Bilimlar
|
-mexanika, mexanik harakat va mexanik jarayonlar, mexanik jarayonlarni xarakterlovchi asosiy kattaliklar va qonuniyatlari;
-molekulyar kinetik nazariya (mkn), termodinamika qonunlari va termodinamika qonunlarining qo‘llanilishi, issiqlik, harorat va issiqlik va ishning bir-biriga aylanishi haqidagi tasavvurlar;
-elektrodinamika, elektrlangan jismlar va zarrachalar orasida o‘zaro ta’sirni ro‘yobga chiqaruvchi elektromagnit maydon xossalari va qonuniyatlari, elektr maydoni va uning xossalari, elektr maydonining asosiy xarakteristikalari – kuchlanganlik, potensiallar farqi, kuchlanish, elektr sig‘imi, elektr maydon energiyasi, elektr maydonidagi moddalar haqida tushunchalar;
-optika, yorug‘lik hodisalarini qonuniyatlari, yorug‘likning tabiati va uning moddalar bilan o‘zaro ta’siri, geometrik, to‘lqin va kvant optikasi;
-atom va yadro fizikasi, atom va atom yadrolarining tuzilishi va xossalari, atom energetik sathlarining diskretligi, atomlarning yorug‘lik yutishi va nurlantirishi, spektrlar va spektral tahlil, lazerlarning ta’sir prinsipi, yadro fizikasining asosiy masalalari, yadroning tarkibiy qismlari, nuklonlar orasida ta’sir qiluvchi yadroviy kuchlarning tabiati va nuklonlarning yadrodagi harakatini o‘ziga xosligini aniqlash va h.k.
|
Ko‘nikmalar
|
fizikaviy obyekt sifatida koinotni butunligicha va uni evolyusiyasi;
tabiiy fanlarning fundamental birligi, tabiat ilmini tugallanmaganligi va uni rivojlanishi davom etishi mumkinligi;
tabiatdagi dinamik va statistik qonuniyatlar;
yadro, atom va elementar zarralarning xossalari;
fizikaviy izlanish uslublari;
fizikaning zamonaviy yutuqlari;
asosiy fizikaviy jarayonlar;
agrofizika, biofizika, optika, mexanika, elektr va magnetizm, tebranish va to‘lqin, kvant fizika va termodinamikaning asosiy tushuncha va qonunlarini;
termodinamik sistemalarini;
tebranish jarayonining kinetikasini bilishi va undan foydalana olishi, fizikaviy modellarni o‘rganish;
ishlab chiqarish jarayonida eng oddiy fizikaviy sistemalar modelini qo‘llash;
tabiiy fanlarning turli bo‘limlariga xos kattaliklarning qiymatlari tartibini o‘lchash va baholash;
asosiy fizik omillar, jarayonlar, kattaliklar va hodisalarni;
fizik omillar va kattaliklarning o‘simliklar o‘sish va rivojlanishiga tasiri haqidagi asosiy malumotlarni;
- fanga oid o‘rtacha darajadagi masalalarni yechish;
- har xil fizik hodisalarning vujudga kelishi sabablarini tahlil eta olish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |