Bilimlar
|
mehnat havfsizligi me’yorlari va qoidalari;
mehnat qonunchiligi;
mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari;
kasbiy faoliyatda shikastlanishga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
ekin maydonlarida o‘simliklarga, daraxtlarga kimyoviy ishlov berish mexanizmlarining xavfsizlik texnikasi;
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va qo‘l mehnati uchun smenalik ishlash me’yori;
mehnat muhofazasi qoidalari va talablari asosida ekish, ishlov berish va yig‘ib olish ishlarini tashkil qilish;
qishloq xo‘jaligi ekinlariga kimyoviy ishlov berishda zaharlanishdan himoya qilish qoidalari;
yong‘inga qarshi himoya tizimlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish.
|
Ko‘nikmalar
|
kasbiy faoliyatda mehnat havfsizligi talablariga muvofiq ishni tashkil etish va mehnat havfsizligini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish jarayonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan havflardan saqlanish;
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va qo‘l mehnati uchun smenalik ishlash me’yorlariga amal qilish;
kimyoviy ishlov berish mexanizmlari va qurilmalarini xavfsizlik texnikasiga amal qilib ishlatish;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
mehnat muhofazasi qoidalari va talablari asosida ekish, ishlov berish va yig‘ib olish ishlarini tashkil qilish;
ekinzorlarda ishlaganda ehtiyotsizlikdan yoki boshqa sababdan shikastlanganda yoki jarohat olganda birinchi yordam ko‘rsatish;
ekinzorlarda yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni o‘chirishda foydalaniladigan jihozlarni ishlata olish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |