O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet101/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Differensial renta I yeming tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq boigan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yoilariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi.
Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday differensial renta II bo‘lmas edi. Gap shundaki, yer birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, vilo- yatlarda, xo‘jaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tarti- bdagi qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklaming ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differensial rentaning har ikkala ko‘rinishini (renta I va II ni) o‘z ichiga oladi. Differensial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan hudud bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovut- dan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir).
Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo'jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to‘planishi lozim. Bu hoi o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklaming iqtisodiy manfaatdorligiga putur etkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-ko‘pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashti- rish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘lar (differensial renta I) ni mamlakat oldida turgan vazifalami bajarish, xususan yangi yerlami o‘zlashtirish va yer unumdorligini yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.
Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklaming o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri boiadi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentani hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari qurilishi- ga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi boigan davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling