O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Jjam g‘armaning iqtisodiy mazmuni


Download 0.5 Mb.
bet109/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2. Jjam g‘armaning iqtisodiy mazmuni

Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq boiadi. Jamg‘arma - bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori boisa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam boiadi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablagiaming iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma - bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi.


Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflaming tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg'arishning amalda namoyon boiish shakli bo‘lganligi sababli dastlab, tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg‘ arish - milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishidir.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan farqlanadi. Jamg‘arilgan mablagiaming moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy kapitallarini va aylanma mablagiarini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sogiiqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling