1-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda 1995-2015 yillarda xizmat ko„rsatish sohasida mehnat unumdorligi o„sish daradasi (%da)
Yillar
|
Germaniya
|
Fransiya
|
Angliya
|
Yaponiya
|
AQSH
|
1995
|
2,6
|
2,6
|
1,7
|
2,3
|
0,2
|
2015
|
2,0
|
1,9
|
0,8
|
1,9
|
0,1
|
Manbaa: Maha devan R.New Currents in Productivity Analysis. Where To Now? – APO. 2015. P-40
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xizmat sohasida mehnat unumdorligini pasayishi barcha mamalakatlarda ro’y bergan, ayniqsa Fransiyada (2,6 % dan 1,9 % gacha),Angliyada (1,7 %dan 0,8 % gacha), Germaniyada (2,6 % dan 2,0 % gacha) mazkur ko’rsatkichni pasayish tendensiyasi yuqoriroq bo’lgan. Umuman xizmat ko’rsatish sohasida samaradorlik darajasi sanoat va qishloq xo’jaligiga nisbatan past darajada ekanligini ko’rishmiz mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi kunda axborot texnologiyalari moddiy ne‘matlar ishlab chiqaradigan tarmoqlarda samaradorlikni oshishiga olib kelishini hech bir iqtisodchi inkor qilmaydi, ammo uning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ta‘siri masalalari ochiq qolmoqda. Bunga bog’liq holda, sanoatga nisbatan xizmat ko’rsatish sohasida ish bilan bandlikni yuqori ekanligini ko’pchilik xorij iqtisodchilari xizmat ko’rsatish sohasida samaradorlikni industrial tarmoqlarga nisbatan pastligi bilan ifodalaydilar. 1987 yilda R.Solou tomonidan ishlab chiqilgan ―Unumdorlik paradoksiga1 ko’ra kompyuter texnologiyalari uchun qilingan investitsiya hajmining o’sib borishi, unga mos holda xizmat ko’rsatish sohasida unumdorlikni oshishiga olib kelmagan. Xizmatlarning turli-tumanligi va xilma-xilligi Dj.Zingelman2 tomonidan e‘tirof etilgan va u xizmatlarni ishlab chiqarish, iste‘mol, ijtimoiy va taqsimot xizmatlariga tasniflagan (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |