O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet16/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar

Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.


Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o ‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi.
Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi.
Uy xo‘jalikIari - iqtisodiyotning asosan iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi bozorga ishchi kuchi yetkazib beruvchi asosiy tarkibiy birlik.
Tadbirkorlik sektori - iqtisodiyotning turli sohalarida daromad (foyda) olish maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi birlamchi bo‘g‘ini.
Davlat sektori - o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalari majmui.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabati.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning odi-sotdi munosabati.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?


2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy to- monlari va farqlarini tushuntirib bering.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?
4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?
5. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy vazifalarini ko‘rsating.
6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ulami sanab ko‘rsating.
7. Yetuklik darajasiga qarab bozoming qanday turlari ajratiladi?
8. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorning qanday turlarini ajratish mumkin?
9. Hududiy jihatdan bozoming qanday turlari mavjud?



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling