsafiy-ma’naviy qarashlari. Gumanistik zamonaviy falsafiy oqimlar ilgari surayotgan g‘oyalar.
1.
Milliy mafkuraning tarixiy ildizlari 2.
Boy tariximiz-milliy manbalardan biri 3.
Ajdodlarimizning ma’naviy-madaniy merosida adolatli jamiyat qurish va komil inson tarbiyasi masalalari 4.
II. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash 1-mavzu: Taraqqiyot va hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi Hozirgi dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy manzarasi. Inson ongi va qalbi uchun kurash. Ilg‘or va tajovuzkor g‘oyalar, mafkuralar, ularning inson ongi va qalbiga ta’siri. XX asrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi, bu asr oxiridagi ko‘p qutbli dunyo. Jahondagi mafkuraviy manzara va ma’naviy muhitdagi o‘zgarishlar. Jahonni mafkuraviy bo‘lib olish va o‘z ta’siriga tortishga urinishlar, Buyuk davlatchilik shovinizmi, panislomizm, pansovetizm, xalifalikni tiklash singari zararli g‘oyalar mohiyati. Ularga qarshi kurash zarurligi. Mafkuraviy jarayonlarning globallashib borishi. Ilmiy kashfiyotlar, universal texnologiyalar va axborot tarqalishi globallashuvi jarayonlarining dunyodagi mafkuraviy vaziyatga ta’siri. Zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ularning kishilar tasavvurini keskin o‘zgartirishi. Ilmiy -texnikaviy taraqqiyot va globallashuv jarayonlarining aqidaparastlik va jaholatga zidligi.
1.Dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy manzarasi 2.Jahonni mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar 3.Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi 479 2-mavzu: Mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy va mintaqaviy ko‘rinishlari Hozirgi davr: geosiyosat va mafkuraviy poligonlar. Geosiyosat va mafkuraviy poligon tushunchalari. Geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosatning namoyon bo‘lish xususiyatlari. Mafkuraviy ta’sir geosiyosatning eng samarali vositasiga aylanishi. Mafkuraviy vaziyat, mafkuraviy kurash, mafkuraviy profilaktika va mafkuraviy immunitet masalalari. Mafkuraviy kurashlarning umumbashariy va mintaqaviy muammolari. Markaziy Osiyo mintaqasida mafkuraviy jarayonlar, narkobiznes, ekologik tanglik, jinoyatchilik kabi umumbashariy muammolar. Mintaqada tinchlik va
barqarorlikni saqlash
vazifalari. Ularni
amalga oshirishda O‘zbekistonning faol ishtiroki va mafkuraviy barqarorlik borasidagi faoliyati. Xavfsiz dunyo - har bir inson uchun oliy maqsad. «Yalpi mintaqaviy Xavfsizlikdan umumjahon xavfsizligi sari» tamoyili. Markaziy Osiyoda yot va begona g‘oyalar, zararli mafkura, mafkuraviy poligonlar va texnologiyalar xurujiga qarshi mintaqada kuch va salohiyatni birlashtirish zaruriyati. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling